Haydarova Buzulayho Axmedovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): “Shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim orqali Hamshiralik ishi fanini o‘qitishning metodik ta’minotini takomillashtirish”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/Ped4203.
Ilmiy rahbar: Komilov Nodirbek Bokijonovich, pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti.
Ilmiy kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi: Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti, PhD.04/30.09.2020.Tib.122.01 raqamli ilmiy kengash asosida bir martalik ilmiy kengash.  
Rasmiy opponentlar: Egamberdieva Turg‘unoy Axmadjonovna, pedagogika fanlari doktori, professor; Muxamedxanova Shaxnoza Turgudovna, tibbiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim orqali Hamshiralik ishi fanini o‘qitishning metodik ta’minotini takomillashtirish bo‘yicha uslubiy va amaliy takliflarni ishlab chiqishdan iborat.
 III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
hamshiralik ishi fanini o‘qitishda simulyatorlardan foydalanishning qadamma – qadam boshqichlari kasbiy bilimlarini rivojlantirishning amaliy integrativligini optimallashtirishga qaratilgan nazariya va amaliyot uyg‘unligini ta’minlash hamda refleksiv amaliyotlarini ijodiy faoliyatini bosqichma-bosqich individuallashtirish jarayonlari asosida aniqlashtirilgan;
hamshiralik jarayoniga oid mustaqil ijodiy ishlarining shakllari, motivlari, faoliyatga doir tashkiliy – pedagogik strategik maqsadlariga muvofiq ijodiy, innovatsion-refleksiv ko‘nikmalarini shakllantirishning dinamik ketma-ketligi simulyatorlarning integratsiyasiga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan;
hamshiralik ishi fanini o‘qitish jarayonida shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim texnologiyasi  hamda zamonaviy usullarlarini qo‘llashning nazariy-amaliy asoslari metodik-loyihaviy va refleksiv-didaktik jarayonlarini tizimli ravishda  hamshiralik faoliyatiga implementasiya qilish hamda ijodiy faoliyatni autentik xususiyatlariga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan;
     talabalarning o‘quv-bilish kompetensiyalarini shakllantirish maqsadida  talabalarning o‘quv - bilish ko‘nikmalarini shakllantirish samaradorligini aniqlash mezonlari o‘quv jarayoni subektlarining hamkorlikdagi  faoliyat natijadorligi va davomiyligini ta’minlashga qaratilgan didaktik vazifalarni samarali bajarilish hamda o‘qitish vositalaridan ratsional foydalanish imkoniyatlarini integratsiyalash asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim orqali Hamshiralik ishi fanini o‘qitishnining metodik ta’minotini takomillashtirish texnologiyasiga doir tadqiqot natijalari asosida:
hamshiralik ishi fanini o‘qitishda simulyatorlardan foydalanishning qadamma – qadam boshqichlari orqali kasbiy bilimlarini rivojlantirishning amaliy integrativligini optimallashtirishga qaratilgan nazariya va amaliyot uyg‘unligini ta’minlash hamda refleksiv amaliyotlarini ijodiy faoliyatini bosqichma-bosqich individuallashtirish jarayonlari “Hamshiralik ishi texnikasi” fani mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy  va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 19-iyuldagi 233-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan nashr guvohnomasi). Natijada talabalar kasbiy bilimlarini rivojlantirishning mazmuni va nazariy asoslari refleksiv amaliyotlarining ijodiy faoliyatini bosqichma-bosqich individuallashtirish jarayonlari asosida aniqlashtirishga yordam bergan;
hamshiralik jarayoniga oid mustaqil ijodiy ishlarining shakllari, motivlari, faoliyatga doir tashkiliy – pedagogik strategik maqsadlariga muvofiq ijodiy, innovatsion-refleksiv ko‘nikmalarini shakllantirishning dinamik ketma-ketligi simulyatorlarning integratsiyasiga doir takliflari “Hamshiralik ishi fanini o‘qitishda ta’lim texnologiyasi” nomli o‘quv qo‘llanmasi mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2024-yil 7- maydagi 149-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan nashr guvohnomasi). Natijada talabalarga Hamshiralik ishi fanini o‘qitishda simulyatorlar integratsiyasiga ustuvorlik berish imkonini bergan;
hamshiralik ishi fanini o‘qitish jarayonida shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim texnologiyasi  hamda zamonaviy usullarlarini qo‘llashning nazariy-amaliy asoslari metodik-loyihaviy va refleksiv-didaktik jarayonlarini tizimli ravishda  hamshiralik faoliyatiga implementasiya qilish hamda ijodiy faoliyatni autentik xususiyatlariga doir takliflari O‘zbekiston Resublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tibbiy ta’limni rivojlantirish markazi faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Resublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tibbiy ta’limni rivojlantirish markazining 2023-yil 31-iyuldagi 233-sonli PM-45-sonli ma’lumotnomasi). Natijada tibbiyot oliy ta’lim muassasalarida talabalar hamda professor – o‘qituvchilar uchun hamshiralik ishi fani o‘quv – metodik ta’minotini ta’minlashga xizmat qilgan hamda ularning kasbiy kompetentlik darajasini oshirishga yordam bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish