Shaxmurodova Diljahon Almardonovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Ona tilidan o‘quv materiallarni anglab tushunish darajalarini baholash metodikasini takomillashtirish”, 13.00.02- Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (o‘zbek tili) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.PhD/Ped2759.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Qarshi davlat universiteti, PhD.03/04.06.2020.Ped.70.02.
Ilmiy rahbar: Nurullaeva Shaxlo Uktamovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Rasmiy opponentlar: Tojieva Gulbahor Namozovna, filologiya fanlari doktori, professor; Adizov Baxtiyor Rahmonovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Termiz davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ona tili darslarida o‘quvchilarning o‘quv materiallarini anglab tushunish darajalarini baholash metodikasini takomillashtirish asosida bilim o‘zlashtirish darajalarini rivojlantirish yo‘llarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘quvchilarining o‘quv-biluv faoliyatini baholash metodikasi shaxs aqliy faoliyatining ma’lumot ma’nosini aniqlash, kerakli ma’lumotlarni belgilab borish, matndagi muhim ma’lumotlar ketma-ketligiga e’tibor qaratish, matndagi asosiy dalillarni tizimlashtirish, matn g‘oyasini aniqlash va xulosa chiqarish kabi bosqichlariga mezon hamda meyorga asoslangan baholash turlarini tatbiq etish asosida takomillashtirilgan;
o‘quvchilarning o‘quv materiallarini anglab tushunish darajalarining formativ, summativ, shakllantiruvchi kabi baholash turlari baholashning maqsadi, vazifalari, darajalari, yo‘nalishlarini tanlash jarayoniga matnning baholash mezonlariga muvofiqlik omillari, o‘quvchi shaxsi psixologik xususiyatlari, imkoniyatlari va ehtiyojlariga moslik omillarining ta’siriga ko‘ra aniqlashtirilgan;
o‘quvchilarining anglab tushunish darajalarini baholash jarayoni modelining texnologik bloki ona tilidan o‘quv materiallarini anglab tushunish bosqichlarining motivatsion, shakllantiruvchi, baholash komponentlarini PIRLS xalqaro baholash dasturi talablariga ko‘ra o‘quv materiali topshiriqlarini modifikatsiyalash asosida takomillashtirilgan;
ona tili ta’limi jarayonida o‘quvchilar anglab tushunish darajalarini baholash metodikasi badiiy matnlar bilan ishlashga doir ona tilidan o‘quv materiallari muhim belgilarini ajratish, umumlashtirish, aniqlash, anglash, tushunish kabi fikriy operatsiyalardan foydalanishga qaratilgan o‘quv topshiriqlarini ishlab chiqish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarning ona tilidan o‘quv materiallarini anglash va tushunish darajalarini baholash metodikasini takomillashtirish bo‘yicha tadqiqot natijalari asosida:
o‘quvchilarining o‘quv-biluv faoliyatini baholash metodikasi shaxs aqliy faoliyatining ma’lumot ma’nosini aniqlash, kerakli ma’lumotlarni belgilab borish, matndagi muhim ma’lumotlar ketma-ketligiga e’tibor qaratish, matndagi asosiy dalillarni tizimlashtirish, matn g‘oyasini aniqlash va xulosa chiqarish kabi bosqichlariga mezon hamda meyorga asoslangan baholash turlarini tatbiq etish asosida takomillashtirilganligiga doir xulosalardan “Umumiy pedagogika” o‘quv qo‘llanmasini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022 yil 25 noyabrdagi 388-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan 388-137 raqamli nashr guvohnomasi). Natijada, pedagogika ta’lim nazariyasi qismi o‘quvchilar bilimini baholashga doir ma’lumotlar bilan boyitilishiga erishilgan;
o‘quvchilarning o‘quv materiallarini anglab tushunish darajalarini formativ, o‘quvchilarning o‘quv materiallarini anglab tushunish darajalarining formativ, summativ, shakllantiruvchi kabi baholash turlari baholashning maqsadi, vazifalari, darajalari, yo‘nalishlarini tanlash jarayoniga matnning baholash mezonlariga muvofiqlik omillari, o‘quvchi shaxsi psixologik xususiyatlari, imkoniyatlari va ehtiyojlariga moslik omillarining ta’siriga ko‘ra aniqlashtirilganligiga doir xulosalardan “Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini anglash va tushunish darajalarini baholashning metodikasini takomillashtirish” mavzusidagi o‘quv qo‘llanmani tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 25 dekabrdagi 538-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan 538-188 raqamli nashr guvohnomasi). Natijada, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining ona tilidan o‘quv materiallarini anglash va tushunish darajalarini baholash jarayoni metodik ta’minoti boyitilishiga erishilgan;
ona tili ta’limi jarayonida o‘quvchilar anglab tushunish darajalarini baholash metodikasi badiiy matnlar bilan ishlashga doir ona tilidan o‘quv materiallari muhim belgilarini ajratish, umumlashtirish, aniqlash, anglash, tushunish kabi fikriy operatsiyalardan foydalanishga qaratilgan o‘quv topshiriqlari asosida takomillashtirilganligiga doir tajribalardan Qashqadaryo, Surxondaryo va Buxoro viloyatlari umumiy o‘rta ta’lim maktablarida o‘tkazilgan tajriba-sinov ishlari davomida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika ta’lim markazining 2023 yil 12-oktyabrdagi 01/11-1-842-son ma’lumotnomasi). Natijada, boshlang‘ich sinf ona tili ta’limi jarayoni o‘quvchilar bilimini rivojlantirish va diagnostika qilishga doir metodika asosida takomillashtirilishiga muvaffaq bo‘lingan.