Zakirova Nilufar Rustamovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): “Ingliz va rus yozuvchilarining badiiy asarlarida intertekst funksiyalari”, 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/Fil854.
Ilmiy rahbar: Saparova Qunduz Otaboevna, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti,  DSc.03/30.12.2019.Fil.27.01.
Rasmiy opponentlar: Djumanova Dilbar Rahimovna, filologiya fanlari doktori, professor; Arustamyan Yana Yurevna, filologiya fanlari doktori (DSc), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat chet tillari instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqot maqsadi ingliz va rus yozuvchilarining badiiy asarlarida intertekstning funksional xususiyatlaridagi o‘xshashlik va tafovutlarni aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ingliz va rus badiiy tekstlarida intertekstning funksional xususiyatlarini chog‘ishtirma aspektda ochib berish orqali presedent tekstlar faktlari asosida badiiy tekstning muhim elementi bo‘lgan intertekstlarning funksional xususiyatlari ochib berilgan;
ingliz va rus badiiy adabiyotida kross-madaniy tafovutlarga ega intertekstlarning qo‘llanilishida o‘zlashtirish manbalari, intertekstuallikni ifodalash usullari, hamda intertekstlarning funksional yuklamasiga doir izomorf xususiyatlar allomorf xususiyatlarga ko‘ra ko‘proq namoyon bo‘lishi isbotlangan;
ingliz va rus yozuvchilar asarlaridagi intertekstuallik har qanday tekstni yaratish uchun asosiy shakl bo‘la olishi Muqaddas kitoblar (Injil, Qur’on), antik falsafa, chet el adabiyoti g‘oyalari, tanqid, kinoya kabi unsurlar asosida isbotlangan;
ingliz va rus adabiyotidagi intertekstlarning qo‘llanilishidagi farqlar intertekstuallikni nafaqat bevosita (to‘liq, to‘liqsiz), bilvosita, sintaktik aloqaning bir qismi, kirishlar bilan kengaygan, qisqa, yashirin usullar bilan balki intertekstlarning illyustrativ funksiyasiga doir g‘oyaviy ifodalash bilan farqlanishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ingliz va rus badiiy tekstlarida intertekstning funksional yuklamasini o‘rganish jarayonida olingan ilmiy natijalar va xulosalardan:
ingliz va rus badiiy tekstlarida intertekstning funksional xususiyatlarini chog‘ishtirma aspektda ochib berish orqali presedent tekstlar faktlari asosida badiiy tekstning muhim elementi bo‘lgan intertekstlarning funksional xususiyatlariga oid taklif va xulosalardan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2017-2018-yillarda bajarilgan “O‘zbek tiliga oid elektron va bank-moliya atamalarining ko‘p tilli lug‘atlarini yaratish va ularning tarjimasi” mavzusidagi ilmiy-tadqiqot loyihasida foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2021-yil 24-iyundagi 01-1158-son ma’lumotnomasi). Natijada fundamental tadqiqot loyihasida belgilangan vazifalarga muvofiq tayyorlangan ko‘p tilli lug‘atlarning mazmunini boyitish imkoniyati yaratilgan;
ingliz va rus badiiy adabiyotida kross-madaniy tafovutlarga ega intertekstlarning qo‘llanilishida o‘zlashtirish manbalari, intertekstuallikni ifodalash usullari, hamda intertekstlarning funksional yuklamasi doir izomorf xususiyatlar allomorf xususiyatlarga ko‘ra ko‘proq namoyon bo‘lishi oid amaliy taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasida tizimli ravishda amalga oshiriladigan bir qator shoir va yozuvchilarning she’riy va nasriy asarlarining adabiy-estetik tahlilida foydalanilgan (O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining 2021-yil 22-iyundagi 01-03/852-son ma’lumotnomasi). Natijada zamonaviy o‘zbek adabiyotiga mansub she’riy va nasriy asarlar mazmuni intertekstuallik nuqtayi nazardan sharhlangan;
ingliz va rus yozuvchilar asarlaridagi intertekstuallik har qanday tekstni yaratish uchun asosiy shakl bo‘la olishi Muqaddas kitoblar (Injil, Qur’on), antik falsafa, chet el adabiyoti g‘oyalari, tanqid, kinoya kabi unsurlar haqidagi ilmiy-nazariy xulosalardan O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida 2015-2017- yillarda bajarilgan “Madaniyatlararo va kommunikativ yondashuv nigohida magistratura mutaxassisligi bo‘yicha nazariy fanlardan ingliz tilida darslik va o‘quv qo‘llanmalar yaratish va o‘zbekcha-inglizcha-ruscha lingvistik terminlar izohli lug‘atini tuzish” mavzusidagi amaliy loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining 2021-yil 22-iyundagi 22/501-son ma’lumotnomasi). Natijada mazkur amaliy loyiha doirasida yaratilgan izohli lug‘at takomillashtirilgan;
ingliz va rus adabiyotidagi intertekstlarning qo‘llanilishidagi farqlar intertekstuallikni nafaqat bevosita (to‘liq, to‘liqsiz), bilvosita, sintaktik aloqaning bir qismi, kirishlar bilan kengaygan, qisqa, yashirin usullar bilan balki intertekstlarning illyustrativ funksiyasiga doir g‘oyaviy ifodalash bilan farqlanishiga oid xulosa va takliflardan Toshkent davlat pedagogika universitetida 2015-2017- yillarda bajarilgan A-1-61 raqamli “Ko‘rishda nuqsoni bo‘lgan talabalar uchun tilshunoslik bo‘yicha audiokitoblar yaratish” mavzusidagi ilmiy-amaliy loyihada tatbiq etilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2021-yil 24-iyundagi 01-1157-son ma’lumotnomasi). Natijada yaratilgan audiokitoblarning mazmuni badiiy adabiyotlardagi intertekstlarni izohlash bo‘yicha ma’lumotlar bilan boyitilgan.

 

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish