Dadaxodjaeva Moxidil Ravshanbekovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi: ixtisosliklar shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Integrativ yondoshuv asosida kimyoni kasbga yo‘naltirib o‘qitish metodikasini takomillashtirish (o‘rta maxsus ta’lim misolida)” 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (kimyo) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/Ped7026.
Ilmiy rahbar: Saydaxmetova Shaxnoza Ravshanbekovna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.K.05.01.
Rasmiy opponentlar: Nishonov Mirkozimjon Fozilovich, texnika fanlari nomzodi, professor; Xushvaktova Xusnobod Solievna, pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent.
Yetakchi tashkilot nomi: Namangan davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi integrativ yondoshuv asosida kimyoni kasbga yo‘naltirib o‘qitish metodikasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
integrativ yondashuv asosida kimyoni kasbga yo‘naltirib o‘qitish metodikasini takomillashtirishning pedagogik imkoniyatlari farmatsevtik kimyoni analitik kimyoga integrativ bog‘lab o‘qitish, kasbiy faoliyatga oid faol axborot almashinishda elektron resurslar mazmunini boyitish, masofaviy ta’lim imkoniyatlariga moslashtirish hamda o‘quv materiallarini oddiydan murakkabga qarab darajalash ko‘nikmalarini rivojlantirish asosida aniqlashtirilgan;
integrativ yondashuv asosida kimyoni kasbga yo‘naltirib o‘qitish metodikasini takomillashtirish modeli nazariy bilimlarning natijador-amaliyligini ta’minlashga qaratilgan motivatsion-qadriyatli, refleksiv-jarayonli faoliyat subektlarining qayta aloqaga kirishish mobilligini jadallashtirish hamda shaxsiy sifatlarning kasbiy salohiyatini prognostik tasniflash asosida takomillashtirilgan;
integrativ yondashuv asosida kimyoni kasbga yo‘naltirib o‘qitish metodikasini takomillashtirish jarayoni “Muammoli ma’ruza”, “Zinama-zina” usullari, “Intellekt xarita” hamda “O‘quv loyihasi” topshiqlariga mos analitik, organik, farmatsevtik kimyo fanlarini kasbga yo‘naltirib o‘qitish hamda mustaqil fikrlash, kreativlik, modellashtirish mezonlaridan takror foydalanishga bosqichma-bosqich ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan;
integrativ yondashuv asosida kimyoni kasbga yo‘naltirib o‘qitish metodikasini takomillashtirish samaradorligi ma’ruza, laboratoriya mashg‘ulotlarini bajarishda ijodiy faollikni oshirish, kishik guruhlarda ishlash va motivatsiya berish hamda tabiiy-ilmiy bilimlarni o‘zlashtirishga dinamik ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘rta maxsus ta’limda kimyo fanini integrativ yondashuvlar asosida o‘qitish metodikasini takomillashtirishga oid tadqiqot natijalari asosida:
integrativ yondashuv asosida kimyoni kasbga yo‘naltirib o‘qitish metodikasini takomillashtirishning pedagogik imkoniyatlari farmatsevtik kimyoni analitik kimyoga integrativ bog‘lab o‘qitish, kasbiy faoliyatga oid faol axborot almashinishda elektron resurslar mazmunini boyitish, masofaviy ta’lim imkoniyatlariga moslashtirish hamda o‘quv materiallarini oddiydan murakkabga qarab darajalash ko‘nikmalarini rivojlantirish asosida aniqlashtirishga oid tavsiyalar “Fizik-kolloid kimyo” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti Kengashining 2023 yil 27 oktyabrdagi 3/3.2-sonli buyrug‘i asosida berilgan 233-0158 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada o‘rta maxsus ta’limida kimyoni kasbga yo‘naltirib o‘qitishning nazariy-amaliy asoslarini tahlil qilishga sharoit yaratilgan;
integrativ yondashuv asosida kimyoni kasbga yo‘naltirib o‘qitish metodikasini takomillashtirish modeli nazariy bilimlarning natijador-amaliyligini ta’minlashga qaratilgan motivatsion-qadriyatli, refleksiv-jarayonli faoliyat subektlarining qayta aloqaga kirishish mobilligini jadallashtirish hamda shaxsiy sifatlarning kasbiy salohiyatini prognostik tasniflash asosida takomillashtirishga oid takliflar Toshkent davlat pedagogika universitetida bajarilgan PZ-2017927124 raqamli “Ta’lim muassasalarida hamkorlik pedagogikasi asosida pedagogik faoliyatni rivojlantirish” nomli amaliy loyiha doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2024 yil 5 fevraldagi 02-5-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘rta maxsus ta’limda kimyoni kasbga yo‘naltirib o‘qitishda integrativ yondashuvdan foydalanishning ilmiy-pedagogik jihatdan maqsadga muvofiqligini asoslash imkoni yaratilgan;
integrativ yondashuv asosida kimyoni kasbga yo‘naltirib o‘qitish metodikasini takomillashtirish jarayoni “Muammoli ma’ruza”, “Zinama-zina” usullari, “Intellekt xarita” hamda “O‘quv loyihasi” topshiqlariga mos analitik, organik, farmatsevtik kimyo fanlarini kasbga yo‘naltirib o‘qitish hamda mustaqil fikrlash, kreativlik, modellashtirish mezonlaridan takror foydalanishga bosqichma-bosqich ustuvorlik berish asosida takomillashtirishga oid takliflar “Fizik-kolloid kimyo” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti Kengashining 2023 yil 27 oktyabrdagi 3/3.2-sonli buyrug‘i asosida berilgan, 233-0158 raqamli nashr ruxsatnomasi, ro‘yxatga olish raqami: 2023/318U-95). Natijada o‘rta maxsus ta’limida kimyoni kasbga yo‘naltirib o‘qitish bo‘yisha integrativ yondoshuv asosida ishlanmalarni yaratish imkoni kengaytirilgan;
integrativ yondashuv asosida kimyoni kasbga yo‘naltirib o‘qitish metodikasini takomillashtirish samaradorligi ma’ruza, laboratoriya mashg‘ulotlarini bajarishda ijodiy faollikni oshirish, kishik guruhlarda ishlash va motivatsiya berish hamda tabiiy-ilmiy bilimlarni o‘zlashtirishga dinamik ustuvorlik berish asosida takomillashtirishga oid takliflar Toshkent davlat pedagogika universitetida bajarilgan PZ-2017927124 raqamli “Ta’lim muassasalarida hamkorlik pedagogikasi asosida pedagogik faoliyatni rivojlantirish” nomli amaliy loyiha doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2024 yil 5 fevraldagi 02-5-son ma’lumotnomasi). Natijada kimyoni kasbga yo‘naltirib o‘qitish metodikasini takomillashtirish samaradorligi oshgan.