Ashurov Abror Uralovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmogʻi nomi): “O‘zbekiston mahallalarida jamoatchilik ekologik nazoratini amalga oshirishning ijtimoiy-madaniy omillari (ijtimoiy-falsafiy tahlil)” mavzusidagi 09.00.04 – Ijtimoiy falsafa ixtisosligi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Fal682
Ilmiy maslahatchi: Saifnazarov Ismoil, falsafa fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: “Oila va gender” ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.F.01.05.
Ilmiy rahbar: Tilavov O‘ktam G‘ulomovich, falsafa fanlari doktori, professor;
Rasmiy opponentlar: To‘ychiev Berdiqul To‘raqulovich, falsafa fanlari doktori, professor; Shadimetov Yusufjon Shadimetovich, falsafa fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy-amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekiston mahallalarida jamoatchilikni ekologik nazoratini amalga oshirishning ijtimoiy-madaniy omillarini ijtimoiy-falsafiy tahlil qilishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
global ekologik muammolar ortib borishi sharoitida jamoatchilik ekologik nazoratining ijtimoiy zarurati, nazariy va amaliy ahamiyati, qonuniyatlari, ijtimoiy-madaniy omillari zamonaviy invayromentalistik tendensiyalarni tahlil qilish asosida yondashuvlar ilmiy asoslangan;
davlat va jamoat organlarining ijtimoiy hamkorligi jamoatchilik ekologik nazoratini tashkil qilishda ekologik nazoratining struktur-funksional jihatlari, ma’naviy-ma’rifiy shakllari, funksiyalari va uning atrof-muhit muhofazasidagi ijtimoiy ahamiyati institutsional tizim bilan bog‘liq ekanligi aniqlangan;
atrof-muhit muhofazasida jamoatchilik ekologik nazoratining ijtimoiy ahamiyati aniqlashtirilib, bunda ekologik xavfsizlik indeksi, aholi salomatligi ko‘rsatkichlari va ijtimoiy farovonlik parametrlari o‘rtasidagi korrelyasion bog‘liqliklar ochib berilgan;
mahalla institutining jamoatchilik ekologik nazoratidagi funksional vazifalari tasniflangan va ierarxik modellashtirilgan, jumladan ekologik monitoring, ekologik ma’rifat, ekologik mediatsiya va ekologik faoliyatni muvofiqlashtirish kabi asosiy funksiyalar ko‘rsatib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. “O‘zbekiston mahallalarida jamoatchilik ekologik nazoratini amalga oshirishning ijtimoiy-madaniy omillari”ni tadqiq etish bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflar asosida:
global ekologik muammolar ortib borishi sharoitida jamoatchilik ekologik nazoratining ijtimoiy zarurati, nazariy va amaliy ahamiyati, qonuniyatlari, ijtimoiy-madaniy omillari zamonaviy invayromentalistik tendensiyalarni tahlil qilish asosida yondashuvlar asoslangan ilmiy xulosalardan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2023-yil uchun chora-tadbirlar dasturining IX-yo‘nalishida belgilangan “Sog‘lom turmush tarzi, ekologik madaniyat va tabiatni asrash masalalari”ning 49-bandi “Aholi, ayniqsa yosh avlodda atrof-muhit ozodaligi, shaxsiy gigiena, tabiatni asrab-avaylashga qaratilgan ekologik tarbiya ishlarni kuchaytirish” mavzularidagi targ‘ibot ishlarini tashkil etish va o‘tkazishda foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2023-yil 9-noyabrdagi 02-22/1227-sonli dalolatnomasi). Natijalar Markazning aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini ta’minlash va ekologik tarbiya ishlarini kuchaytirishga xizmat qilgan;
atrof-muhit muhofazasida jamoatchilik ekologik nazoratining ijtimoiy ahamiyati aniqlashtirilib, bunda ekologik xavfsizlik indeksi, aholi salomatligi ko‘rsatkichlari va ijtimoiy farovonlik parametrlari o‘rtasidagi korrelyasion bog‘liqliklar ochib berilgan ilmiy xulosalardan O‘zbekiston Ekologik partiyasining aholining ekologik madaniyatini yuksaltirish, aholini qiynayotgan ekologik muammolarni bartaraf etib, “Yashil makon” umummilliy dasturini amalga oshirishda ko‘maklashish kabi mavzularda o‘tkazilgan uchrashuvlarida foydalanilgan (O‘zbekiston Ekologik partiyasining 2023-yil 31-oktyabrdagi 01/375-sonli dalolatnomasi). Natijalar partiya va uning hududiy tashkilotlaridagi jamoatchilik ekologik nazoratini ta’minlash orqali atrof-muhit bilan bog‘liq muammolarni bartaraf etish, aholining ekologik madaniyatini oshirish, ularda mas’uliyat va fidoiylikni yuksaltirish kabi faoliyati samaradorligiga xizmat qilgan;
davlat va jamoat organlarining ijtimoiy hamkorligi jamoatchilik ekologik nazoratini tashkil qilishda ekologik nazoratining struktur-funksional jihatlari, ma’naviy-ma’rifiy shakllari, funksiyalari va uning atrof-muhit muhofazasidagi ijtimoiy ahamiyati institutsional tizim bilan bog‘liq ekanligi aniqlangan ilmiy xulosalardan O‘zbekiston Ekologik harakatining 2022-2023-yillarga mo‘ljallangan harakatlar dasturining “Aholi ekologik faolligi, ma’suliyati va madaniyatini yuksaltirish”, “Atrof-muhit muhofazasi sohasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish”, (8; 10; 17) bandlarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Ekologik harakatining 2024-yil 8-fevraldagi 02/16-sonli ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarning amaliyotga joriy etilishi tadbirlar hamda targ‘ibot ishlari samaradorligini oshishiga xizmat qilgan;
mahalla institutining jamoatchilik ekologik nazoratidagi funksional vazifalari tasniflangan va ierarxik modellashtirilgan, jumladan ekologik monitoring, ekologik ma’rifat, ekologik mediatsiya va ekologik faoliyatni muvofiqlashtirish kabi asosiy funksiyalar ko‘rsatib berilgan ilmiy xulosalardan O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining “Mahalla” telekanalidagi “Minbar” ko‘rsatuvi senariysini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining 2024-yil 6-fevraldagi 01-15-106-sonli ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalar teletomoshabinlarni mahalla institutining jamoatchilik ekologik nazoratini amalga oshirish jarayonlaridagi o‘rni, roli va funksional vazifalari, mahallaning jamoatchilik ekologik nazorati samaradorligidagi ahamiyatidan xabardor qilish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish