Tursunov G‘iyos Sunnat o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Batat yangi navlarini turli muddatlarda etishtirishning o‘sish-rivojlanishi, hosildorligi va saqlanuvchanligiga ta’siri (Samarqand viloyati sug‘oriladigan tipik bo‘z tuproqlari sharoitida)”, 06.01.08 – O‘simlikshunoslik (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Qx915.
Ilmiy rahbar: Ostonaqulov Toshtemir Eshimovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti va Samarqand davlat veterinariya medisinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va etishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti, DSc.05/30.12.2019.Qx.42.01.
Rasmiy opponentlar: Iminov Abduvali Abdumannobovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor; Aramov Muzaffar Xoshimovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti Agrobiotexnologiyalar va oziq ovqat xavfsizligi instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Samarqand viloyati sug‘oriladigan tipik bo‘z tuproqlari sharoitida batat yangi yaratilgan navlarini asosiy va takroriy ekinlar sifatida turli muddatlarida o‘stirilganda o‘sishi, rivojlanishi, fotosintetik faolligi, hosil shakllanishi, hosildorligi va tuganak sifatini hamda saqlanuvchanligini o‘rganish asosida barqaror yuqori, sifatli va saqlanuvchan hosilni ta’minlovchi istiqbolli navlarni ajratish va maqbul ekish muddatlarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor sug‘oriladigan tipik bo‘z tuproqlar sharoitida batat yangi yaratilgan navlari asosiy va takroriy ekinlar sifatida turli muddatlarda o‘stirilib ko‘chat chiqimi (eng yuqori 15,0-20,5 dona asosiy ekin sifatida 30 aprelda, 13,4-19,0 dona takroriy ekin sifatida 30 iyunda ekilganda), tutuvchanligi (97-99% dan yuqori), tezpisharligi (119-137 kun), o‘sishi va rivojlanishi (eng uzun bo‘yli o‘simlik 149,0-191,6 sm, ko‘p yon poyali 12,0-15,6 dona, serbargli 255-279 dona), palak va tuganak shakllanishi (palak 375-524 g, tuganak 717-1259 g) baholangan;
barg sathi yuzasining hosil bo‘lishi (0,60-0,70 m2 yoki 33,3-43,2 ming m2/ga), bargdagi xlorofill miqdori (502,0-546,4 mg/100 g bargda) va fotosintez sof mahsuldorligi (FSM) - (5,75-6,11 g/m2 sutkada) hamda mahsuldorlik ko‘rsatkichlari (tup hosili 782-1389 g, soni 6,6-8,2 dona, tuganak o‘rtacha vazni 101,1-177,3 g) bo‘yicha har tomonlama baholangan;
uyada tuganaklarning (g‘uj) joylashishi, umumiy (51,8-53,6 t/ga) va tovar (51,2-53,2 t/ga) hosildorligi, tuganaklar biokimyoviy tarkibi (quruq modda-23,0-23,5%, kraxmal-13,6-14,3%, shakar-5,1-5,7%, “S” vitamini 11,1-13,3 mg/% dan ziyod) hamda saqlanuvchanligi (91,8-96,5% yoki 4,0-7,2 balldan yuqori) bo‘yicha o‘rganilib, istiqbollilari ajratilgan, etishtirish agrotexnologiyasining maqbul ekish muddati belgilangan, asosiy va takroriy ekinga o‘stirish imkoniyati aniqlangan;
yangi batat navlarini maqbul ko‘chat o‘tkazish muddatlarida o‘stirishning iqtisodiy samaradorligi hisoblangan va ishlab chiqarishga tavsiyalar yaratilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Asosiy va takroriy ekinlar sifatida batat yangi navlarini kompleks baholash, ulardan istiqbolli nav va maqbul ekish muddatlarini belgilash asosida yuqori va sifatli hosil olishga imkon beruvchi agrotexnologiyasini yaratish bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
fermer va tomorqa xo‘jaliklari uchun “Asosiy va takroriy ekinlar sifatida batat yangi navlarini o‘stirishning maqbul ko‘chat o‘tkazish muddatlariga oid tavsiyalar” chop etilgan va tasdiqlangan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 7 mart 2024 yil, № 06/27-06/423-son ma’lumotnomasi). Bunda fermer va dehqonlar uchun batat navlarini asosiy va takroriy ekin sifatida etishtirish texnologiyasini maqbullashtirish bo‘yicha zarur tavsiyalar berilgan va uslubiy qo‘llanma sifatida xizmat qilmoqda;
batatning Sochakinur, Toyloqi, Filial kabi navlarini asosiy ekin sifatida o‘stirishning maqbul ko‘chat o‘tkazish muddatlari (30.04-10.05) agrotexnologiyasi asosida Samarqand viloyatining sug‘oriladigan tipik bo‘z tuproqlari sharoitidagi “B.Turdiev” fermer xo‘jaligida (4,0 ga), “Meros” fermer xo‘jaligida (1,6 ga) hamda SPEKITI Samarqand ilmiy tajriba stansiyasida (4,0 ga), jami 9,6 ga maydonga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 7 mart 2024 yil, № 06/27-06/423-son ma’lumotnomasi). Natijada yangi batat navlari maqbul ekish muddatida asosiy ekin sifatida gektaridan 42,5-50,8 tonnagacha tovar hosildorlik, 30,3-44,5 mln.so‘m sof daromad va 65,4-94,8% rentabellik yoki 7,2-10,9 mln.so‘m qo‘shimcha sof foyda va 15,2-21,2% rentabellik darajasi aniqlangan;
takroriy ekin sifatida maqbul muddatda (20-30 iyunda)“B.Turdiev” fermer xo‘jaligida (1,6 ga), “Meros” fermer xo‘jaligida (1,5 ga), SPEKITI Samarqand ilmiy-tajriba stansiyasi sharoitida (2,4 ga), jami 5,5 ga maydonga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 7 mart 2024 yil, № 06/27-06/423-son ma’lumotnomasi asosida). Natijada har gektardan navlar bo‘yicha 32,4-38,8 tonna hosildorlik, 13,6-24,0 mln. so‘m sof daromad, 30,3-52,2% rentabellik yoki 5,3-8,5 mln. so‘m qo‘shimcha sof foyda va 11,5-28,2% rentabellikka erishish imkoniyati qayd etilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish