G‘oziev Kozimbek Jovlon o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi “O‘zbekiston Respublikasida oliy ta’lim tashkilotlari faoliyatini boshqarish va tartibga solishning tashkiliy huquqiy jihatlari”, 12.00.02 – Konstitutsiyaviy huquq. Ma’muriy huquq. Moliya va bojxona huquqi (yuridik fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/Yu842.
Ilmiy rahbar: Babaev Xalimbay Babaevich, O‘zbekiston fan arbobi, yuridik fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat yuridik universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat yuridik universiteti, DSc.07/30.12.2019.Yu.22.02.
Rasmiy opponentlar: Yakubov Shuhrat Ummatalievich, yuridik fanlar doktori, professor; Asadov Shavkat G‘aybullaevich, yuridik fanlar doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti.
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekiston Respublikasida oliy ta’lim tashkilotlari faoliyatini boshqarish va tartibga solishning tashkiliy-huquqiy jihatlarini takomillashtirishga qaratilgan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
vakolatli davlat organlarining ehtiyojlarini inobatga olgan holda bakalavriat va magistraturada o‘qish mutaxassisliklari hamda yo‘nalishlari bo‘yicha malaka talablari, o‘quv rejalari va dasturlarini mustaqil ravishda ishlab chiqish va tasdiqlash oliy ta’lim tashkilotining akademik mustaqilligini ta’minlashi asoslantirilgan;
pulli xizmatlar ko‘rsatish, shuningdek, vaqtincha bo‘sh turgan byudjetdan tashqari mablag‘larni tijorat banklari depozitlariga joylashtirish orqali daromad olishdan tushadigan mablag‘lar, vasiylik kengashi tarkibiga kiruvchi davlat organlari tomonidan ajratiladigan byudjetdan tashqari mablag‘lar, milliy va xalqaro grantlar mablag‘lari oliy ta’lim tashkilotining moliyaviy mustaqilligini ta’minlashga xizmat qiladigan manbalar ekanligi asoslab berilgan;
faoliyatning lisenziyalanayotgan turi, ta’lim faoliyati yo‘nalishlari ro‘yxati, ariza to‘ldirish sababi (yangi lisenziya olish, qayta rasmiylashtirish), lisenziya talabgorining lisenziya talab va shartlariga rioya qilishga roziligi nodavlat oliy ta’lim tashkilotining faoliyatini yo‘lga qo‘yishi uchun zaruriy shart sifatida xizmat qilishi asoslantirilgan;
Endowment jamg‘armasi mablag‘laridan foydalanish bo‘yicha hisob va hisobotlar ta’lim muassasalarining byudjetdan tashqari boshqa mablag‘laridan alohida, byudjet tashkilotlari uchun byudjetdan tashqari mablag‘lar bo‘yicha yuritilishi lozimligi asoslab berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tadqiqot ishi bo‘yicha olingan ilmiy natijalardan quyidagilarda foydalanildi:
vakolatli davlat organlarining ehtiyojlarini inobatga olgan holda bakalavriat va magistraturada o‘qish mutaxassisliklari va yo‘nalishlari bo‘yicha malaka talablari, o‘quv rejalari va dasturlarini mustaqil ravishda ishlab chiqish va tasdiqlashi haqidagi taklif O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 18-noyabrdagi “Jinoyatlarni tergov qilish sohasida malakali kadrlarni tayyorlashning sifat jihatidan yangi tizimini joriy etish to‘g‘risida”gi PF-257-sonli Farmonining 9-bandi “v” kichik bandini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining 2023-yil 20-fevraldagi 27/2-43-23-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga joriy etilishi oliy ta’lim tashkilotining akademik mustaqilligini ta’minlashga xizmat qilgan;
pulli xizmatlar ko‘rsatish, shuningdek, vaqtincha bo‘sh turgan byudjetdan tashqari mablag‘larni tijorat banklari depozitlariga joylashtirish orqali daromad olishdan tushadigan mablag‘lar, vasiylik kengashi tarkibiga kiruvchi davlat organlari tomonidan ajratiladigan byudjetdan tashqari mablag‘lar, milliy va xalqaro grantlar mablag‘lari orqali moliyalashtirish haqidagi taklifdan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 18-noyabrdagi “Jinoyatlarni tergov qilish sohasida malakali kadrlarni tayyorlashning sifat jihatidan yangi tizimini joriy etish to‘g‘risida”gi PF-257-sonli Farmonining 10-bandini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining 2023-yil 20-fevraldagi 27/2-43-23-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga joriy etilishi oliy ta’lim tashkilotining moliyaviy mustaqilligini ta’minlashga xizmat qilgan;
faoliyatning lisenziyalanayotgan turi, ta’lim faoliyati yo‘nalishlari ro‘yxati, ariza to‘ldirish sababi (yangi lisenziya olish, qayta rasmiylashtirish), lisenziya talabgorining lisenziya talablari va shartlariga rioya qilishga roziligi nodavlat oliy ta’lim tashkilotining faoliyatini yo‘lga qo‘yishi uchun xizmat qilishi haqidagi taklif O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 5-oktyabrdagi 80-son qarori bilan tasdiqlangan Maxsus elektron tizim orqali ayrim faoliyat turlarini lisenziyalash tartibi to‘g‘risidagi yagona nizomning nodavlat ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish sohasidagi faoliyatni lisenziyalash pasportining 5-bandini ishlab chiqishda inobatga olingan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Axborot-tahlil va yuridik ta’minlash departamentining 2024-yil 19-apreldagi 12/15-28-son dalolatnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga joriy etilishi nodavlat ta’lim tashkilotlarining faoliyatini tartibga solishga xizmat qilgan;
Endowment jamg‘arma mablag‘laridan foydalanish bo‘yicha hisob va hisobotlar ta’lim muassasalarining byudjetdan tashqari boshqa mablag‘laridan alohida, byudjet tashkilotlari uchun byudjetdan tashqari mablag‘lar bo‘yicha yuritilishi haqidagi taklif O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil  17-apreldagi 321-son qarori bilan tasdiqlangan “Ta’lim muassasalarida uni bitirib, yuksak yutuqlarga erishgan nomdor shaxslarning homiylik xayriya mablag‘lari hisobiga shakllantiriladigan bitiruvchilar jamg‘armasini tashkil etish to‘g‘risida”gi nizomning 20-bandini takomillashtirishda inobatga olingan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Axborot-tahlil va yuridik ta’minlash departamentining 2023-yil 28-avgustdagi 12/15-61-son dalolatnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga joriy etilishi xayriya fondlari mablag‘lari evaziga ta’lim sohasidagi munosabatlarni tartibga solish, eng avvalo, uning moliyaviy mustaqilligini oshirishga xizmat qilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish