Parmonov Sarvar Toshpo‘latovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Eyilishga bardoshli volfram karbid-kobalt asosli qattiq qotishmalarni olishning yangi texnologik tamoyillarini ishlab chiqish», 05.02.01 – Mashinasozlikda materialshunoslik. Quymachilik. Metallarga termik va bosim ostida ishlov berish. Qora, rangli va noyob metallar metallurgiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.DSc/T666.
Ilmiy maslahatchi: Sharipov Kongratbay Avezimbetovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti, DSc.17/04.06.2021.T.06.01.
Rasmiy opponentlar: Turaxodjaev Nodir Djaxongirovich, texnika fanlari doktori, professor, Pirmatov Eshmurat Azimovich, texnika fanlari doktori, professor, Matkarimov Soxibjon Turdalievich texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Milliy texnologik tadqiqotlar universiteti “MISiS”ning Olmaliq shahridagi filiali.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: eyilishga bardoshli volfram karbid-kobalt asosli qattiq qotishmalarni olishning yangi texnologik tamoyillarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
volfram karbid-kobalt asosli qattiq qotishma chiqindilaridan bog‘lovchi kobaltning elektroliz jarayonida eritmaga ionlar ko‘rinishida o‘tishi natijasida hosil bo‘lgan shlamni yuqori haroratda argon muhitida tozalash asosida toza volfram karbid kukunlarini olishning yangi texnologik tamoyillari ilmiy asoslangan;
VK6 markali abraziv eyilib ishdan chiqqan barmoq chiqindilarini qayta ishlash texnologiyasi kobalt bog‘lovchining elektroliz jarayonida eritmaga o‘tishi asosida ishlab chiqilgan;
qattiq qotishma chiqindilaridan olingan toza volfram karbid kukunlarini ular bilan ta’sirlashmaydigan tuzlar bilan sintezlash asosida volfram-karbid nanokukunlarini olishning yangi texnologiyasi ishlab chiqilgan;
maydalash va burg‘ilash jarayonlari uchun volfram karbid nanokukunlari bilan modifikatsiyalangan eyilishga bardoshli volfram karbid-kobalt asosli qattiq qotishmaning yangi kimyoviy tarkibi kobalt bog‘lovchini volfram karbid nanokukunlari bilan modifikatsiyalash asosida ishlab chiqilgan;
eyilishga bardoshli VK6VN7 markali qattiq qotishmadan tayyorlangan maydalash va burg‘ilash detallarini qumoqlash texnologiyasi vakuum va inert muhitlarda kobalt bog‘lovchida modifikatorning eritmasidan uning eyilishga bardoshliligini oshirishi asosida ishlab chiqilgan;
volfram karbid nanokukunlari bilan modifikatsiyalangan eyilishga bardoshli volfram karbid-kobalt asosli qattiq qotishmalarni nisbatan past haroratlarda qumoqlash rejimi presslash bosimi, qumoqlash harorati, qumoqlash davomiyligi, uglerod va modifikator miqdoriga bog‘liqlik grafigi asosida aniqlangan;
VK6 markali detallariga nisbatan ma’danlarni maydalash va burg‘ilashdagi eyilishga bardoshliligi 10-12% yuqori bo‘lgan yangi tarkibli detallar volfram karbid nonokukun zarrachalarining bog‘lovchi kobaltda erimasdan, uning yuqori egilishga mustahkamlik chegarasi, qattiqligi va eyilishga bardoshliligini ta’minlagan qumoqlash haroratining optimal qiymatlari asosida ishlab chiqilgan.
eyilishga bardoshli volfram karbid-kobalt asosli qattiq qotishmalarni olishning yangi texnologik tamoyillari qattiq qotishmalarni olish, qayta ishlash, mustahkamlik nazariyasini rivojlantirish va ularning yakuniy mustahkamligini uglerod va modifikatorlar miqdoriga bog‘liqligi asosida yaratilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Eyilishga bardoshli volfram karbid-kobalt asosli qattiq qotishma chiqindilarini qayta ishlash tamoillari, ularni yangi tarkibini ishlab chiqish va davriy zarba qarshiligi hamda abraziv eyilishga bardoshliligi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
VK6 markali abraziv eyilib ishdan chiqqan barmoq chiqindilarini kislotalar ishtirokida qayta ishlash texnologiyasi “Navoiy KMK” AJ “Navoiy mashinasozlik zavodi” IChBda amaliyotga joriy etilgan (“Navoiy KMK” AJning 2024 yil 6 avgustdagi 23/01-01-07/436-sonli ma’lumotnomasi). Natijada barmoq chiqindilari tarkibidagi kobalt 99,9% gacha eritmaga o‘tkazilgan hamda shlam tarkibidagi temirning miqdori 5-6% dan 0,5% gacha kamaytirish imkonini bergan;
Volfram karbid-kobalt asosli qattiq qotishma chiqindilaridan toza volfram karbid kukunlarini olishning yangi texnologiyasi “Olmaliq KMK” AJ “Nodir metallar va qattiq qotishmalar ishlab chiqarish bo‘yicha” IIChBda amaliyotga joriy etilgan (“Olmaliq KMK” AJning 2024 yil 7 martdagi SL-239-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, volfram karbid kukunlarining tozalik darajasini 99,9% gacha oshirish imkonini bergan;
Volfram karbid asosli qattiq qotishma chiqindilaridan volfram karbid nanokukunlarini ishlab chiqarishning yangi texnologiyasi “Olmaliq KMK” AJ “Nodir metallar va qattiq qotishmalar ishlab chiqarish bo‘yicha” IIChBda amaliyotga joriy etilgan (“Olmaliq KMK” AJning 2024 yil 7 martdagi SL-239-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, qattiq qotishma detallarining g‘ovakligini 8-10% ga kamaytirish imkonini bergan;
Volfram karbid nanokukunlari bilan modifikatsiyalangan eyilishga bardoshli volfram karbid-kobalt asosli qattiq qotishmali tarkib “Olmaliq KMK” AJ “Nodir metallar va qattiq qotishmalar ishlab chiqarish bo‘yicha” IIChBda amaliyotga joriy etilgan (“Olmaliq KMK” AJning 2024 yil 7 martdagi SL-239-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, qattiq qotishma detallarining ishlash muddatini 10-12 % ga oshirish imkonini bergan;
Volfram karbid nanokukunlari bilan modifikatsiyalangan eyilishga bardoshli volfram karbid-kobalt asosli qattiq qotishma ishlab chiqarish texnologiyasi “Olmaliq KMK” AJ “Nodir metallar va qattiq qotishmalar ishlab chiqarish bo‘yicha” IIChBda amaliyotga joriy etilgan (“Olmaliq KMK” AJning 2024 yil 7 martdagi SL-239-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, volfram karbid-kobalt asosli qattiq qotishma detallarning eyilishga bardoshliligini 10-12% ga oshirish imkonini bergan;
Volfram karbid nanokukunlari bilan modifikatsiyalangan eyilishga bardoshli volfram karbid-kobalt asosli qattiq qotishmalarni nisbatan past haroratlarda qumoqlash rejimi “Olmaliq KMK” AJ “Nodir metallar va qattiq qotishmalar ishlab chiqarish bo‘yicha” IIChBda amaliyotga joriy etilgan (“Olmaliq KMK” AJning 2024 yil 7 martdagi SL-239-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, volfram karbid nanokukunlari bilan modifikatsiyalangan eyilishga bardoshli volfram karbid-kobalt asosli qattiq qotishmalarni qumoqlashdagi energiya sarfini 11-13% ga kamaytirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish