Aytbaev Kobeysin Ramatullaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Quyosh yordamida isitish tizimlari uchun oraliq issiqlik tashuvchili past haroratli o‘z-o‘zini tartibga soluvchi kam metall sarfli termosifon isitish asbobi”, 05.09.03 – Issiqlik ta’minoti. Ventilyasiya, kondisionerlash. Gaz ta’minoti va yoritish. (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B 2018.2.PhD/T829
Ilmiy rahbar: Rashidov Yusuf Karimovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qoraqalpoq davlat universiteti va Toshkent arxitektura qurilish universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami:
Toshkent arxitektura-qurilish universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.26/30.12.2019.T.11.01 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik Ilmiy kengash
Rasmiy opponentlar: Klichev Shavkat Isakovich, texnika fanlari doktori, professor (05.05.06), Kasimov Faxriddin Shadmankulovich texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) (05.05.06).
Yetakchi tashkilot: Namangan muhandislik qurilish instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Isitish asbobining korpusi ichidagi oraliq issiqlik tashuvchi suyuqligining bir va ikki fazali issiqlik almashinuv jarayonlarini jadallashtirish asosida quyosh isitish tizimlari uchun past haroratli o‘z-o‘zini tartibga soluvchi kam metall sarfiga ega oraliq issiqlik tashuvchili termosifonli isitish asbobini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tabiiy termosifon sirkulyasiya sharoitida, isitish asbobidagi oraliq issiqlik tashuvchi suvi issiqlik almashinuvining past haroratli bir fazali va ikki fazali jarayonlarini intensifikatsiylash asosida, issiqlik tashuvchining yuqori gidrostatik bosimi bilan suvli isitish tizimining gidravlik ajratish yo‘li bilan uning ichki bosimini pasaytirish va devor qalinligini kamaytirishni ta’minlovchi metallning issiqlik zo‘riqishini oshirish usuli ishlab chiqilgan ;
ilonsimon quvurning yuzasi va isitish asbobining tashqi yuzasi o‘rtasidagi munosabatni hisobga olgan holda, isitish asbobining korpusi ichidagi oraliq sovutish suyuqligining past haroratli bir fazali issiqlik almashinuvi jarayonining matematik modeli ishlab chiqilgan;
chegaraviy qatlamda o‘ta qizigan va to‘yingan bug‘ni kondensaciyalanish va bug‘lanish jarayonlarini o‘zaro bog‘liqligini xisobga olgan holda, isitish asbobining korpusi ichidagi oraliq issiqlik tashuvchini termosifon sirkulyasiya sharoitida bug‘lanishi va bug‘ni laminar qatlamli kondensasiyalanish vaqtidagi ikki fazali issiqlik almashinuvining matematik modeli ishlab chiqildi;
atmosfera bosimidan past va atmosfera bosimida bug‘ning kondensasiyalanishida shuningdek ikki fazali past haroratli isitish asbobining ichidagi o‘ta qizigan va toy’ingan bug‘ uchun mezoniy tenglamalar analitik yo‘l bilan aniqlangan va eksperimental tasdiqlangan;
yaratilgan o‘z-o‘zini tartibga soluvchi termosifonli isitish asboblari asosida, energiya tejamkor ish rejimini amalga oshiradigan bir konturli past haroratli quyoshli isitish tizimi uchun prinsipial echimlar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Quyoshli isitish tizimlari uchun oraliq issiqlik tashuvchi suvli past haroratli o‘z-o‘zini tartibga soluvchi kam material talab qiladigan termosifonli isitish asboblari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar amalga oshirildi:
tabiiy termosifon sirkulyasiya sharoitida, isitish asbobidagi oraliq issiqlik tashuvchi suvi issiqlik almashinuvining past haroratli bir fazali va ikki fazali jarayonlarini intensifikatsiylash asosida, issiqlik tashuvchining yuqori gidrostatik bosimi bilan suvli isitish tizimining gidravlik ajratish yo‘li bilan uning ichki bosimini pasaytirish va devor qalinligini kamaytirishni ta’minlovchi metallning issiqlik zo‘riqishini oshirish usuli Nukus shahridagi kanalizatsiya nasos stansiyasining xodimlar xonasi va omborxonasini isitish tizimining samaradorligini oshirish maqsadida joriy qilingan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining 03-07/01-1126 sonli 19.04.2024-sonli ma’lumotnomasi). Natijada tizim tomonidan tarmoqdan elektr energiyasini iste’mol qilishning pasayishi 33,3% ni tashkil etgan.
tabiiy termosifon sirkulyasiya sharoitida, isitish asbobidagi oraliq issiqlik tashuvchi suvi issiqlik almashinuvining past haroratli bir fazali va ikki fazali jarayonlarini intensifikatsiylash asosida, issiqlik tashuvchining yuqori gidrostatik bosimi bilan suvli isitish tizimining gidravlik ajratish yo‘li bilan uning ichki bosimini pasaytirish va devor qalinligini kamaytirishni ta’minlovchi metallning issiqlik zo‘riqishini oshirish usuli Nukus shahrida Qara-Bayli ko‘chasida joylashgan santexnika do‘konining xodimlar xonasi va do‘konning savdo bo‘limi isitish tizimi samaradorligini oshirish maqsadida joriy qilingan joriy qilingan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining 03-07/01-1126 sonli 19.04.2024-sonli ma’lumotnomasi). Natijada isitish tizimida elektr energiyasini iste’mol qilish 30,6% ga kamaygan.