Umarkulov Zabur Zafarjonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Jigar parazitar va noparazitar kistalari diagnostikasi va davosida diapevtik usullarning imkoniyatlari», 14.00.27 – «Xirurgiya», 14.00.19 – «Klinik radiologiya» (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/Tib3410.
Ilmiy rahbarlar: Davlatov Salim Sulaymonovich, tibbiyot fanlari nomzodi, dotsent. Xamidov Obid Abduraxmanovich, tibbiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Samarqand davlat tibbiyot universiteti huzuridagi DSc.04/05.05.2023.Tib.102.03 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Abduraxmonov Ma’mur Mustafoevich, tibbiyot fanlari doktori, professor. Xodjibekova Yulduz Maratovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi:
Diapevtik usullarni qo‘llash asosida parazitar va noparazitar jigar kistalari bilan kasallangan bemorlarni diagnostika qilish va jarrohlik davolash natijalarini yaxshilashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
terapevtik va diagnostik tadbirlar majmuasi ishlab chiqilgan bo‘lib, turli etiologiyali jigar kistalarini jarrohlikda diapevtik usullarning o‘rni aniqlangan bo‘lib, o‘ziga xos klinik vaziyatga qarab eng oqilona taktikalar asoslangan;
punksion usul yordamida drenaj moslamasidan foydalanish orqali kista tarkibini evakuatsiya qilinishida qon ketish, safro oqishi, allergik reaksiya, qorin bo‘shlig‘iga tarqalishi, punksion teshikning germetizatsiyasi va asoratlar xavfini kamaytirishga imkon berishi isbotlangan;
jigar kistalari bilan og‘rigan bemorlarni punksion-drenaj va an’anaviy usullar (laparoskopik va laparotomik aralashuvlar) yordamida davolash natijalarini retrospektiv tahlil qilish asosida ushbu toifadagi bemorlarni olib borishning optimal algoritmi ishlab chiqilgan;
jigar kistalari bilan og‘rigan bemorlarda jarrohlik usulini tanlashga ta’sir kiluvchi omillarni baholash bo‘yicha takomillashtirilgan maxsus shkala organizmning individual xususiyatlarini va davolash natijalarini yaxshilashni hisobga olgan holda optimal jarrohlik usulini tanlashga imkon berishi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Samarqand davlat tibbiyot universiteti Ekspert kengashining 2024-yil 07-may 34-son xulosasiga ko‘ra:
ilmiy yangilikning mohiyati: terapevtik va diagnostik tadbirlar majmuasi ishlab chiqilgan bo‘lib, turli etiologiyali jigar kistalarini jarrohlikda diapevtik usullarning o‘rni aniqlangan bo‘lib, o‘ziga xos klinik vaziyatga qarab eng oqilona taktikalar taklif etilgan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: parazitar va noparazitar jigar kistalari uchun diapevtik usullarni qo‘llash uchun ko‘rsatmalar va kontrendikatsiyalar hajmi, joylashuvi va miqdoriga qarab ishlab chiqilgan, perkutan punksion kistektomiyasi kabi davolashning eng samarali usuli bo‘lgan bemorlarni tanlashni farqlash imkonini berdi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: jigar parazitar va noparazitar kistalari diagnostikasi va davosi bilan bemorlar davolash sifatini yaxshilash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash, xususan, Samarqand davlat tibbiyot universiteti ko‘p tarmoqli klinikasi 29.07.2023 y. 69-son buyrug‘i va Samarqand shahar tibbiyot birlashmasining 15.08.2023 y. 2097-7-107-TB/2023-son buyruqlari bilan 1-xirurgiya va 2-xirurgiya bo‘limlari, Samarqand viloyati Urgut TTB 02.09.2023 y. 90-son buyrug‘i, Qashqadaryo viloyati Shaxrisabz ShTB 05.10.2023 y. 38-son buyrug‘i amaliy faoliyatiga joriy qilingan (Samarqand davlat tibbiyot universiteti qoshidagi Ekspert kengashining 2023 yil 02 avgustdagi 43-son xulosasi). Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: tavsiya etilgan drenaj moslamasidan foydalanish orqali kista tarkibini evakuatsiya qilishning o‘zgartirilgan usuli qon ketish, safro oqishi, allergik reaksiya va qorin bo‘shlig‘ining ifloslanishi kabi qoniqarsiz natijalar xavfisiz punksiyon teshigini muhrlashga yordam berdi. Bizning tadqiqotimizda punksion usuli yordamida exinokokkektomiyadan so‘ng 4 bemorda (30,8%) sistobiliar oqmalar paydo bo‘ldi. Katta kalibrli kistobiliar oqmalarni yo‘q qilish imkoniyatlari yo‘qligi punksiyon usulining kamchiliklari deb hisoblanadi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: parazitar va noparazitar jigar kistalari uchun diapevtik usullarni qo‘llash natijasida operatsiyagacha bo‘lgan davrda 97,1% gacha kistoz bo‘shliqni aniq lokalizatsiyasi imkoniyati ko‘rsatib berilgan va buning natijasida taktik va texnik yo‘lni to‘g‘ri tanlash orqali davolash samaradorligini oshirishga erishilgan va 1 nafar bemor hisobida 187300 so‘m (klinika preykuranti bo‘yicha 1 kunlik tushak kuni 187300 so‘mni tashkil qiladi), byudjetdan tashqari 415 so‘m iqtisod qilingan. Xulosa: Ushbu xolatda aytib o‘tilgan diagnostika jarayonida kasallikni aniq lokalizatsiyasini aniqlash jarayoni samaradorligi oshirilishi natijasida kistalarning aniqlanishi davolash jarayonini olib borishda to‘g‘ri taktik va texnik jihatdan to‘g‘ri yo‘lni tanlash imkoniyatini beradi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: «Jigar parazitar va noparazitar kistalari diagnostikasi va davosida diapevtik usullarning imkoniyatlari» mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga SamDTU prorektori tomonidan 2024 yil 06-maydagi № 3378-sonli xati yuborilgan.
ilmiy yangilikning mohiyati: punksion usul yordamida drenaj moslamasidan foydalanish orqali kista tarkibini evakuatsiya qilinishida qon ketish, safro oqishi, allergik reaksiya, qorin bo‘shlig‘iga tarqalishi, punksion teshikning germetizatsiyasi va asoratlar xavfini kamaytirishga imkon bergan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: kista tarkibini evakuatsiya qilish usuli tavsiya etilgan drenaj moslamasi yordamida o‘zgartirildi, bu safro oqishi va qorin bo‘shlig‘ining ifloslanishi xavfisiz punksion teshigini muhrlashga yordam beradi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: jigar parazitar va noparazitar kistalari diagnostikasi va davosi bilan bemorlar davolash sifatini yaxshilash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash, xususan, Samarqand davlat tibbiyot universiteti ko‘p tarmoqli klinikasi 29.07.2023 y. 69-son buyrug‘i va Samarqand shahar tibbiyot birlashmasining 15.08.2023 y. 2097-7-107-TB/2023-son buyruqlari bilan 1-xirurgiya va 2-xirurgiya bo‘limlari, Samarqand viloyati Urgut TTB 02.09.2023 y. 90-son buyrug‘i, Qashqadaryo viloyati Shaxrisabz ShTB 05.10.2023 y. 38-son buyrug‘i amaliy faoliyatiga joriy qilingan (Samarqand davlat tibbiyot universiteti qoshidagi Ekspert kengashining 2023 yil 02 avgustdagi 43-son xulosasi). Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: jigar kistalari bilan og‘rigan bemorlarni punksion-drenaj va an’anaviy usullar (laparoskopik va laparotomiyaviy aralashuvlar) yordamida davolash natijalarini retrospektiv tahlil qilish asosida ushbu toifadagi bemorlarni boshqarishning optimal algoritmi ishlab chiqildi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: taklif etilgan punksion usuli yordamida kistektomiyani amalga oshirish texnikasi bilan foydalanilgan holda bemorlarni jarrohlik davolash taktikasida differensial yondashuv imkoniyatini yaratish hisobiga operatsiyadan keyingi davrda kasallikning qaytalanish sur’atini kamaytirish hisobiga 1 nafar bemor hisobida 780000 so‘m, umumiy xarajatlarni olgan holda birgina to‘shak kuni hisobida 936500 so‘m, dori darmon va bog‘lov materiallarga nisbatan sarf-xarajatlarni 125000 so‘mni iqtisod qilishga erishilgan. Xulosa: punksion usuli yordamida kistektomiyani amalga oshirish texnikasi bilan foydalanilgan holda bemorlarni jarrohlik davolash taktikasida jarrohlik davolashga differensial yondashuvni hisobga olish natijasida operatsiyadan keyingi kasallikning qaytalanish su’ratini kamaytirish imkonini bergan. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: «Jigar parazitar va noparazitar kistalari diagnostikasi va davosida diapevtik usullarning imkoniyatlari» mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga SamDTU prorektori tomonidan 2024 yil 06-maydagi № 3378-sonli xati yuborilgan.
ilmiy yangilikning mohiyati: jigar kistalari bilan og‘rigan bemorlarni punksion-drenaj va an’anaviy usullar (laparoskopik va laparotomik aralashuvlar) yordamida davolash natijalarini retrospektiv tahlil qilish asosida ushbu toifadagi bemorlarni olib borishning optimal algoritmi ishlab chiqilgan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: diapevtik davolash usullarini klinik amaliyotga joriy etish jigar kistalari bilan og‘rigan bemorlarni davolashning jarrohlik usullari arsenalini kengaytirdi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: jigar parazitar va noparazitar kistalari diagnostikasi va davosi bilan bemorlar davolash sifatini yaxshilash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash, xususan, Samarqand davlat tibbiyot universiteti ko‘p tarmoqli klinikasi 29.07.2023 y. 69-son buyrug‘i va Samarqand shahar tibbiyot birlashmasining 15.08.2023 y. 2097-7-107-TB/2023-son buyruqlari bilan 1-xirurgiya va 2-xirurgiya bo‘limlari, Samarqand viloyati Urgut TTB 02.09.2023 y. 90-son buyrug‘i, Qashqadaryo viloyati Shaxrisabz ShTB 05.10.2023 y. 38-son buyrug‘i amaliy faoliyatiga joriy qilingan (Samarqand davlat tibbiyot universiteti qoshidagi Ekspert kengashining 2023 yil 02 avgustdagi 43-son xulosasi). Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: perkutan punksion kistektomiyasi jigarning parazitar va noparazitar kistalarini jarrohlik yo‘li bilan davolashning zamonaviy minimal invaziv usuli bo‘lib, laparoskopik va an’anaviy usullarga nisbatan muhim ijtimoiy ahamiyatga ega va iqtisodiy samaradorlikka ega bo‘lgan katta klinik samaradorlikka ega. Aralashuvning afzalliklari bemorlarni operatsiyadan keyingi erta reabilitatsiya qilish, laparoskopik va ochiq an’anaviy operatsiyalarga xos bo‘lgan turli xil asoratlarni kamaytirish (38,5% dan 13,5% gacha) yoki oldini olish, shuningdek, kasalxonada qolishni 312,2±96,8 dan kamaytirishni o‘z ichiga oladi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: 1 nafar bemorga 1 kunda 312300 so‘m, kasalxonadan tashqari reabilitatsiyasi uchun 210000 so‘mni iqtisod qilish samaradorligini berdi. Tadqiqotning iqtisodiy samaradorligi birgina asoratlarni kamaytirish hisobiga umumiy iqtisodiy samaradorlik 522300 so‘mni tashkil qildi. Xulosa: punksion kistektomiya taktikasida jarrohlik davolashga differensial yondashuvni hisobga olish natijasida operatsiyadan keyingi kasallikning qaytalanish su’ratini kamaytirish imkonini bergan. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: «Jigar parazitar va noparazitar kistalari diagnostikasi va davosida diapevtik usullarning imkoniyatlari» mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga SamDTU prorektori tomonidan 2024 yil 06-maydagi № 3378-sonli xati yuborilgan.
ilmiy yangilikning mohiyati: jigar kistalari bilan og‘rigan bemorlarda jarrohlik usulini tanlashga ta’sir kiluvchi omillarni baholash bo‘yicha takomillashtirilgan maxsus shkala organizmning individual xususiyatlarini va davolash natijalarini yaxshilashni hisobga olgan holda optimal jarrohlik usulini tanlashga imkon bergan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: bemorlarning jismoniy, aqliy va ijtimoiy kundalik faoliyatiga ta’sir qiluvchi asosiy omillarni hisobga olgan holda, jigar kistektomiyasini o‘tkazgan bemorlarning hayot sifatini baholash uchun shkala takomillashtirildi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: jigar parazitar va noparazitar kistalari diagnostikasi va davosi bilan bemorlar davolash sifatini yaxshilash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash, xususan, Samarqand davlat tibbiyot universiteti ko‘p tarmoqli klinikasi 29.07.2023 y. 69-son buyrug‘i va Samarqand shahar tibbiyot birlashmasining 15.08.2023 y. 2097-7-107-TB/2023-son buyruqlari bilan 1-xirurgiya va 2-xirurgiya bo‘limlari, Samarqand viloyati Urgut TTB 02.09.2023 y. 90-son buyrug‘i, Qashqadaryo viloyati Shaxrisabz ShTB 05.10.2023 y. 38-son buyrug‘i amaliy faoliyatiga joriy qilingan (Samarqand davlat tibbiyot universiteti qoshidagi Ekspert kengashining 2023 yil 02 avgustdagi 43-son xulosasi). Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: jigar kistalari bo‘yicha diapevtik aralashuvlarning uzoq muddatli natijalarini tahlil qilish usulning radikalligini ko‘rsatdi, noparazitar jigar kistalari bo‘lgan bemorlarda ko‘proq afzalroq bo‘lishi mumkin va tanlov operatsiyasi bo‘lishi mumkin, bu esa bemorlarning hayot sifatini yaxshilaydi. va 95,5% gacha yaxshi natijalar, laparoskopik va an’anaviy ochiq aralashuvlardan so‘ng bu ko‘rsatkich 81,4% ni tashkil etdi. Umuman olganda, birgalikda olingan barcha natijalar uchun asosiy guruhda sezilarli darajada yaxshiroq qiymatga erishildi (guruhlar mezoni χ2 = 43.087; Df=3; p<0,001). Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: 1 nafar bemorning shifoxonadagi davri uchun iqtisodiy ko‘rsatkichlar: bemorning shifoxonada qolish muddatini 9-10 kundan 5 kunga qisqartirib, shifoxonada qolish to‘lov miqdorini 1 nafar bemor hisobida to‘shak kuni hisobida 936500 so‘mga kamaytirdi (preyskurantga ko‘ra shifoxonada 1 kun qolish 187300 so‘mdan 228800 so‘mni tashkil qiladi); 1 kunga o‘rtacha 140000 so‘m dori vositalarini iqtisod qilishga erishildi). Yuqoridagilarga ko‘ra jami yillik iqtisodiy samaradorlik 1 ta bemor xisobidan 1 kunga 327000 so‘mni, asosiy guruh bemorlar hisobida esa 21929100 so‘mni tashkil etadi. Xulosa: tadqiqot natijalari asosida asosiy xulosalar va tavsiyalar turli darajadagi tibbiyot muassasalarida Jigar parazitar va noparazitar kistalarni diagnostika qilish, davolashda qo‘llanilishi, optimal jarrohlik usulini tanlash uchun tavsiya etilgan dastur, algoritmdan iborat taktikalar operatsiya natijalarini yaxshilash, operatsiyadan keyingi reabilitatsiya davrini va uzoq muddatda kasallikning qaytalanish xavfini kamaytirishga imkon beradi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanilishi: «Jigar parazitar va noparazitar kistalari diagnostikasi va davosida diapevtik usullarning imkoniyatlari» mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga SamDTU prorektori tomonidan 2024 yil 06-maydagi № 3378-sonli xati yuborilgan.