Kuvvatov Narkazak Burxanovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘tish davri falsafasi (ijtimoiy-falsafiy tahlil, O‘zbekiston misolida)”. 09.00.04 – Ijtimoiy falsafa” (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.DSc/Fal178.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Namangan davlat universiteti huzuridagi PhD.03/30.04/2021.F/76.06. raqamli Ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Ilmiy maslahatchining F.I.Sh., ilmiy daraja, unvoni: Nazarov Qiyom Normirzaevich, falsafa fanlari doktori, professor.
Rasmiy opponentlar: Abilov O‘rol Murodovich, falsafa fanlari doktori, professor; Xolbekov Abdug‘ani Jumanazarovich, sotsiologiya fanlari doktori, professor; Xuseynova Abira Amanovna, falsafa fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga ega.
II.Tadqiqotning maqsadi: o‘tish davri mezonlari, muammo va echimlarini nazariy falsafiy tahlil qilish, aniqlash bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi: o‘tish davri zaruratining falsafiy xarakteri davlatning siyosiy va iqtisodiy tizimi negizlarining tubdan o‘zgarishi va yangilanishi, ma’naviy qadriyatlarning tiklanishi, jamiyat taraqqiyotining ustuvor yo‘nalishlari va tarixiy taraqqiyot bosqichlari, xalqlarning erkinliklari, mentaliteti, qadriyatlari va murakkab dinamik jarayonlarni o‘zida mujassamlashtirgan alohida tushuncha sifatida dalillangan;
jamiyat taraqqiyoti va o‘tish davri falsafiy konsepsiyalari progress va regressning dialektik birligi, emotsional empirik daraja, aralash xronotopiya, jahon tarixi strukturasi, sikllilik, etnik-tarixiy jarayon mexanizmini biosferaning tarkibiy qismi sifatida qarash, taraqqiyot jarayonlarini o‘rganishda modernizm genezisi hamda turli davrlardagi tarixiy rivojlanish bilan bog‘liq voqeliklar xususiyatlarini aks ettirish asosida aniqlangan;
o‘tish davrining rivojlanish bosqichlarida strukturaviy o‘zgarishlar, siyosiy tizim institutlarining tubdan qayta tashkil etilishi, mafkuraviy qarashlar, voqealar dialektikasi, o‘tish davriga o‘tish bosqichini inobatga olish hamda jamiyatdagi o‘zgarishlar strategiyasi, islohotlarning uzlyuksizligi evolyusiyasini yangi siyosiy tizimga, bozor iqtisodiyoti munosabatlariga o‘tish va g‘oyaviy-mafkuraviy jihatdan yangilanishni o‘z ichiga olishi dalillangan;
siyosiy hayotdagi islohotlar siyosiy jarayonlarni milliy-tarixiy turmush, urf-odatlar, ko‘pmillatli jamiyat tizimini saqlab qolish va mustahkamlash yutuqlari hamda jamiyat taraqqiyotiga ongli munosabatda bo‘lish, absalyutizmdan voz kechish va manfaatlar mushtarakligi, ijtimoiy va shaxsiy manfaatlar o‘rtasida obektiv uyg‘unlikning bo‘lishi asosida aniqlangan;
o‘tish davrining mezonlari ijtimoiy hayotning fikrlar, mafkuralar plyuralizmi (xilma-xillligi) g‘oyaviy-mafkuraviy yangilanishlar, turli fikrlar, ong va tafakkurda konseptual g‘oyalar rivojlanish dinamikasi va tadrijiy bosqichlari hamda tinchlik, osoyishtalik, millatlararo totuvlik, dinlararo bag‘rikenglikning hamohangligini yangi bosqichga demokratik tranzitlash asosida dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘tish davrining ijtimoiy-falsafiy tahliliga oid tadqiqot natijalari asosida: o‘tish davri zaruratining falsafiy xarakteri, siyosiy, iqtisodiy va madaniy vazifalar mohiyatining o‘tish davriga oid falsafiy tahlil asosida dalillangan xulosalaridan O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasining saylovoldi dasturlari va Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi fraksiyasi ish rejalarining ijrosida keng foydalanilgan. Shuningdek, O‘zbekiston jamiyati taraqqiyoti, uning o‘tish davri bilan bog‘liq muammolarini hal etishga oid tavsiyalardan O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi dasturining 2-yo‘nalishida ko‘rsatib o‘tilgan “Partiya siyosiy mafkurasining ustuvor yo‘nalishlari” hamda 3-yo‘nalishi “Partiyaning ijtimoiy ideali – demokratik davlat barpo etish” boblarida qayd etilgan vazifalarning ijrosini ta’minlash, respublikamiz aholisi, yoshlar o‘rtasida jamiyatimiz taraqqiyotining mazmun-mohiyati, o‘tish davri bosqichlari va muammolari, ularing echimlari bilan bog‘liq turkum targ‘ibot-tashviqot ishlarida hamda saylovoldi tadbirlarini amalga oshirishda foydalanilgan. O‘zbekistonning eng yangi davri tarixini yoritish, uslubiy tavsiyalar ishlab chiqish, partiyaning targ‘ibot tashviqot ishlari, O‘zbekiston XDP fraksiyasi va partiyadan saylangan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari uchun saylovchilar bilan uchrashuvlar o‘tkazishga doir yo‘riqnomalar ishlab chiqishga xizmat qilgan (O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasining 2023-yil 30-oktyabrdagi 21/03-109-sonli dalolatnomasi). Natijada, o‘tish davrida mamlakatimizdagi siyosiy partiyalarning rolini oshirish, ular o‘rtasidagi raqobatni takomillashtirish, fuqarolik jamiyati institutlarining jamiyat hayotidagi o‘rni va rolini oshirish orqali ijtimoiy muammolarni hal etishga qaratilgan ustuvor vazifalarni ishlab chiqishga xizmat qilgan;
o‘tish davrida ma’naviy qadriyatlarning tiklanishi va rivojlanishi, g‘oyaviy-mafkuraviy sohalardagi o‘zgarishlar, ijtimoiy va shaxsiy manfaatlar o‘rtasida obektiv uyg‘unlikning bo‘lishi asosida aniqlangan ilmiy-amaliy taklif va tavsiyalar Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2022-2023-yillarda o‘tkazilgan targ‘ibot faoliyatiga tatbiq etilgan. Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2023-yil uchun chora-tadbirlar dasturining 4-yo‘nalishida belgilangan “Vatanrarvarlik tuyg‘ularini rivojlantirishga qaratilgan targ‘ibot-tashviqot ishlari” 13-bandi “Yangi ma’naviy makonni shakllantirishning dolzarb masalalari, bu borada ma’rifatparvar ziyolilar, davlat va jamoat faollarini birlashtirish hamda “Yangi O‘zbekiston orzusi”ni ro‘yobga chiqarish bo‘yicha targ‘ibot-tashviqot ishlarini tashkil etish” mavzularida o‘tkazilgan targ‘ibot ishlarini tashkil etish va o‘tkazishda foydalanilgan. O‘zbekistonning o‘tish strategiyasi va bosqichlarini o‘rganish bo‘yicha o‘tkazilgan ma’naviy-ma’rifiy sohadagi tadbirlarni amalga oshirishga oid uslubiy qo‘llanmalar ishlab chiqishga xizmat qilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2023-yil 30-oktyabrdagi 01/01-625-sonli dalolatnomasi). Natijada, respublikamizda ma’naviy-m’rifiy, g‘oyaviy-mafkuraviy sohadagi ustuvor yo‘nalishlar va vazifalarni aniqlash hamda rivojlantirishga oid konsepsiyalar va strategiyalarni ishlab chiqishga xizmat qilgan;
O‘zbekistonning o‘tish davri strategiyasi va rivojlanish bosqichlari, o‘tish davriga o‘tish bosqichi, o‘tish jarayonlarining o‘ziga xos xususiyatlari to‘g‘risidagi dalillangan xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov nomidagi ilmiy-ma’rifiy yodgorlik majmuasi Ilmiy-tadqiqot va ta’lim markazi ishlarini rejalashtirish va bajarish, ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etishda foydalanilgan. Dissertatsiya doirasida tayyorlangan monografiya, risola va ilmiy maqolalarda asoslangan o‘tish davri va o‘tish jarayonlari, o‘tish davrining ma’no-mazmuni, uning qonuniyatlari, muammolari, ularning echimlari bilan bog‘liq xulosalar, takliflardan ilmiy-ma’rifiy yodgorlik majmuasining targ‘ibot ishlarini tashkil etishda keng foydalanilgan hamda majmuaning ilmiy fondini, targ‘ibot materiallarining mazmunini boyitishga xizmat qilgan (O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov nomidagi ilmiy-ma’rifiy yodgorlik majmuasining 2023-yil 1-noyabrdagi 1/176-3-sonli dalolatnomasi). Natijada, O‘zbekistonning o‘tish davrida siyosiy, ijtimoiy, ma’naviy-madaniy yo‘nalishlardagi konsepsiyalari va ustuvor yo‘nalishlarini belgilash va takomillashtirishga xizmat qilgan;
ijtimoiy hayotning fikrlar, mafkuralar plyuralizmi, g‘oyaviy-mafkuraviy yangilanishlar, turli fikrlar, ong va tafakkurdagi o‘zgarishlar, mamlakatimizda osoyishtalik, millatlararo totuvlikni ta’minlash orqali o‘tish davri muammolarini hal etishning muhim o‘rin egallashi asoslangan bo‘lib, uning ilmiy natijalaridan O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston tarixi” telekanali ko‘rsatuvlarining ssenariylarini tayyorlash, xususan, “O‘zbekiston tarixi” kanalining “Ochiq dars” ko‘rsatuvlarida foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining 2023-yil 31-oktyabrdagi 06-28-1416-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, jamiyat hayotida fikrlar, mafkuralar plyuralizmini, tafakkurdagi o‘zgarishlar bilan bog‘liq targ‘ibot-tashviqot ishlarini takomillashtirish, bu sohadagi ustuvor yo‘nalishlarni ishlab chiqishga xizmat qilgan;
mamlakatda o‘tish davrining o‘ziga xos xususiyatlari, o‘tish davri bosqichlari ularning farqlari, evolyusiyasi shuningdek, siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy, madaniy, ma’naviy rivojlanish jarayonlarining o‘tish davri kontekstida asoslangan tavsiyalaridan O‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyatining ilmiy-nazariy va ilmiy-amaliy ishlarida foydalanilgan. O‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyati nashriyotida dissertantning “O‘tish davri: nazariya va amaliyot”, “O‘zbekistonda o‘tish davri va jamiyat taraqqiyoti” nomli monografiyalarining chop etilgani o‘tish davriga oid xulosalar va tavsiyalar berish imkoniyatini kengaytirgan (O‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyati tomonidan 2023-yilning 30-oktyabrida berilgan 12-sonli dalolatnoma). Natijada, ijtimoiy, ma’naviy-madaniy, g‘oyaviy-mafkuraviy yo‘nalishdagi ustuvor vazifalarni ishlab chiqish va takomillashtirishga xizmat qilgan.