Xomidova Nigora Urinovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
 “O‘zbek xalq o‘yinlari nomlarining onomasiologik xususiyatlari”,10.00.01 – O‘zbek tili (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/Fil1730.
Ilmiy rahbar: Enazarov Tolib Jumanazarovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.02.03
Rasmiy opponentlar: Abdiev Murodqosim Bolbekovich, filologiya fanlari doktori, professor; Nafasova Vazira To‘raevna, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi o‘zbek xalq o‘yinlari nomlarining nominatsion-motivatsion va lug‘aviy asosi hamda ularning intralingvistik va ekstralingvistik onomastik tasnif qilish usullarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
milliy xalq o‘yinlari nomlari lug‘aviy asosi va gender xususiyatiga ko‘ra ayollar o‘yinlari va erkaklar o‘yinlari kabi mikroguruhlarga bo‘linib, ularning leksik-semantik jihatdan pozitivlik, nisbiylik, negativlik va transpozision tamoyillari ochib berilgan;
o‘zbek xalqining milliy an’ana va qadriyatlarini aks ettiruvchi Ko‘pkari, Oshiq, Echki o‘yini kabilarining onomastik o‘zak kabi asos, onomastik qo‘shimcha kabi formant, onomastik aniqlovchi va aniqlanmish kabi indikatorlari mavjudligi asoslangan;
milliy xalq o‘yinlari nomlaridan Chillak, Chavgon, Burdam – sodda, Qadamatayoq, Qorbo‘ron, Qorxat  – qo‘shma, Xo‘roz urishtirish, Arqon tortish, Qushim boshi – birikmali, Eshak mindi, Quloq cho‘zdi, Ko‘rpa yopdi – gap strukturasida qoliplanishi dalillangan;  
xalq o‘yini nomlaridan Yoyandozlik, Qilichbozlik, Qo‘riqchi leksemalari affiksatsiya, Sopoltosh, Bolaboqar, Sho‘rterak singari kompozisiya, Kurash, Quvlashmachoq, Arg‘imchoq kabilarning ma’noviy semantik usulda yasalganligi  aniqlanib, ularning yuzaga kelishidagi assotsiatsiyaviylik, ekspressivlik, kommunikativlik, estetiklik kabilarning lingvistik va ekstralingvistik xususiyatlari ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbek xalq o‘yinlari nomlarining onomasiologik xususiatlari tadqiqi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
milliy xalq o‘yinlari nomlari lug‘aviy asosi va gender xususiyatiga ko‘ra ayollar o‘yinlari va erkaklar o‘yinlari kabi mikroguruhlarga bo‘linib, ularning leksik-semantik jihatdan pozitivlik, nisbiylik, negativlik va transpozision tamoyillari asosidagi fikr-mulohazalardan 2012-2016-yillarda bajarilgan FA-F1-GOO3-raqamli “Hozirgi qoraqalpoq tilida funksional so‘z yasalishi”  mavzusidagi fundamental loyihada foydalanilgan (O‘zRFA QQBning 2023-yil 6-apreldagi 18.01/59-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘zbek milliy o‘yinlari nomlari hosil bo‘lishida  kompozisiya va semantik usulda yasalish unumdor ekanligi ko‘rsatib berilgan;
o‘zbek xalqining milliy an’ana va qadriyatlarini aks ettiruvchi Ko‘pkari, Oshiq, Echki o‘yini kabilarining onomastik o‘zak kabi asos, onomastik qo‘shimcha kabi formant, onomastik aniqlovchi va aniqlanmish kabi indikatorlari mavjudligi asoslanganligidan 2012-2016-yillarda bajarilgan FA-A1-G007 raqamli “Qoraqalpoq naql-maqollari lingvistik tadqiqot obekti sifatida” mavzusidagi amaliy loyihada foydalanilgan (O‘zRFA QQBning 2023-yil 7-apreldagi 18.01.60-son ma’lumotnomasi). Natijada xalq madaniyatining ajralmas qismi bo‘lgan o‘yinlarning xalq og‘zaki ijodi motivlari asosida paydo bo‘lishdagi ahamiyati ko‘rsatib berilgan;
milliy xalq o‘yinlari nomlaridan Chillak, Chavgon, Burdam – sodda, Qadamatayoq, Qorbo‘ron, Qorxat  – qo‘shma, Xo‘roz urishtirish, Arqon tortish, Qushim boshi – birikmali, Eshak mindi, Quloq cho‘zdi, Ko‘rpa yopdi – gap strukturasida qoliplanishi xususidagi qarashlardan 2017-2020-yillarda bajarilgan FA-F1-OO5 raqamli “Qoraqalpoq folklorshunosligi va adabiyotshunosligini tadqiq etish” mavzusidagi fundamental loyihada foydalanilgan (O‘zRFA QQBning 2023-yil 6-apreldagi 18.01/58-son ma’lumotnomasi). Natijada milliy xalq o‘yinlari nomlarining folklorshunoslikni boyitishdagi o‘rnini ko‘rsatishga erishilgan;
 xalq o‘yini nomlaridan Yoyandozlik, Qilichbozlik, Qo‘riqchi leksemalari affiksatsiya, Sopoltosh, Bolaboqar, Sho‘rterak singari kompozisiya, Kurash, Quvlashmachoq, Arg‘imchoq kabilarning ma’noviy semantik usulda yasalganligi  aniqlanib, ularning yuzaga kelishidagi assotsiatsiyaviylik, ekspressivlik, kommunikativlik, estetiklik kabi qonuniyatlarining lingvistik va ekstralingvistik ma’lumotlardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining “Milliy xalq o‘yinlari – millat yoshlarining g‘ururi”, “Qadriyat”, “Milliy xalq o‘yinlari va sog‘lom avlod tarbiyasi”, “Milliy xalq o‘yinlari yoshlar istiqbolining bebaho xazinasidir” mavzularida ko‘rsatuvlar hamda “Dolzarb mavzu”, “Munosabat” eshittirishlarni tayyorlashda keng foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2023-yil 30-martdagi 01-10/58-son ma’lumotnomasi). Natijada keltirilgan ma’lumotlar ko‘rsatuvning yanada mazmunli bo‘lishiga, taqdim etilayotgan ma’lumotlarning ishonchli ilmiy manbalar bilan boyitilishiga hamda uni keng jamoatchilik orasida targ‘ib etishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish