Sadikova Akida Sattarovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbek populyasiyasidagi 1 tur qandli diabetli bolalar va o‘smirlarda surunkali buyrak kasalligini epidemiologik va farmoko-genetik xususiyatlari», 14.00.03 – Endokrinologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.PhD/Tib191
Ilmiy raxbar: Raximova Gul`nara Nishanovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: akademik Ya.X. To‘raqulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.27.06. 2017.Tib.30.02.
Rasmiy opponentlar: Najmutdinova Dilorom Kamardinovna, tibbiyot fanlari doktori, professor, Turdikulova Shaxlo Utkurovna, biologiya fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi o‘zbek populyasiyasidagi 1 tur qandli diabetli bolalar va o‘smirlarda surunkali buyrak kasalligini epidemiologik va farmoko-genetik xususiyatlarini ochib berish hamda kasallikni tashxislash va davolash samaradorligini oshirishga bo‘yicha takliflar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor o‘zbek populyasiyasiga mansub birinchi turdagi QD bolalar va o‘smirlarda SBKda AAF geni I/D polimorfizmining taqsimlanishining o‘ziga xos xususiyatlari ochib berilgan;
birinchi turdagi QD bolalar va o‘smirlarda SBKda AAF geni polimorfizmi bo‘yicha siydikdagi neytral al`fa-glyukozidaza fermenti faolligining irsiy bog‘liqligi isbotlangan;
birinchi marta AAF geni polimorfizmiga bog‘liq holda birinchi turdagi qandli diabet mavjud bolalar va o‘smirlarda SBK rivojlanishining birlamchi profilaktikasi va NAU bosqichida perindoprilni qo‘llanilishining samarasi isbotlangan.
qon zardobidagi kreatinin, mikroalbuminuriya va KFT asoslangan surunkali buyrak kasalligining NKF-K/DOQI (2002, 2013) tasnifi bo‘yicha birinchi turdagi qandli diabet bolalar va o‘smirlarda surunkali buyrak kasalligi rivojlanish va avj olishining tahlika omillari, turli bosqichlarining tarqalishi aniqlangan;
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
O‘zbek populyasiyasidagi bolalar va o‘smirlarda birinchi turdagi qandli diabetda buyrak kasalliklari epidemiologiyasi va farmako-genetik xususiyatlarini tashxislash hamda davolash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
«Diabetik nefropatiya» uslubiy qo‘llanmasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 29 martdagi 8n-d/58-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy qo‘llanma mamlakatimizda bolalar va o‘smirlar orasida qandli diabet kasalligining birinchi turida buyrak kasalliklarning epidemiologiyasi, xavf omillarni aniqlash va farmako-genetik xususiyat-lari tizimini tashkillashtirish imkonini bergan;
«Birinchi turdagi qandli diabet bo‘lgan bolalar va o‘smirlarda surunkali buyrak kasalliklarini tashxislash, oldini olish va davolash mezonlarini optimallash» uslubiy qo‘llanmasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 29 martdagi 8n-d/58-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy qo‘llanma o‘zbek populyasiyasiga mansub bolalar va o‘smirlarda qandli diabetli surunkali buyrak kasalligning birinchi turini tashxislash, tanlangan davolash tizimi va bemorlardagi genetik xususiyatlarning oldini olish va samarali davolash tizimini yaratish imkonini bergan;
o‘zbek populyasiyasiga mansub bolalar va o‘smirlarda birinchi turdagi qandli diabetda buyrak kasalliklarining epidemiologiyasi va farmako-genetik xususiyatlarini baholash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, akademik Yo.X.To‘raqulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, Toshkent va Andijon viloyatlari endokrin dispanseri klinik amaliyotiga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 29 martdagi 8n-d/27–son ma’lumotnomasi). Olingan tadqiqot natijalarining klinik amaliyotga joriy qilinishi qandli diabetli bemorlarda surunkali buyrak kasalligi bolalarda 19,4 %ga va o‘smirlarda 35,5 %ga tashkil qilganligi, kasallikni erta aniqlash va asoratlarni kamaytirish, genetik moyilligi va siydikdagi kasallikning zamonaviy markerlarini aniqlanganligi, nogironlikning oldini olish va davolash profilaktik yordam sifatini oshirish imkonini yaratgan.