Mustafaev Ilyor Muradullaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Nurota qo‘riqxonasi yuksak o‘simliklari mikromisetlari», 03.00.05–Botanika (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1.PhD/B154.
Ilmiy rahbar: Nuraliev Xamra Xaydaralievich, biologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Botanika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Botanika instituti, O‘zbekiston Milliy universiteti, Dsc.27.06.2017.B.39.01.
Rasmiy opponentlar: Raximova Tashxonim, biologiya fanlari doktori, professor; Ibadov Komil, biologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Nurota qo‘riqxonasi yuksak o‘simliklarida tarqalgan mikromisetlarning turlar tarkibini aniqlash va patogen turlarining rivojlanishi hamda tarqalishini asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor Nurota qo‘riqxonasi yuksak o‘simliklarida mikromisetlarning 2 bo‘lim, 7 sinf, 19 tartib, 41 oila, 80 turkumiga mansub bo‘lgan 287 tur, 58 forma va 4 variatsiyasi aniqlangan;
ilk bor yuksak o‘simliklarda O‘zbekiston mikobiotasi uchun yangi 1 forma va 23 zamburug‘ turlari aniqlangan;
mikromisetlarning tik mintaqalar bo‘yicha tarqalishi va mavsumiy rivojlanishi ochib berilgan;
mikromisetlarning 18 turkumga mansub 31 tur va 10 formasi yuksak o‘simliklarning 19 oila, 40 turkumga mansub 45 tur yangi xo‘jayin o‘simliklarida uchrashi aniqlangan;
O‘zbekiston “Qizil kitobi”ga kiritilgan Acantholimon nuratavicum Zakirov, Cicer grande (Popov) Korotkova, Helichrysum nuratavicum Krasch., Phlomis nubilans Zakirov kabi turilarda zang, askoxitoz va un-shudring kasalliklari uchraganligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Nurota qo‘riqxonasi yuksak o‘simliklari mikromisetlari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
mikromisetlarning 287 tur, 58 forma va 4 variatsiyasidan iborat ma’lumotlar elektron bazasi Nurota qo‘riqxonasi yuksak o‘simliklar mikromisetlari bo‘yicha monitoring olib borish va o‘simliklarni fitopatologik holatini baholash amaliyotiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasining 2018 yil 30 apreldagi 03/17-1160-son ma’lumotnomasi). Natijada qo‘riqxonalar, shuningdek, o‘rmon xo‘jaliklari erlaridagi tabiiy dorivor, em-xashak va boshqa o‘simliklarda tarqalgan kasallik qo‘zg‘atuvchi zamburug‘ turlarini aniqlash va qarshi kurash chora-tadbirlarini takomillashtirish imkonini bergan;
287 tur, 58 forma va 4 variatsiyaga mansub bo‘lgan 495 gerbariy namunalari jumladan, O‘zbekiston mikobiotasi uchun yangi bo‘lgan turlar namunalari O‘rta Osiyoda gerbariy namunalari soni bo‘yicha yetakchi bo‘lgan respublika “Noyob ob’ekti” – Milliy gerbariy (TAHM) fondiga topshirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2018 yil 22 iyundagi 4/1255-1657-son ma’lumotnomasi). Natijada tabiiy hududlar gerbariy fondini boyitish, yuksak o‘simliklar mikromisetlari turlar tarkibini aniqlash hamda O‘zbekiton mikobiotasining ma’lumotlar elektron bazasini shakllantirish imkonini bergan;
Nurota qo‘riqxonasi hududidagi mikromisetlarning 495 ta gerbariy namunalari bo‘yicha ma’lumotlar xalqaro “Bioxilma-xillik bo‘yicha ma’lumotlar global tizimi”ga kiritilgan (GBIF, www.gbif.org, 2018 yil 23 maydagi guvohnomasi). Natijada muhofaza etiladigan tabiiy hududlarda uchraydigan yuksak o‘simliklar mikromisetlarining xalqaro ma’lumotlar elektron bazasini shakllantirish va monitoringini amalga oshirish imkonini bergan.