Nishonov Sherzodjon Jumanazarovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «153Sm radioizotopi va uning dorivor shaklini olish», 01.04.01–Eksperimental fizikaning asboblari va usullari (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.4.PhD/T493.
Ilmiy rahbar: Xujaev Saidaxmad, kimyo fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Yadro fizikasi instituti qoshidagi «Radiopreparat» davlat korxonasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Yadro fizikasi instituti, Astronomiya instituti, O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.27.06.2017.FM/T.33.01 bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Olimov Kosim, fizika-matematika fanlari doktori, professor; Smanova Zulayxo Asanalievna, kimyo fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: VVR-SM rusumli tadqiqot yadro reaktorida153Sm radioizotopini yuqori radiokimyoviy tozalikda olish va uning asosida radiofarmpreparat olish texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
153Sm radioizotopining ikki fazali di-2-(etilgeksil) ortofosfor kislota-mineral kislotalarda taqsimlanish qoidalari aniqlangan;
153Sm radioizotopining ekstraksion-xromatografiya usulida uchlamchi aminlarda (tri-n-oktilamin va metildioktiamin) o‘zini tutish qoidalari aniqlangan;
153Sm radioizotopini ajratish va tozalash radiokimyoviy sxemasi yaratilgan;
153Sm radioizotopi asosida «Samariy, 153Sm oksabifor» radiofarmpreparatini olish texnologiyasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
153Sm radioizotopini olishning radiokimyoviy texnologiyasi ishlanmasi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
ishlab chiqilgan 153Sm radioizotopini toza holda olish va uning asosida radiofarmpreparat olish texnologiyasi Yadro fizikasi instituti qoshidagi «Radiopreparat» davlat korxonasida «Samariy, 153Sm oksabifor» radiofarmpreparati ishlab chiqarishda qo‘llanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2018 yil 30 avgustdagi 2/1255-2341-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarning qo‘llanishi onkologik kasalliklarni davolashda tatbiq etiladidigan mahalliy radiofarmpreparatlar ro‘yxatini ko‘paytirish va eksport hajmini oshirish imkonini bergan;
153Sm radioizotopini olish va uning asosida dorivor shaklini olish texnologiyasiga O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining ixtiro patenti olingan (IAP 04643, 2010 y.) va ishlab chiqarishga joriy qilingan. Preparat O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligiga qarashli Dori vositalari va tibbiy texnikani nazorat qilish bosh boshqarmasi tomonidan ro‘yxatdan o‘tkazilgan (2015 yil 17 iyulda berilgan 00222/07/15-son guvohnoma). Ilmiy natijalarning qo‘llanishi asosida hozirgi kunda keng miqyosda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar O‘zbekiston Respublikasining shifoxonalarida (V.V.Voxidov nomidagi Respublika ixtisoslashgan xirurgiya markazi, Respublika ixtisoslashgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi) va MDH davlatlarining shifoxonalarida (Ukraina «Izotop» davlat ishlab chiqarish korxonasi) muvaffaqiyatli qo‘llanilmoqda.