Yuldashev Serobjon Urmonalievich
Fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekistonda jamiyat transformatsiyalashuvi: ijtimoiy-madaniy texnologiyalar va strategik dasturlash” 09.00.04-Ijtimoiy falsafa.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B. 2023.2. DSc/Fal184
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Namangan davlat universiteti PhD.03/30.04.2021.F.76.06 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Qaxxorova Matluba Mannofovna falsafa fanlari doktori, professor.
Rasmiy opponentlar: Xakimov Nazar Xakimovich falsafa fanlari doktori, professor, Yunusova Manzura Pazliddinova falsafa fanlari doktori, professor, Tulenova Gulmira Jandarovna falsafa fanlari doktori, professor
Yetakchi tashkilot: Chirchiq davlat pedagogika universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: Nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekistonda jamiyat transformasiyalashuvining ijtimoiy-madaniy texnologiyalari va strategik dasturlashning falsafiy-konseptual jihatdan tahlil etishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
-“jamiyat transformasiyalashuvi”, “ijtimoiy-madaniy texnologiyalar” va “strategik dasturlash”ning mazmun-mohiyatini aniqlash, ularning jamiyat taraqqiyotidagi zarurati ochib berilgan;
-yoshlar aksiologik dunyoqarashining determenistik paradigmalarini jamiyat transformasiyalashuviga  moslashuvchanligini oshirish jihatlari asoslangan;
-davlat boshqaruvi samaradorligini oshirish, uning ochiqligi va shaffofligini ta’minlash, davlat organlari faoliyatida innovatsion boshqaruvni joriy etish va takomillashtirish natijasida “inson-strategik boshqaruvchi” ekanligi ochib berilgan;
-“insonni o‘zgartirishi orqali jamiyatni o‘zgartirish” g‘oyasini amalga oshirish markazida “jamiyat-demokratik platsdarm” ekanligi asoslangan;
-jamiyat boshqaruvini takomillashtirishda yosh kadrlarning ijtimoiy-madaniy texnologiyalardan foydalanishiga oid ilmiy-nazariy xulosalarini ishlab chiqishning strategik zarurati asoslab berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbekistonda jamiyat transformasiyalashuvi: ijtimoiy-madaniy texnologiyalar va strategik dasturlashning o‘rni tadqiqotimizdan ishlab chiqilgan ilmiy natijalar asosida:
Jamiyat transformasiyalashuvi natijasida uni ilmiy boshqarishda ijtimoiy-madaniy texnologiyalarning yangilanib borishi va uning o‘ziga xosligining aksiologik jihatlariga oid ilmiy yangiliklaridan Respublikasi Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2023 yil uchun chora-tadbirlar dasturining II-yo‘nalishida belgilangan “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga Murojaatnomasi mazmun-mohiyati hamda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar targ‘iboti” 9-bandi “Yangi O‘zbekiston – xalqparvar davlat” tamoyilini ro‘yobga chiqarishga qaratilgan islohotlar mazmun-mohiyatini targ‘ib qilish borasidagi ustuvor vazifalar” mavzusida o‘tkazilgan targ‘ibot ishlarida (Respublikasi Ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar institutining 2023 yil 7 iyuldagi 248-son Dalolatnoma) foydalanilgan. Natijada dissertasiyadagi takliflar, tavsiya va xulosalar jamiyatni barqaror taraqqiyotini ta’minlashda ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot samaradorligiga xizmat qilgan;
Davlat va jamiyat boshqaruvini takomillashtirishda yosh kadrlarning ijtimoiy-madaniy texnologiyalardan foydalanishiga oid ilmiy-nazariy xulosalarini ishlab chiqishning strategik zarurati asoslab berilgan. Shuningdek, tadqiqotda yoshlar dunyoqarashini shakllanishida jamiyat transformatsiyalashuvining ijtimoiy-madaniy jihatlari alohida o‘rganilib, yosh etuk kadrlarni tarbiyalash hamda qo‘llab-quvvatlashning ratsional omillari zaruratiga oid ilmiy yangiliklaridan O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligi huzuridagi Yoshlar ishlari agentligi faoliyatida (O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligi huzuridagi Yoshlar ishlari agentligining 2023 yil 26 iyuldagi 1-17-21-2016-sonli Ma’lumotnoma) foydalanilgan. Tadqiqot ishi natijasida jamiyat transformatsiyalashuvida barqaror rivojlanish munosabatlarining shakllanishi, yosh rahbar kadrlarning ma’naviy dunyoqarashini oshirishda xalq bilan muloqot – asosiy vosita ekanligi asoslangan ilmiy-falsafiy tahlillar asosida bayon etilgan.
Yoshlar dunyoqarashini shakllanishida jamiyat transformasiyalashuvining ijtimoiy-madaniy jihatlarini yosh etuk kadrlarni tarbiyalash, ularni qo‘llab-quvvatlashning ratsional omil ekanligiga oid ilmiy yangiliklaridan Respublikasi Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2022-2023 yillarda o‘tkazilgan targ‘ibot faoliyatida tadbiq etilgan, jumladan 2023 yil uchun chora-tadbirlar dasturining II yo‘nalishida belgilangan “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga Murojaatnomasi mazmun-mohiyati hamda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar targ‘iboti” 9-bandi “Yangi O‘zbekiston – xalqparvar davlat” tamoyilini ro‘yobga chiqarishga qaratilgan islohotlar mazmun-mohiyatini targ‘ib qilish borasidagi ustuvor vazifalar” mavzusida o‘tkazilgan targ‘ibot ishlarida (Respublikasi Ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar institutining 2023 yil 7 iyuldagi 248-son Dalolatnoma) foydalanilgan.  Natijada, dissertasiyada ilgari surilgan amaliy takliflar va tavsiyalari jamiyat muhitini barqarorlashtirishda an’anaviy va zamonaviy qadriyatlar uyg‘unligini jamiyat transformasiyalashuvi bilan integratsiyalashuini qiyosiy tahlil etishga xizmat qilgan;
Davlat boshqaruvi samaradorligini oshirish, ochiqligi va shaffofligini ta’minlash, rivojlanish strategiyasini ishlab chiqish, davlat organlari faoliyatida innovatsion boshqaruvni joriy etish va takomillashtirish, “Insonni o‘zgartirishi orqali jamiyatni o‘zgartirish” g‘oyasini amalga oshirishda islohotlarning markazida “jamiyat-demokratik platsdarm” ekanligiga oid ilmiy yangiliklaridan O‘zbekiston Milliy tiklanish demokratik partiyaning 2020 — 2024  yillarga mo‘ljallangan saylovoldi dasturidagi “I Davlat hokimiyati va boshqaruvini yanada demokratlashtirish, ma’naviy barkamol fuqarolik jamiyatini rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari”da keltirilgan vazifalarga mos keladi (O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiya markaziy kengashining 2023 yil 10 avgustdagi 02/05-139-son Ma’lumotnoma). Natijada dissertatsiyada keltirilgan taklif va tavsiyalaridan “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi faoliyatida  partiya tizimidagi xodimlarning siyosiy-huquqiy, ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishidagi bilim va ko‘nikmalarini oshirish, o‘quv-uslubiy hamda mafkuraviy targ‘ibot ishlarida foydalanishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish