Xaydarov Tuymurod Zoyirovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Mahalliy xomashyolar asosida uglerod nanotrubkalar olish texnologiyasini ishlab chiqish», 02.00.14 – Organik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi, 05.05.05 – Issiqlik texnikasining nazariy asoslari (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/T3606.
Ilmiy rahbar: Rahmonqulov Alikul Amirkulovich, fizika-matemateka fanlar nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent kimyo-texnologiya ilmiy tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent kimyo-texnologiya ilmiy tadqiqot instituti huzuridagi DSc.16/30.12.2019.K/T.87.01 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Umirzakov Baltoxo‘dja Ermatovich, fizika-matematika fanlari doktiri, professor; Eshmurodov Xurshid Esanberdievich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Termiz davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: mahalliy xomashyolar asosida uglerod nanotrubkalarni ekologik va iqtisodiy samarador usullar yordamida sintez qilish texnologiyasini ishlab chiqish hamda polimerlarni modifikatsiyalashda qo‘llashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mahalliy xomashyo – atsetilendan uglerod nanotrubkasi sintez qilingan hamda sintez jarayoni uchun katalizatorlar sifatida Ni va Co tuzlari eritmalarini qo‘llashda optimal konsentratsiyalar aniqlangan;
to‘lqin uzunligi 371 nm bo‘lgan qizil lazer moduli yordamida sintez qilingan uglerod nanotrubka nanozarrachalarining o‘lchami 100 nm ga teng ekanligi aniqlangan;
polietilen va polipropilenni modifikatsiyalashda uglerod nanotrubkasidan 0,1% massaviy ulush qo‘llab, issiqlik o‘tkazuvchanlik koeffisienti yuqori hamda issiqlik sig‘imini past bo‘lgan kompozit materiallar olingan;
polietilen va polipropilenni 0,1% massaviy ulushdagi uglerod nanotrubkasi bilan modifikatsiyalab olingan materialarning zarbga chidamlilik, uzilishdagi va egilishdagi mustahkamlik hamda nisbiy cho‘zilish xossalari analoglarga nisbatan o‘rtacha 4,5% ga ortganligi isbotlangan;
mahalliy xomashyolar yordamida samaradorligi yuqori uglerod nanotrubkalar olishning resurs tejamkor texnologiyasi ishlab chiqilgan hamda texnik-iqtisodiy asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Mahalliy xomashyolar asosida uglerod nanotrubkalarini sintez qilish texnologiyasini ishlab chiqish hamda olingan uglerod nanotrubkalarini poliolefinlarga qo‘llash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
uglerod nanotrubkalar bilan modifikatsiyalangan polimer materiallar olish texnologiyasi “Minora qurish ekspedisiyasi” AJda amaliyotga joriy qilingan (“Minora qurish ekspedisiyasi” AJning 2023 yil 30 iyundagi 02-183-son maʼlumotnomasi). Natijada, issiqlik o‘tkazuvchanligi yuqori bo‘lgan materiallarni olish uchun uglerod nanotrubkalar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish imkonini bergan;
ekologik va iqtisodiy samarador usullar yordamida olingan uglerod nanotrubkalar bilan modifikatsiyalangan polimer materiallar “Minora qurish ekspedisiyasi” AJda amaliyotga joriy qilingan (“Minora qurish ekspedisiyasi” AJning 2023 yil 30 iyundagi 02-183-son ma’lumotnomasi). Natijada, qurilmalarda issiqlik o‘tkazuvchanlik koeffisientini 45% oshirish va issiqlik sig‘imini 30,1% kamaytirish imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish