Ametov Ruslanbek Aybekovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtissoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Oliy ta’lim tizimida yarimo‘tkazgichlar fizikasini o‘qitishni takomillashtirish”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (fizika) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/Ped2225.
Ilmiy rahbar: Karlibaeva Guljaxan Ermekbaevna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Nukus davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Nukus davlat pedagogika instituti, DSc.03/30.12.2019.Ped.34.01.
Rasmiy opponentlar: Mirzaahmad Kurbanov, pedagogika fanlari doktori, akademik; Jo‘raev Husniddin Oltinbaevich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi oliy ta’lim tizimida yarimo‘tkazgichlar fizikasini o‘qitishni takomillashtirishga oid taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
oliy ta’lim tizimida yarimo‘tkazgichlar fizikasi bo‘yicha mashg‘ulotlarning sifatini oshirish imkoniyatlari tanlangan materiallarga qo‘yiladigan didaktik talablar asosida texnologik yondashuvning xususiy-metodik darajasining jadal ta’sir ko‘rsatish mantiqiga ustuvorlik berish orqali takomillashtirilgan;
yarimo‘tkazgichlar fizikasiga doir mavzularni o‘qitishning o‘quv-metodik ta’minoti multisim va Electronics Workbench elektron pedagogik dasturiy vositalar bilan virtual-simulyatorli dasturiy ishlanmalarning uyg‘unligini xususiy-metodik adaptivligini ta’minlash asosida semantik-tuzilmaviy jihatiga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan;
oliy ta’lim tizimida yarimo‘tkazgichlar fizikasini elektron dasturiy vositalar asosida o‘qitishning nazariy konseptual modeli elektron pedagogik dasturiy vositalar va virtual-simulyatorli dasturiy ishlanmalarni ma’ruza, amaliy va mustaqil ta’lim mashg‘ulotlarida qo‘llashga doir talabalar faoliyati bilan pedagoglar faoliyatining hamkorligini tashkil etish asosida takomillashtirilgan.
yarimo‘tkazgichlar fizikasini o‘qitish metodikasi yarimo‘tkazgich elementlar, materiallar, asboblarning tuzilishi va ishlash prinsiplarini aniqlashga doir kimyoviy elementlarning davriy sistemasi bilan uyg‘unligini ta’minlash asosida yangilangan o‘quv materiallarini muammoli, loyihali va sxematik tasvirli modellar orqali o‘qitish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Oliy ta’lim tizimida yarimo‘tkazgichlar fizikasini o‘qitishni takomillashtirish bo‘yicha ilmiy-tadqiqot natijalari asosida:
oliy ta’lim tizimida yarimo‘tkazgichlar fizikasi bo‘yicha mashg‘ulotlarning sifatini oshirish imkoniyatlarini tanlangan materiallarga qo‘yiladigan didaktik talablar asosida texnologik yondashuvning xususiy-metodik darajasining jadal ta’sir ko‘rsatish mantiqiga ustuvorlik berish orqali takomillashtirilganshga doir taklif va tavsiyalardan Erasmus+ dasturi doirasida bajarilgan “SPACECOM: Kosmik tizimlar va aloqa muhandisligi bo‘yicha yangi o‘quv dasturi (New study progam in space systems and communications engineering)” (2019-2022 yy.) mavzusidagi amaliy loyihasini bajarishda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2023-yil 4-sentyabrdagi 02-07-3313/04-son ma’lumotnomasi). Natijada bo‘lajak fizika o‘qituvchilarida loyihalash kompetensiyasini rivojlantirishga yo‘naltirilgan mustaqil ta’limni tashkil etishning shakl, metod va vositalarini takomillashtirishga erishilgan;
yarimo‘tkazgichlar fizikasiga doir mavzularni o‘qitishning o‘quv-metodik ta’minotini multisim va Electronics Workbench elektron pedagogik dasturiy vositalar bilan virtual-simulyatorli dasturiy ishlanmalarning uyg‘unligini xususiy-metodik adaptivligini ta’minlash asosida semantik-tuzilmaviy jihatiga ustuvorlik berish asosida takomillashtirish hamda yarimo‘tkazgichlar fizikasini o‘qitishning nazariy konseptual modelini elektron pedagogik dasturiy vositalar va virtual-simulyatorli dasturiy ishlanmalarni ma’ruza, amaliy va mustaqil ta’lim mashg‘ulotlarida qo‘llashga doir talabalar bilan pedagoglarning hamkorlik faoliyatini tashkil etish asosida takomillashtirishga doir taklif va tavsiyalardan 60110700 – Fizika va astronomiya bakalavr ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun “Yarımótkizgishler fizikasınan máseleler toplamı hám laboratoriya jumısları” nomli o‘quv qo‘llanmasini yaratishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 27-martdagi 68-son buyrug‘i, 68-457 raqamli guvohnoma). Natijada bo‘lajak fizika o‘qituvchilarida chizma-tasviriy modellarni yaratish va ularni o‘quv jarayonida qo‘llay bilish malakasini rivojlantirishga erishilgan;
yarimo‘tkazgichlar fizikasini o‘qitish metodikasini yarimo‘tkazgich elementlar, materiallar, asboblarning tuzilishi va ishlash prinsiplarini aniqlashga doir kimyoviy elementlarning davriy sistemasi bilan uyg‘unligini ta’minlash asosida yangilangan o‘quv materiallarini muammoli, loyihali va sxematik tasvirli modellar orqali o‘qitish asosida takomillashtirishga doir taklif va tavsiyalardan YoA5-XT-1-31884-son “Innovatsion texnologiyalar sharoitida fizika o‘qituvchisini metodik tayyorgarligini shakllantirish usullari” (2014-2015 yy.) mavzusidagi loyihani bajarishda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2023-yil 4-sentyabrdagi 02-07-3313/04-son ma’lumotnomasi). Natijada bo‘lajak fizika o‘qituvchilarining loyihalash kompetensiyasini rivojlantirish imkoni kengaytirilgan.