Alimov Akram Abdirashidovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Chiziqsiz chegaraviy shartlar va manbaga ega nochiziqli diffuziya sistemalarini sonli modellashtirish», 05.01.07–Matematik modellashtirish. Sonli usullar va dasturlar majmui (fizika-matematika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/FM993.
Ilmiy rahbar: Raxmonov Zafar Ravshanovich, fizika-matematika fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti huzuridagi DSc.03/30.12.2019.FM.01.02 raqamli ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: fizika-matematika fanlari doktori, professor Normurodov Chori Begalievich; fizika-matematika fanlari doktori, professor Xolmurodov Abdulxamid Erkinovich.
Yetakchi tashkilot: Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi chiziqsiz chegaraviy shartlarni hisobga olgan holda bir jinsli va bir jinsli bo‘lmagan muhitlarda diffuziya jarayonlarining matematik modellarini sonli va analitik echishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
chiziqsiz chegaraviy shartlarni hisobga olgan holda diffuziya jarayonlarining nochiziqli matematik modellari uchun global va chegaralanmagan echimlarning mavjudlik shartlari topilgan;
chiziqsiz chegaraviy shartlarni hisobga olgan holda diffuziya jarayonlarining nochiziqli matematik modellari uchun yaqinlashuvchi avtomodel echimlar qurilgan;
chiziqsiz chegaraviy shartlar bilan berilgan nochiziqli diffuziya sistemalar avtomodel echimlari asimptotikalarining bosh hadlari topilgan;
chiziqsiz chegaraviy shartlarni hisobga olgan holda manbaga ega bo‘lgan nochiziqli diffuziya sistemalari echimlarining quyi va yuqori baholari olingan;
nochiziqli diffuziya sistemalari uchun qo‘yilgan chiziqsiz chegaraviy masalalarni sonli echish sxemalari va algoritmlari qurilgan, sonli echish dasturiy ta'minoti yaratilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Chiziqsiz chegaraviy shartlar va manbaga ega nochiziqli diffuziya sistemalarini sonli modellashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
chiziqsiz chegaraviy shartlarni hisobga olgan holda diffuziya jarayonlarining nochiziqli matematik modellari uchun taklif etilgan yaqinlashuvchi avtomodel echimlarni qurish usulidan F-4-30-“Ikki marta nochiziqli kross sistemaning konvektiv ko‘chish, o‘zgaruvchan zichlik, manba yoki yutilish ta’siridagi sifat xossalarini tadqiq qilish” mavzusidagi grant loyihasida kross-diffuziya sistemalari uchun qo‘yilgan Koshi masalasining yuqori echimlarini qurish va avtomodel echimlarining asimptotikalarini topishda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy universitetining 2023 yil 20 oktyabrdagi 04/11-6815-sonli ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalardan foydalanish, ikki karra nochiziqli kross-diffuziya masalasining kritik eksponentalarini topish, avtomodel echimlari asimptotikalarining bosh hadlarini topish va sonli echish imkonini bergan;
chiziqsiz chegaraviy shartlar va manbaga ega nochiziqli diffuziya sistemalari avtomodel echimlarning asimtotikalari hamda sonli echish algoritmlaridan OT-Atex-2018-340-raqamli “Ikki tezlikli muhit dinamikasining amaliy geofizik masalalarini nazariy va sonli tadqiq etish” mavzusidagi grant loyihasida geofizik jarayonlarning amaliy masalalarini sonli echishda foydalanilgan (Qarshi davlat universitetining 2023 yil 26 dekabrdagi 04/4845-sonli ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalardan foydalanish, g‘ovak-elastik muhitning to‘g‘ri va teskari dinamik masalalarini sonli echish imkonini bergan.