Maxkamov Azizbek Komiljon o‘g‘li ning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Jadid Abdurahim Yusufzodaning hayoti va faoliyati” 07.00.01 – O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari)..
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B.2023.2.PhD/Tar1426
Ilmiy rahbar: Shamsutdinov Rustambek Temirovich, tarix fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Z.M.Bobur nomidagi Andijon davlat universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Z.M.Bobur nomidagi Andijon davlat universiteti, DSc.03/31.12.2020.Tar.60.01.
Rasmiy opponentlar: Tchoroev Tyntchtykbek Kadirmambetovich, tarix fanlari doktori, professor; Isakova Muxayyo Srajidinovna, tarix fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi O‘zbekistonning Rossiya imperiyasi va sovet mustamlakachiligi davridagi jadidchilik harakatining faollaridan biri, Buxoro amirligining zulmiga qarshi kurash olib borgan, Buxoro Xalq Sovet Respublikasini tashkil etishda hamda uning faoliyatida muhim o‘rin egallagan, Afg‘onistonda va Moskvada elchilik vazifasini o‘tagan, O‘zbekiston SSR tashkil topgach, turli lavozimlarda faoliyat ko‘rsatgan, 1937–1938-yillardagi “katta terror” qurboni bo‘lgan Abdurahim Yusufzodaning hayoti hamda fojiali taqdirini Buxoro, Turkiston, O‘zbekiston vaqtli matbuotida e’lon etilgan birlamchi manbalar, markaziy va mahalliy, xorijiy arxivlar materiallari, e’lon qilingan hujjat va materiallar orqali ochib berishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
“Yosh buxoroliklar” siyosiy tashkilotida Abdurahim Yusufzodaning faoliyati, davlatchilik sohasidagi demokratik qarashlarining shakllanishi, uning Buxorodagi mutlaq monarxik hokimiyatni isloh qilish borasidagi urinishlari, amirlik tuzumini tugatish maqsadida olib borilgan kurashlarda hamda BXSRning tashkil etilishi jarayonidagi faol ishtiroki masalalari birlamchi manbalar asosida ochib berilgan;
Abdurahim Yusufzodaning 1921–1922-yillarda Afg‘oniston amirligida BXSRning elchisi, 1923–1924-yillarda Moskvadagi muxtor vakili etib tayinlanishi, hamda uning mazkur mamlakatlardagi diplomatik faoliyati davomida Buxoro Xalq Sovet Respublikasining iqtisodiy-ijtimoiy, siyosiy manfaatlarini himoya qilish uchun olib borgan amaliy faoliyati dalillangan;
Buxoro Xalq Sovet Respublikasi iqtisodiy-ijtimoiy va madaniy hayotini keng targ‘ib qilish maqsadida Abdurahim Yusufzodaning tomonidan ilk bor rus va o‘zbek tillarida nashr qilingan “Buxarskaya jizn`” (Buxoro hayoti) jurnalini tashkil etilishi, O‘rta Osiyoda yangi soha hisoblangan kinosanoatni olib kirishi, “Buxkino”ga asos solishdagi faoliyati, BXSRda aviatsiya, temiryo‘l sohalarini rivojlantirishdagi ishtiroki masalalari dalillar asosida ochib berilgan;
Abdurahim Yusufzodaning BXSR Adliya xalq noziri sifatida qozixonalar va boshqa sudlov idoralarini isloh qilishdagi islohotchilik faoliyati, sovet hokimiyatining partiya va davlat apparatlarida amalga oshirilgan “tozalash” kampaniyalari davrida bir necha bor nohaqdan partiya safidan chiqarilishi va “millatchi”, “aksilinqilobchi” kabi soxta ayblovlar orqali qatag‘on qilinishi birlamchi arxiv hujjatlar bilan asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. A.Yusufzodaning hayoti, rahbarlik va diplomatik faoliyatiga oid ishlab chiqilgan ilmiy xulosa va takliflar asosida:
“Yosh buxoroliklar” siyosiy tashkilotida Abdurahim Yusufzodaning faoliyati, davlatchilik sohasidagi demokratik qarashlarining shakllanishi, uning Buxorodagi mutlaq monarxik hokimiyatni isloh qilish borasidagi urinishlari, amirlik tuzumini tugatish maqsadida olib borilgan kurashlarda hamda BXSRning tashkil etilishi jarayonidagi faol ishtiroki va unga nisbatan asossiz ravishda turli ayblovlar qo‘yilishi, uning “Katta terror” davrida yurtimizning ziyoli qatlami bilan bir qatorda qatag‘on qilinishiga doir ma’lumotlardan Andijon davlat universiteti tuzilmasida tashkil etilgan Qatag‘on qurbonlari xotirasi muzeyining “Katta terror va uning Andijondagi fojialari (1937–1938)” mavzusidagi 4-bo‘limini shakllantirishda foydalanilgan (O‘zR VM huzuridagi Qatag‘on qurbonlari xotirasi davlat muzeyining 10.07.2023-yil 158-sonli dalolatnomasi). Taqdim qilingan materiallar muzey zalini yangi ma’lumotlar bilan boyitishga va O‘zbekistonda sovet hokimiyatining taraqqiyparvar shaxslarga nisbatan olib borgan qatag‘on siyosati va amaliyotini yoritishga xizmat qilgan;
Abdurahim Yusufzodaning 1921–1922-yillarda Afg‘oniston amirligida BXSRning elchisi, 1923–1924-yillarda Moskvadagi muxtor vakili etib tayinlanishi, hamda uning mazkur mamlakatlardagi diplomatik faoliyati davomida Buxoro Xalq Sovet Respublikasining iqtisodiy-ijtimoiy, siyosiy manfaatlarini himoya qilish uchun olib borgan amaliy faoliyatiga doir ma’lumotlardan “Meros” ilmiy-amaliy xalqaro ekspedisiya jamoat fondi nashrlarida foydalanilgan (“Meros” ilmiy-amaliy xalqaro ekspedisiya jamoat fondining 29.06.2023-yil №01/01-son ma’lumotnomasi). Mazkur materiallar A.Yusufzodaning elchi sifatida BXSRning tashqi siyosatiga qo‘shgan hissasi, uning turli lavozimlarda el-yurt ravnaqi yo‘lida olib borgan samarali faoliyatini anglash imkonini bergan;
Buxoro Xalq Sovet Respublikasi iqtisodiy-ijtimoiy va madaniy hayotini keng targ‘ib qilish maqsadida Abdurahim Yusufzodaning tomonidan ilk bor rus va o‘zbek tillarida nashr qilingan “Buxarskaya jizn`” (Buxoro hayoti) jurnalini tashkil etilishi, O‘rta Osiyoda yangi soha hisoblangan kinosanoatni olib kirishi, “Buxkino”ga asos solishdagi faoliyati, BXSRda aviatsiya, temiryo‘l sohalarini rivojlantirishdagi ishtiroki masalalariga doir ayrim muhim ma’lumotlar O‘zbekiston Milliy Teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston tarixi” telekanalining “Taqdirlar” ko‘rsatuvi ssenariysini yozishda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining 03.10.2023-yil 02-31-1480-son ma’lumotnomasi). Taqdim etilgan materiallar ko‘p sonli tomoshabinlarning A.Yusufzodaning Moskvadagi noshirlik, publisistik faoliyatlari hamda O‘rta Osiyoda yangi soha kino sanoatini olib kirishdagi rolini to‘g‘risida yangi ilmiy ma’lumotlarga ega bo‘lishiga xizmat qilgan;
Abdurahim Yusufzodaning BXSR Adliya xalq noziri sifatida qozixonalar va boshqa sudlov idoralarini isloh qilishdagi islohotchilik faoliyati, sovet hokimiyatining partiya va davlat apparatlarida amalga oshirilgan “tozalash” kampaniyalari davrida bir necha bor nohaqdan partiya safidan chiqarilishi va “millatchi”, “aksilinqilobchi” kabi soxta ayblovlar orqali qatag‘on qilinishi haqidagi birlamchi arxiv hujjatlaridan O‘zbekiston Milliy Teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston tarixi” telekanalining “Taqdimot” ko‘rsatuvi ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining 06.12.2023-yil 06-31-1840-son ma’lumotnomasi). Natijada ko‘rsatuvning birlamchi tarixiy manbalar asosidagi ilmiy dalil va Abdurahim Yusufzodaning BXSR Adliya xalq noziri sifatida amalga oshirgan islohotlariga oid yangiliklar bilan boyitilishi ta’minlangan.