Orazbaev Ergash Yuldashevichning
fan doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Turkiy tillarda arabcha o‘zlashmalarning funksional-semantik va lingvomadaniy tadqiqi (o‘zbek, qoraqalpoq, turkman tillari misolida)”, 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Fil2596.
Ilmiy rahbarining F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Kilichov Nazarbay Radjapbaevich, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot instituti, DSc.02/25.08.2021.Fil.137.01.
Rasmiy opponentlarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Bakirov Poyan Uralovich, filologiya fanlari doktori, professor; Bekbergenov Qidirbay Ayjarikovich, filologiya fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot nomi: Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi turkiy (o‘zbek, qoraqalpoq, turkman) tillar lug‘at fondidagi arabcha o‘zlashmalarning o‘zlashish yo‘llari va omillarini asoslash, terminologik tizimidagi o‘rnini aniqlash, islom dini bilan bog‘liq va abstrakt nomlarning lingvomadaniy, etnografik, milliy-mental xarakterini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘zbek, qoraqalpoq, turkman tillari leksik qatlamidagi arabcha o‘zlashmalarning mazkur tillar leksik fondiga ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, din, fan, madaniyat, san’at kabi omillar bilan bog‘liq holda ushbu xalqlar olam lisoniy manzarasini namoyon qilishi hamda lisoniy tabiatiga ko‘ra tarixiy, ijtimoiy-siyosiy, madaniy omillar natijasida o‘zlashishi asoslangan;
o‘zbek, qoraqalpoq, turkman tillarining lug‘at fondidagi arabcha o‘zlashmalar milliy tillarda nafaqat semantik farqlar, balki ham asliyat tilidan, ham turkiy tillararo fonetik tarkibi, morfemik qurilishidagi mazkur tillarning akustik-artikulyasion o‘ziga xosligini namoyon qiluvchi farqlari, imloviy xususiyatlari hamda mazkur tillarida adabiy me’yorlashtirishning muhim asoslari ochib berilgan;
turkiy tillar lug‘at tizimidagi arab tillaridan o‘zlashgan so‘zlarning katta qismi ushbu tillar terminologik bazasini ta’minlashga xizmat qilganligi, shu bilan birga rasmiy, ijtimoiy-siyosiy (publisistik), ilmiy, badiiy uslubga xos leksik qatlam o‘zbek, qoraqalpoq, turkman adabiy tillari uchun umumiy bo‘lib, ushbu tillarning terminologik tizimini o‘rganishdagi ahamiyati isbotlangan;
arabcha o‘zlashmalarning funksional uslublari doirasidagi istifoda etilish xususiyatlariga ko‘ra o‘zbek, qoraqalpoq, turkman tillarida fan, texnika, adabiyot, san’at, madaniyat, sport sohalari rivoji natijasida, shuningdek, istiqlol sharoiti va ijtimoiy-siyosiy jarayonlar o‘zgarishi fonida shakllangan terminlarning asosiy vazifalari, yozma nutqqa xos lug‘aviy birliklarning nutqiy distribusiyasi aniqlangan;
islom dini bilan bog‘liq va abstrakt tushunchalarga xos arabcha diniy hamda mavhum ma’noli o‘zlashmalarning o‘zbek, qoraqalpoq, turkman xalqlari turmush tarzi, madaniyati, urf-odatlari bilan uzviy bog‘liq holda yuzaga keladigan olam lisoniy manzarasidagi integral va differensial belgilarini namoyon qiluvchi lingvomadaniy, lingvokognitiv, etnografik, diniy, milliy-mental xususiyatlari belgilangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Turkiy (o‘zbek, qoraqalpoq, turkman) tillaridagi arabcha o‘zlashmalarning funksional-semantik va lingvomadaniy xususiyatlarini tadqiq etishdan olingan natijalar asosida:
o‘zbek, qoraqalpoq, turkman tillari leksik qatlamidagi arabcha o‘zlashmalarning mazkur tillar leksik fondiga ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, din, fan, madaniyat, san’at kabi omillar bilan bog‘liq holda ushbu xalqlar olam lisoniy manzarasini namoyon qilishi hamda lisoniy tabiatiga ko‘ra tarixiy, ijtimoiy-siyosiy, madaniy omillar natijasida o‘zlashishi asoslangan va o‘zbek, qoraqalpoq, turkman tillarining lug‘at fondidagi arabcha o‘zlashmalar milliy tillarda nafaqat semantik farqlar, balki ham asliyat tilidan, ham turkiy tillararo fonetik tarkibi, morfemik qurilishidagi mazkur tillarning akustik-artikulyasion o‘ziga xosligini namoyon qiluvchi farqlari, imloviy xususiyatlari hamda mazkur tillarida adabiy me’yorlashtirishning muhim asoslari ochib berilgan ilmiy xulosalardan FA-F1-G003 raqamli “Hozirgi qoraqalpoq tilida funksional so‘z yasalishi” fundamental loyihasida foydalanilgan (O‘zR FA Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutining 2023-yil 28-martdagi 139/1-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘zbek, qoraqalpoq, turkman tillarida arabcha o‘zlashmalar asosida tarixiy va zamonaviy so‘z yasalishiga oid ilmiy qarashlar yanada boyitilishiga erishilgan;
turkiy tillar lug‘at tizimidagi arab tillaridan o‘zlashgan so‘zlarning katta qismi ushbu tillar terminologik bazasini ta’minlashga xizmat qilganligi, shu bilan birga rasmiy, ijtimoiy-siyosiy (publisistik), ilmiy, badiiy uslubga xos leksik qatlam o‘zbek, qoraqalpoq, turkman adabiy tillari uchun umumiy bo‘lib, ushbu tillarning terminologik tizimini o‘rganishdagi ahamiyati isbotlangan hamda arabcha o‘zlashmalarning funksional uslublari doirasidagi istifoda etilish xususiyatlariga ko‘ra o‘zbek, qoraqalpoq, turkman tillarida fan, texnika, adabiyot, san’at, madaniyat, sport sohalari rivoji natijasida, shuningdek, istiqlol sharoiti va ijtimoiy-siyosiy jarayonlar o‘zgarishi fonida shakllangan terminlarning asosiy vazifalari, yozma nutqqa xos lug‘aviy birliklarning nutqiy distribusiyasi aniqlangan ma’lumotlardan FA-A1-G007 “Qoraqalpoq naql-maqollari lingvistik tadqiqot obekti sifatida” mavzusidagi amaliy loyihasida foydalanilgan (O‘zR FA Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutining 2023-yil 6-apreldagi 157/1-son ma’lumotnomasi). Ushbu xulosalar olam lisoniy manzarasida lug‘aviy birliklarining mohiyatan milliy o‘ziga xosligini asoslashda muhim manba bo‘lib xizmat qilgan;
islom dini bilan bog‘liq va abstrakt tushunchalarga xos arabcha diniy hamda mavhum ma’noli o‘zlashmalarning o‘zbek, qoraqalpoq, turkman xalqlari turmush tarzi, madaniyati, urf-odatlari bilan uzviy bog‘liq holda yuzaga keladigan olam lisoniy manzarasidagi integral va differensial belgilarini namoyon qiluvchi lingvomadaniy, lingvokognitiv, etnografik, diniy, milliy-mental xususiyatlari belgilangan xulosalardan Qoraqalpog‘iston teleradiokompaniyasining Musiqiy dam olish dasturlari bosh muharririyati tomonidan tayyorlangan “Tilga e’tibor – elga e’tibor” va “Til – millettiń aynasi” dasturlarida (QR teleradiokompaniyasining 2023-yil 10-martdagi 05-22/263-son ma’lumotnomasi) orqali, asosan o‘quvchi yoshlarga, talabalarga, olimlarga va keng ommaga turkiy tillar leksik qatlami tahliliga oid fikrlarini ommalashtirish yuzasidan qatnashib, xalqimizni o‘z tadqiqot ishidagi ilmiy natijalar bilan tanishtirib kelgan. Natijada xalqimizning turkiy tillardagi arabcha o‘zlashmalarning funksional-stilistik, lingvomadaniy xususiyatlari haqidagi tasavvurlarining yanada boyishiga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish