Kalandarova Gulbaxar Nurullaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: ««Hozirgi rus adabiy tilida qoraqalpoq realiyalarining qo‘llanilishi» (qoraqalpoq tilidan rus tiliga tarjima qilingan badiiy asarlardan olingan materiyallar asosida) », 10.00.06 – «Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik» (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/Fil3158.
Ilmiy rahbarining F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Abdinazimov Shamshetdin Najimovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qoraqalpoq davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qoraqalpoq davlat universiteti, PhD.03/30.04.2022.Fil.20.07.
Rasmiy opponentlarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Alniyazov Aytmurat Ismailovich, filologiya fanlari doktori (DSc), professor;  Xalmuratov Tajetdin, filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot nomi: Urganch davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi qoraqalpoq realiyalarining rus tiliga kirib borish yo‘llarini, rus tili lug‘atini rivojlantirishdagi roli va o‘rnini aniqlashdan iborat.
III.  Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
hozirgi rus adabiy tilida qoraqalpoq realiyaning strukturaviy, leksik-semantik xususiyatlari bilan bir qatorda, ularning lingvistik oppozisiyalari va leksikologiyada aks etish holatlari mavjudligi aniqlangan;
qoraqalpoq realiyalarining rus tilida aksentologik, grammatik va fonetik jihatdan namoyon bo‘ladigan o‘ziga xos assimilyasiya, epenteza, proteza, diereza hodisalariga uchirab, leksik birliklar tarkibidagi unli va undosh tovushlarning almashish kabi xususiyatlari isbotlangan;
qoraqalpoq realiyalarining orfoepik va orfografik oʻzgarishlari bilan ifodalanishi orqali har bir millatning o‘ziga xos lingvomadaniy tasvirlanishining semantik tuzilishi ishlab chiqilgan;
etnografik, tabiat, ijtimoiy-siyosiy, borliq kabi mavzuga oid realiyalarning empirik asosda oʻzaro moslashuv darajasiga muvofiq sinxron va diaxron tipologiyasini yaratishda ularning leksik-semantik xususiyatlarining lingvistik oppozisiyalari tavsiflangan;
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ushbu mavzu bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar natijasida ishlab chiqilgan ilmiy xulosalar va takliflar asosida:

qoraqalpoq realiyalarining rus tilida aksentologik, grammatik va fonetik jihatdan namoyon bo‘ladigan o‘ziga xos assimilyasiya, epenteza, proteza, diereza hodisalariga uchirab, leksik birliklar tarkibidagi unli va undosh tovushlarning almashish kabi xususiyatlarini ko‘rsatib beruvchi xulosalardan Berdaq Milliy muzeyida ilmiy manbalar tahliliga bag‘ishlangan ilmiy anjumanlarni o‘tkazishda foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Madaniyat vazirligining 2023-yil 7-iyuldagi 2-03/991-son ma’lumotnomasi). Natijada ilmiy anjumanlarda ishtirok etgan shoirlar, yozuvchi va olimlarning filolog-olimlarga xos qoraqalpoq va rus tillaridagi imlo o‘zgarishlari bilan aloqasi hamda ularning xalq og‘zaki ijodida she’riy o‘zgarishlarni qiyoslashga doir bilimlarini takomillashtirishga erishilgan;
qoraqalpoq realiyalarining orfoepik va orfografik oʻzgarishlar bilan ifodalanishi orqali har bir millatning o‘ziga xos lingvomadaniy tasvirlanishining semantik tuzilishi haqidagi xulosalaridan 2017-2022-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot instituti negizida “Hozirgi qoraqalpoq tilida funksional so‘z yasalishi” mavzusidagi FA-FI-G003-sonli loyiha doirasida qoraqalpoq realiyalarining rus tiliga kiritilish polivariantligi, rus tilining leksik-grammatik tizimiga kirish xususiyatlari tahlilida amalga oshirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy tadqiqot institutining 2023-yil 6-iyuldagi 277/1-son guvohnomasi). Natijada qoraqalpoq realiyalarining rus tiliga kiritilish polivariantligi, rus tilining leksik-grammatik tizimiga kirish xususiyatlari tahlili amalga oshirilgan;
etnografik, tabiat, ijtimoiy-siyosiy, borliq kabi mavzuga oid realiyalarning empirik asosda oʻzaro moslashuv darajasiga muvofiq sinxron va diaxron tipologiyasini yaratishda, ularning leksik-semantik xususiyatlarining lingvistik oppozisiyasining tavsiflanishi haqqidagi ma’lumoti  Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi tomonidan tashkil qilingan majlisda ma’ruza matnlarini shakllantirish uchun foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining 2024-yil 25-apreldagi 07-09/10-04/372-son ma’lumotnomasi). Natijada aniq misollar vositasida muayyan etnik guruh vakillariga ma’lumotlarning aniq va to‘liq etkazilishi erishilgan;
hozirgi rus adabiy tilida qoraqalpoq realiyaning strukturaviy, leksik-semantik xususiyatlari bilan bir qatorda, ularning lingvistik oppozisiyalari va leksikologiyada aks etish holatlari mavjudligini aniqlashtiruvchi ma’lumot Qoraqalpog‘iston Respublikasi teleradiokompaniyasining “Tilga e’tibor – elga e’tibor” ko‘rsatuvida targ‘ib etilgan (Qoraqalpog‘iston teleradiokompaniyasining 2023-yil 24-maydagi 05-22/271-son ma’lumotnomasi). Natijada mazkur ko‘rsatuvlarda tilshunoslikning dolzarb muammolarini yoritish orqali tomoshabinlarning ushbu sohadagi dunyoqarashini kengaytirishga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish