Turaeva Sayyora Rustambeevnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekiston hududida tog‘-kon ishlari, metallurgiya tarixi (XVI–XIX asrning 70-yillari)”. 07.00.01 – O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqami: B2016.2.DSc/Tar 328.
Ilmiy maslahatchi: Gulchehra Azizovna Agzamova, tarix fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Tarix instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti. DSc.03/30.12.2021.Tar.26.03.
Rasmiy opponentlar: Nigora Azadovna Egamberdieva, tarix fanlari doktori, professor; Dilorom Yunusovna Yusupova, tarix fanlari doktori, akademik; Azimxuja Muzafarovich Ataxodjaev, tarix fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika  universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: XVI–XIX asrning 70-yillarigacha Buxoro, Xiva, Qo‘qon xonliklaridagi tog‘-kon ishi, ma’danlar qazib olishning tarixiy an’ana va usullarini aniqlash hamda metall bilan bog‘liq hunarmandchilik sohalarini xomashyo bilan ta’minlagan mavjud kon turlari va konchilik mahsulotlari savdosi hajmini aniqlash orqali Turkiston xonliklarining iqtisodiy, savdo imkoniyatlarini tarixini yoritib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
Buxoro, Xiva, Qo‘qon xonliklari tog‘-kon ishlari an’analariga,  siyosiy, iqtisodiy va turli migratsion sabablarga bog‘liq holda kechganligi, XVI asrgacha ham Turkistonda konchilik ishlari yo‘lga qo‘yilganligi, “hunarmandchilik uchun xom ashyoning  barcha qismi tashqi savdo orqali kirib keladi” degan qarashlarning asossizligi isbotlangan;
 Turkiston xonliklari hududida aholi foydalangan asosiy tabiiy ma’danlar va ularning konlari joylashgan 287 ga yaqin tarixiy manzillari aniqlandi hamda mahalliy konchi ustalar 280 ta tabiiy ma’danni farqlab, ajrata olganligi  va 8 ta ma’danni amaliy hosil qilish usullarini bilganligi, “mahalliy konchi ustalar ilmiy bilimsiz” degan qarashlarning asossizligi isbotlangan;
xonliklardagi tog‘-kon ishi, hududda maxsus kon ishi bo‘yicha ta’lim muassasasi va boshqarmasi mavjud bo‘lmagan holda zaruriy ma’danlar mahalliy konchilar tomonidan keng miqyosda qazib olish va qayta ishlash yo‘lga qo‘yilganligi asoslangan;
Turkiston xonliklarida konlar davlat mulki bo‘lib, konlarni xavfsizligini nazorat etish uchun alohida xizmat joriy etilganligi, hukmdor tomonidan ayrim ma’danlarni to‘plashda umumiy mehnat majburiyati bo‘lganligi, konlarni ijaraga berishning huquqiy asoslari, konlar daromadidan xazinaga ijarachilar “xums” singari soliq to‘laganligi dalillangan;    
 hukmdorlar tog‘-kon ishini rivojlantirish uchun tashqi integratsion jarayonlarga kirishishga, ayrim ma’danlarni qazib oluvchilarga imtiyozlar berish evaziga ixtiyoriy bu kasb bilan shug‘ullanuvchilarni ko‘paytirishga, mazkur faoliyat bilan shug‘ulanadigan aholi yashash manzillarining paydo bo‘lganligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Mavzu yuzasidan ishlab chiqilgan ilmiy xulosa va takliflar asosida:
Buxoro, Xiva, Qo‘qon xonliklari tog‘-kon ishlari an’analariga,  siyosiy, iqtisodiy va turli migratsion sabablarga bog‘liq holda kechganligi, XVI asrgacha ham Turkistonda konchilik ishlari yo‘lga qo‘yilganligi, “hunarmandchilik uchun xom ashyoning  barcha qismi tashqi savdo orqali kirib keladi” degan qarashlarning asossizligiga oid ma’lumotlardan ilmiy va amaliy jihatdan foydalnildi.  (O‘zbekiston Fanlar akademiyasining 28 sentyabrdagi 3/1255-2069 ma’lumotnomasi). Natijada O‘zbekiston Fanlar  akademiyasi  Tatix institutida 2018–2020-yillarda bajarilgan PZ-20170928402 “O‘zbekistonning O‘rta asrlar tarixi rasmiy hujjatlarda: muammoli jihatlar, talqin va tahlil (VII–XIX asr birinchi yarmi)” nomli amaliy loyihasining Buxoro, Xiva, Qo‘qon xonliklar tarixi haqida O‘zbekiston Milliy arxivi va boshqa davlat arxivlarida saqlanayotgan tog‘-kon ishlari, metallurgiya tarixi, tog‘-kon xomashyosi bilan bog‘liq savdosiga doir faktlar aks ettiruvchi materiallarga ega bo‘lindi.
 Turkiston xonliklari hududida aholi foydalangan asosiy tabiiy ma’danlar va ularning konlari joylashgan 287 ga yaqin tarixiy manzillari aniqlandi hamda mahalliy konchi ustalar 280 ta tabiiy ma’danni farqlab, ajrata olganligi  va 8 ta ma’danni amaliy hosil qilish usullarini bilganligi, “mahalliy konchi ustalar ilmiy bilimsiz” degan qarashlarning asossizligiga doir ma’lumotlar o‘rganildi. (O‘zbekiston Respublikasi Tog‘-kon sanoat va geologiya vazirligining 2023-yil 29-sentyabrdagi 08-29-72-son ma’lumotnomasi). Natijada O‘zbekiston hududida o‘rta asrlar tog‘-kon ishiga oid tarixiy bilimlarni boyitishga, O‘zbekiston Respublikasi Geologiya fanlar universiteti ta’lim jarayonida qo‘llaniladigan o‘quv materiallari, ma’ruza matnlari, o‘quv-didaktik materiallar tayyorlashga xizmat qildi.
Xonliklardagi tog‘-kon ishi, hududda maxsus kon ishi bo‘yicha ta’lim muassasasi va boshqarmasi mavjud bo‘lmagan holda zaruriy ma’danlar mahalliy konchilar tomonidan keng miqyosda qazib olish va qayta ishlash yo‘lga qo‘yilganligiga oid ilmiy materiallar jamlandi. (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2021-yil 5-yanvardagi 02-40-09-son ma’lumotnomasi). Natijada  O‘zbekiston tog‘- kon ishi tarixini ilmiy dalillar bilan boyitishga xizmat qiluvchi va mintaqada  savdo-iqtisodiy munosabatlar bo‘yicha statistik taxliliy ma’lumotlar aks ettiruvchi materiallarga ega bo‘lindi.  
Turkiston xonliklarida konlar davlat mulki bo‘lib, konlarni xavfsizligini nazorat etish uchun alohida xizmat joriy etilganligi, hukmdor tomonidan ayrim ma’danlarni to‘plashda umumiy mehnat majburiyati bo‘lganligi, konlarni ijaraga berishning huquqiy asoslari, konlar daromadidan xazinaga ijarachilar “xums” singari soliq to‘laganligiga oid ilmiy asoslangan ma’lumotlardan foydalanildi. (O‘zbekiston Respublilasi Milliy Gvardiyasining 2024 yil 13-avgustdagi 1/1-5586-ma’lumotnomasi). Natijada qurol-yarog‘larni tayyorlash texnologiyalari, bunda ishlatilayotgan materiallar shuningdek dissertatsiyada keltirilgan harbiy qurilish va harbiy ishga doir materiallardan Jamoat xavfsizligi universiteti ta’lim jarayonida qo‘llaniladigan o‘quv materiallari, ma’ruza matnlari, o‘quv-didaktik materiallar tayyorlashga xizmat qildi.
 Hukmdorlar tog‘-kon ishini rivojlantirish uchun tashqi integratsion jarayonlarga kirishishga, ayrim ma’danlarni qazib oluvchilarga imtiyozlar berish evaziga ixtiyoriy bu kasb bilan shug‘ullanuvchilarni ko‘paytirishga, mazkur faoliyat bilan shug‘ulanadigan aholi yashash manzillarining paydo bo‘lganligiga oid ilmiy asoslangan taklif, tavsiya va xulosalardan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2023-2024-yillarda o‘tkazilgan targ‘ibot faoliyatida tatbiq etilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2024-yil 31 iyul 332-son dalolatnoma). Natijada dissertatsiyada ilgari surilgan taklif va xulosalar O‘zbekiston hududida tog‘-kon ishlari, metallurgya tarixini tadqiq etishga, o‘zbek xalqining ilmiy-ma’naviy merosini tarixiy izchilikda korsatib, konchilik ishlari bo‘yicha ilmiy bilimlarni rivojlantirishga erishildi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish