Nurmurzaev Zafar Narbay o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘t-tosh kasalligining asoratlangan shakllarini davolashda diapevtik usullar va rentgen jarrohligining roli», 14.00.27 – «Xirurgiya», 14.00.19 – «Klinik radiologiya» (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/Tib3406.
Ilmiy rahbarlar: Kurbaniyazov Zafarjon Babajanovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Xamidov Obid Abduraxmanovich, tibbiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Samarqand davlat tibbiyot universiteti huzuridagi DSc.04/05.05.2023.Tib.102.03 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Xamdamov Baxtiyor Zarifovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Xodjibekova Yulduz Maratovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi:
Diapevtik va rentgen-endoskopik usullardan foydalangan holda o‘t yo‘llariga aralashuv taktikasini ishlab chiqish va amalga oshirish orqali o‘t tosh kasalligining asoratlangan shakllari bilan og‘rigan bemorlarni davolash natijalarini yaxshilashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘tkir destruktiv xolesistit va og‘ir darajali yiringli xolangit Tokio tasnifi (TG 18) bo‘yicha og‘rigan bemorlarda bir vaqtning o‘zida shoshilinch radikal operatsiyalarni bajarishda xolelitiazning asoratlangan shakllari bilan og‘rigan bemorlarda salbiy davolash natijalarining prognostik omillari aniqlangan;
davolash bosqichlarida sonodiapevtik usullardan foydalangan holda ul`tratovush nazorati ostida teri va jigar orqali mikroxolesistostomiya hamda biloma punksiyasi - o‘tkir xolesistitning destruktiv shakllarini davolashning taktik va texnik tamoyillari ishlab chiqilgan;
kasallikning klinik belgilariga va giperbilirubinemiya darajasiga qarab, 100 mkmol/l dan ortiq yiringli xolangit va giperbilirubinemiya holatida, xoledoxolitiazni davolash taktikasini belgilovchi rentgen-endoskopik jarrohlikning (endoskopik papillosfinkterotomiya) asosiy tamoyillari aniqlangan;
O‘TK ning asoratlangan shakllarini davolashda sonodiapevtik usullar va rentgen-jarrohlik usullaridan, davolashning keyingi bosqichlarida laparoskopiyadan foydalanish infeksion jarayon, biliar va abdominal sepsis rivojlanishining oldini olishga, biliar va septik asoratlarni 17,5% dan 7,3% ga kamaytirishga va o‘limni 5,1% dan 2,4% gacha kamaytirishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Samarqand davlat tibbiyot universiteti Ekspert kengashining 2024-yil 07-may 35-son xulosasiga ko‘ra:
ilmiy yangilikning mohiyati: o‘tkir destruktiv xolesistit va og‘ir darajali yiringli xolangit Tokio tasnifi (TG 18) bo‘yicha og‘rigan bemorlarda bir vaqtning o‘zida shoshilinch radikal operatsiyalarni bajarishda xolelitiazning asoratlangan shakllari bilan og‘rigan bemorlarda salbiy davolash natijalarining prognostik omillari aniqlangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: O‘TK ning asoratlangan shakllari bilan og‘rigan bemorlarni davolashning salbiy natijalarining prognostik omillari bo‘lib, o‘t tosh kasalligi asoratlarini bir vaqtning o‘zida radikal hal qilish bilan birga shoshilinch ravishda o‘tkaziladigan operatsiyalar hisoblangan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: o‘t tosh kasalligining asoratlanganligi bilan bemorlar davolash sifatini yaxshilash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash, xususan, Samarqand davlat tibbiyot universiteti ko‘p tarmoqli klinikasi 29.07.2023 y. 70-son buyrug‘i va Samarqand shahar tibbiyot birlashmasining 15.08.2023 y. 2098-7-107-TB/2023-son buyruqlari bilan 1-xirurgiya va 2-xirurgiya bo‘limlari, Samarqand viloyati Urgut TTB 02.09.2023 y. 91-son buyrug‘i, Qashqadaryo viloyati Shaxrisabz ShTB 05.10.2023 y. 39-son buyrug‘i amaliy faoliyatiga joriy qilingan (Samarqand davlat tibbiyot universiteti qoshidagi Ekspert kengashining 2023 yil 02 avgustdagi 44-son xulosasi). Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: o‘t-tosh kasalligining asoratlangan shakllari bo‘lgan bemorlarni davolashda prognostik jihatdan noqulay omillar Tokio tasnifiga (TG18) muvofiq o‘tkir destruktiv xolesistit va yiringli xolangit bilan og‘rigan bemorlarda shoshilinch bir bosqichli radikal operatsiyalarni amalga oshirish o‘z samaradorligini isbotladi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: o‘t-tosh kasalligining asoratlangan shakllari bilan bemorlarning stasionar sharoitda davolash odatda umumiy o‘rtacha 4893350 so‘m (Samarqand Davlat tibbiyot universiteti ko‘p tarmoqli klinikasi preyskurantiga ko‘ra). Bemorlarning barcha laborator-instrumental tekshirishlariga jami 755400 so‘m sarflanadi. Agarda bemorlarda to‘liq diapevtik usullar va rentgen jarrohlik bilan operativ davoni hisobga olsak, yillik iqtisodiy ko‘rsatkich 1510800 so‘mni tashkil etadi (bir nafar bemor uchun). Xulosa: O‘t-tosh kasalligining asoratlangan shakllari bilan kasallangan bemorlarga tavsiya qilingan kompleks davo usulini qo‘llanilishi 1 yilda 1510800 so‘mni iqtisod qilish imkonini beradi, shundan 453240 so‘m byudjet mablag‘lari, 1057560 so‘m byudjetdan tashqari mablag‘lar. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: «O‘t-tosh kasalligining asoratlangan shakllarini davolashda diapevtik usullar va rentgen jarrohligining roli» mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga SamDTU prorektori tomonidan 2024 yil 06-maydagi № 3379-sonli xati yuborilgan.
ilmiy yangilikning mohiyati: davolash bosqichlarida sonodiapevtik usullardan foydalangan holda ul`tratovush nazorati ostida teri va jigar orqali mikroxolesistostomiya hamda biloma punksiyasi - o‘tkir xolesistitning destruktiv shakllarini davolashning taktik va texnik tamoyillari ishlab chiqilgan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: teri jigar orqali mikroxolesistotomiya orqali dekompressiyaning sonodiapevtik usulidan foydalanish asoratlangan o‘tkir xolesistitni davolashning samarali va xavfsiz usuli hisoblangan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: o‘t tosh kasalligining asoratlanganligi bilan bemorlar davolash sifatini yaxshilash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash, xususan, Samarqand davlat tibbiyot universiteti ko‘p tarmoqli klinikasi 29.07.2023 y. 70-son buyrug‘i va Samarqand shahar tibbiyot birlashmasining 15.08.2023 y. 2098-7-107-TB/2023-son buyruqlari bilan 1-xirurgiya va 2-xirurgiya bo‘limlari, Samarqand viloyati Urgut TTB 02.09.2023 y. 91-son buyrug‘i, Qashqadaryo viloyati Shaxrisabz ShTB 05.10.2023 y. 39-son buyrug‘i amaliy faoliyatiga joriy qilingan (Samarqand davlat tibbiyot universiteti qoshidagi Ekspert kengashining 2023 yil 02 avgustdagi 44-son xulosasi). Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: o‘t pufagini dekompressiyalashning sonodiapevtik usullari o‘tkir xolesistitning asoratlarini davolash samarali shoshilinch usul bo‘lib, yiringli intoksikatsiyani to‘xtatishga imkon beradi va davolashning keyingi bosqichida laparoskopik usulda xolesistektomiyani 29,6% va mini-kirishdan 53,7% amalga oshiradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: o‘t-tosh kasalligining asoratlangan shakllari bilan bemorlarning stasionar sharoitda davolash odatda sonodiapevtik usul umumiy o‘rtacha 1180400 so‘m sarflanadi (Samarqand Davlat tibbiyot universiteti ko‘p tarmoqli klinikasi preyskurantiga ko‘ra). Bemorlarga yuqoridagi tavsiya qilingan kompleks davo natijasida ijobiy natijalar 4 barobar ko‘p holatda kuzatilganligini hisobga olsak, yillik iqtisodiy ko‘rsatkich 4721600 so‘mni tashkil etadi. Xulosa: O‘t-tosh kasalligining asoratlangan shakllari bilan kasallangan bemorlarga tavsiya qilingan sonodiapevtik usulini qo‘llanilishi 1 yilda 4721600so‘mni iqtisod qilish imkonini beradi, shundan 1416480 so‘m byudjet mablag‘lari, 3305120 so‘m byudjetdan tashqari mablag‘lar. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: «O‘t-tosh kasalligining asoratlangan shakllarini davolashda diapevtik usullar va rentgen jarrohligining roli» mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga SamDTU prorektori tomonidan 2024 yil 06-maydagi № 3379-sonli xati yuborilgan.
ilmiy yangilikning mohiyati: kasallikning klinik belgilariga va giperbilirubinemiya darajasiga qarab, 100 mkmol/l dan ortiq yiringli xolangit va giperbilirubinemiya holatida, xoledoxolitiazni davolash taktikasini belgilovchi rentgen-endoskopik jarrohlikning (endoskopik papillosfinkterotomiya) asosiy tamoyillari yoritilgan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: xoledoxolitiazni davolash uchun faol va kutish taktikasiga ko‘rsatmalar rentgen-endoskopik aralashuv doirasini aniqlash bilan taqdim etildi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: o‘t tosh kasalligining asoratlanganligi bilan bemorlar davolash sifatini yaxshilash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash, xususan, Samarqand davlat tibbiyot universiteti ko‘p tarmoqli klinikasi 29.07.2023 y. 70-son buyrug‘i va Samarqand shahar tibbiyot birlashmasining 15.08.2023 y. 2098-7-107-TB/2023-son buyruqlari bilan 1-xirurgiya va 2-xirurgiya bo‘limlari, Samarqand viloyati Urgut TTB 02.09.2023 y. 91-son buyrug‘i, Qashqadaryo viloyati Shaxrisabz ShTB 05.10.2023 y. 39-son buyrug‘i amaliy faoliyatiga joriy qilingan (Samarqand davlat tibbiyot universiteti qoshidagi Ekspert kengashining 2023 yil 02 avgustdagi 44-son xulosasi). Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: 100 mkmol/l dan ortiq yiringli xolangit va giperbilirubinemiya klinikasida majburiy nazobiliar drenaj bilan EPST hajmida rentgen-endoskopik aralashuvlar o‘tkazilishi kerak. Shu bilan birga EPST, bemorlarning 16,1 foizida davolashning yakuniy usuli bo‘lib chiqdi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: o‘t tosh kasalligining asoratlanganligi bilan bemorlarda taklif etilgan rentgen-endoskopik jarrohlik bilan odatda umumiy o‘rtacha 1180400 so‘m sarflanadi (Samarqand Davlat tibbiyot universiteti ko‘p tarmoqli klinikasi preyskurantiga ko‘ra). Bemorlarga yuqoridagi tavsiya qilingan rentgen-endoskopik jarrohlikni hisobga olsak, yillik iqtisodiy ko‘rsatkich 5311800 so‘mni tashkil etadi. Xulosa: o‘t tosh kasalligining asoratlanganligi bilan bemorlarda tavsiya qilingan rentgen-endoskopik usulini qo‘llanilishi 1 yilda 5311800 so‘mni iqtisod qilish imkonini beradi, shundan 1593540 so‘m byudjet mablag‘lari, 3718260 so‘m byudjetdan tashqari mablag‘lar. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: «O‘t-tosh kasalligining asoratlangan shakllarini davolashda diapevtik usullar va rentgen jarrohligining roli» mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga SamDTU prorektori tomonidan 2024 yil 06-maydagi № 3379-sonli xati yuborilgan.
ilmiy yangilikning mohiyati: O‘TK ning asoratlangan shakllarini davolashda sonodiapevtik usullar va rentgen-jarrohlik usullaridan, davolashning keyingi bosqichlarida laparoskopiyadan foydalanish infeksion jarayon, biliar va abdominal sepsis rivojlanishining oldini olishga, biliar va septik asoratlarni 17,5% dan 7,3% ga kamaytirishga va o‘limni 5,1% dan 2,4% gacha kamaytirishga imkon bergan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: O‘TK ning asoratlangan shakllari bilan og‘rigan bemorlarni yuqori texnologiyali miniinvaziv texnologiyalarni ustuvor qo‘llash orqali bosqichma-bosqich jarrohlik davolashning ishlab chiqilgan taktik va texnik jihatlari davolash natijalarini yaxshilash imkonini bergan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: o‘t tosh kasalligining asoratlanganligi bilan bemorlar davolash sifatini yaxshilash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash, xususan, Samarqand davlat tibbiyot universiteti ko‘p tarmoqli klinikasi 29.07.2023 y. 70-son buyrug‘i va Samarqand shahar tibbiyot birlashmasining 15.08.2023 y. 2098-7-107-TB/2023-son buyruqlari bilan 1-xirurgiya va 2-xirurgiya bo‘limlari, Samarqand viloyati Urgut TTB 02.09.2023 y. 91-son buyrug‘i, Qashqadaryo viloyati Shaxrisabz ShTB 05.10.2023 y. 39-son buyrug‘i amaliy faoliyatiga joriy qilingan (Samarqand davlat tibbiyot universiteti qoshidagi Ekspert kengashining 2023 yil 02 avgustdagi 44-son xulosasi). Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: O‘t-tosh kasalligining asoratlangan shakllari bo‘lgan bemorlarni bosqichma-bosqich davolashda miniinvaziv dekompressiya aralashuvlaridan ustuvor foydalanish (44,5% da amalga oshirildi) infeksion jarayonni erta yengillashtirishga, biliar va abdominal sepsis rivojlanishining oldini olishga va o‘limni 5,1% dan 2,4% gacha kamaytirishga, biliar va septik asoratlarni 17,5% dan 7,3% ga kamaytirishga imkon berdi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: o‘t tosh kasalligining asoratlanganligi bilan bemorlarni stasionar sharoitda davolash odatda umumiy o‘rtacha 4893350 so‘m (Samarqand Davlat tibbiyot universiteti ko‘p tarmoqli klinikasi preyskurantiga ko‘ra) sarflanadi. Bu summaning ichida operativ davo va 2 kun reanimatsiya bo‘limidagi o‘rin-kunlar 1829900 (431300 + 1398600) so‘mni tashkil qiladi. Bemorlarga yuqoridagi tavsiya qilingan kompleks davo natijasida laparoskopik jarrohlik amaliyotini hisobga olsak, yillik iqtisodiy ko‘rsatkich 3659800 so‘mni (2 ta bemorga) tashkil etadi. Xulosa: o‘t tosh kasalligining asoratlanganligi bilan bemorlarda tavsiya qilingan kompleks davo usulini qo‘llanilishi 1 yilda 3659800 so‘mni iqtisod qilish imkonini beradi, shundan 1097940 so‘m byudjet mablag‘lari, 2561860 so‘m byudjetdan tashqari mablag‘lar. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanilishi: «O‘t-tosh kasalligining asoratlangan shakllarini davolashda diapevtik usullar va rentgen jarrohligining roli» mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga SamDTU prorektori tomonidan 2024 yil 06-maydagi № 3379-sonli xati yuborilgan.