Doshniyazov Jarilkasin Karlibaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Qoraqalpoq xalq pedagogikasida yoshlarni mehnatsevarlik ruhida  tarbiyalash an’analari”, 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari)
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/Ped2067.
Ilmiy rahbar:  Aleuov Userbay , pedagogika fanlari doktori, professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qoraqalpoq davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Nukus davlat pedagogika instituti, DSc.03/30.12.2019.Ped.34.01.
Rasmiy opponentlar: Pazilova Meruert Ermekbaevna, pedagogika fanlari doktori; Pirniyazov Iskender Kudiyarovich, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Urganch davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqot maqsadi qoraqalpoq xalq pedagogikasida yoshlarni mehnatsevarlik ruhida tarbiyalash an’analarini tadqiq etish orqali pedagogik jarayonlarga tatbiq etishga doir taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
qoraqalpoq xalq pedagogikasida yoshlarni mehnatsevarlik ruhida tarbiyalash an’analarining zaruriyati xalq ijodkorligining atrubuti sifatida mehnat ko‘nikmalarining “vaqt va kuch” talab qilishi qonuniyati asosida vorislik mexanizmiga ustuvorlik berish asosida aniqlashtirilgan;
qoraqalpoq xalq pedagogikasida yoshlarni mehnatsevarlik ruhida tarbiyalash an’analari asosida yoshlarni mehnatsevarlikka tarbiyalash imkoniyatlari (afsonalar, dostonlar, maqollar, asotirlar, qo‘shiqlar, topishmoqlar, ertaklar, xalq o‘yinlari) mehnatsevarlikka tarbiyalash tamoyillari asosida har bir xalqning etnopedagogikasining mazmuniga ustuvorlik berish orqali aniqlashtirilgan;
qoraqalpoq xalq pedagogikasida olg‘a surilgan yoshlarni mehnatsevarlik ruhida tarbiyalash g‘oyalaridan texnologiya fanini zamonaviy ta’lim-tarbiya jarayonlarida foydalanishga doir taklif va tavsiyalar asosida yoshlarda mehnatga bo‘lgan kasbiy motivatsiyasi, kasbiy mehnat kompetensiyasi, amaliy kasbiy mehnat ko‘nikmalarini rivojlantirishning konseptual-mazmunli modeli takomillashtirilgan.
qoraqalpoq xalq pedagogikasida yoshlarni mehnatsevarlik ruhida tarbiyalash an’analaridagi ehtiyojiy-motivatsion, kognitiv, amaliy-faoliyatli, reflersiv kabi mezonlari shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim-tarbiya jarayonida mehnat faoliyati madaniyatini rivojlantirish bilan bevosita bog‘liq holda mehnat tarbiyasini tashkil etishning pedagogik shart-sharoitlari va shakllariga ustuvorlik berish orqali takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Qoraqalpoq xalq pedagogikasida yoshlarni mehnatsevarlik ruhida tarbiyalash an’analarining pedagogik jarayoni yuzasidan olingan tadqiqot natijalari asosida:
qoraqalpoq xalq pedagogikasida yoshlarni mehnatsevarlik ruhida tarbiyalash an’analarining zaruriyatini xalq ijodkorligining atrubuti sifatida mehnat ko‘nikmalarining “vaqt va kuch” talab qilishi qonuniyati asosida vorislik mexanizmiga ustuvorlik berish asosida aniqlashtirilishga doir taklif va tavsiyalaridan FA-F1-005-raqamli - “Qoraqalpoq fol’klorshunosligi va adabiyotshunosligini tadqiq etish” (2017-2020-yy.) mavzusidagi fundamental loyihasini bajarishda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2024-yil 1-apreldagi 11-05-1472/04-son dalolatnomasi). Natijada, qoraqalpoq xalq pedagogikasi vositasida yoshlarni mehnatsevarlik ruhida tarbiyalash samaradorligini oshirishga erishilgan;
qoraqalpoq xalq pedagogikasida yoshlarni mehnatsevarlik ruhida tarbiyalash an’analari asosida yoshlarni mehnatsevarlikka tarbiyalash imkoniyatlarini mehnatsevarlikka tarbiyalash tamoyillari asosida har bir xalqning etnopedagogikasining mazmuniga ustuvorlik berish orqali aniqlashtirish hamda qoraqalpoq xalq pedagogikasida olg‘a surilgan yoshlarni mehnatsevarlik ruhida tarbiyalash g‘oyalaridan texnologiya fanini zamonaviy ta’lim-tarbiya jarayonlarida foydalanishga doir taklif va tavsiyalar asosida yoshlarda mehnatga bo‘lgan kasbiy motivatsiyasi, kasbiy mehnat kompetensiyasi, amaliy kasbiy mehnat ko‘nikmalarini rivojlantirishning konseptual-mazmunli modelini takomillashtirishga doir taklif va tavsiyalar I1-XT-0-17222 - “Qoraqalpoq milliy mentalitetini o‘quvchi yoshlarga singdirishda xalq pedagogikasi imkoniyatlaridan foydalanish” mavzusidagi fundamental loyihasini bajarishda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2024-yil 1-apreldagi 11-05-1472/04-son dalolatnomasi). Natijada yoshlarni darsdan tashqari mashg‘ulotlar jarayonida mehnatsevarlikga tarbiyalash shakllari, metodlari va vositalaridan foydalanish darajasi oshirilgan;
qoraqalpoq xalq pedagogikasida yoshlarni mehnatsevarlik ruhida tarbiyalash an’analaridagi ehtiyojiy-motivatsion, kognitiv, amaliy-faoliyatli, reflersiv kabi mezonlarini shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim-tarbiya jarayonida mehnat faoliyati madaniyatini rivojlantirish bilan bevosita bog‘liq holda  mehnat tarbiyasini tashkil etishning pedagogik shart-sharoitlari va shakllariga ustuvorlik berish orqali takomillashtirishga doir taklif va tavsiyalaridan “Adabiyot” fanining ta’lim standartlarini ishlab chiqishda foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi Respublika ta’lim markazining 2023-yil 14-avgustdagi 86-son ma’lumotnomasi) Natijada umumiy o‘rta ta’lim maktablari uchun “Adabiyot” fani bo‘yicha kompetensiyalar tizimi takomillashtirishga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish