Abdurasulov Ikrom Erxanovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtissoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Globallashuv sharoitida talabalarning madaniy kompetensiyalarini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (tarix) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Ped2952.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
Ilmiy rahbar: Abdullaev Diyorjon Nodirjon o‘g‘li, tarix fanlari doktori (DSc), dotsent.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.2020.Ped.26.01.
Rasmiy opponentlar: Shodieva Matluba Jo‘raevna, pedagogika fanlari doktori, professor; Boboyorov Shuxratjon Suvonqulovich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi globallashuv sharoitida oliy ta’lim tashkilotlari talabalarining madaniy kompetensiyalarini rivojlantirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
globallashuv sharoitida oliy ta’lim tashkilotlari talabalarining madaniy kompetensiyalarini rivojlantirishning pedagogik imkoniyatlari ijtimoiy-metodik faollikni rivojlantirishga qaratilgan umummilliy va umummadaniy bilimlarga asoslanish, ijtimoiy-madaniy kompetensiyalarni intellektual faoliyat parametrlari bilan proporsional bog‘liqligini tahliliy tasniflash asosida aniqlashtirilgan;
globallashuv sharoitida oliy ta’lim tashkilotlari talabalarining madaniy kompetensiyalarini rivojlantirish samaradorligi ta’lim subektlarining qayta aloqaga kirishish mobilligini ta’minlashga yo‘naltirilgan shaxsiy va kasbiy xususiyatlarining yaxlit integrativligini izchil ta’minlash hamda tashkiliy-texnologik omillarning ijtimoiy-psixologik, tashkiliy-metodik mazmunini prognostik aniqlashtirish asosida takomillashtirilgan;
oliy ta’lim tashkilotlari talabalarining madaniy kompetensiyalarini rivojlantirish modeli ijtimoiy faollikni ta’minlovchi barqaror ijodiy ta’lim muhitini tashkil etish hamda didaktik, texnologik va shaxsiy komponentlar didaktik elementlarini kasbiy faoliyat mazmuniga intensiv uyg‘unlashtirish hamda ta’lim subektlari faoliyatini maqbul rag‘batlantirish asosida takomillashtirilgan;
oliy ta’lim tashkilotlari talabalarining madaniy kompetensiyalarini rivojlantirish samaradorligi axborot-tahliliy, texnologik-regulyativ bosqichlar traektoriyasini qiyosiy loyihalash, interfaol va individual tamoyillarning produktiv natijalarini ta’limiy maqsadlarga ko‘ra ierarxik darajalash asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Globallashuv sharoitida talabalarning madaniy kompetensiyalarini rivojlantirish metodikasini takomillashtirishga oid tadqiqotning ilmiy natijalari asosida:
globallashuv sharoitida oliy ta’lim tashkilotlari talabalarining madaniy kompetensiyalarini rivojlantirishning pedagogik imkoniyatlari ijtimoiy-metodik faollikni rivojlantirishga qaratilgan umummilliy va umummadaniy bilimlarga asoslanish, ijtimoiy-madaniy kompetensiyalarni intellektual faoliyat parametrlari bilan proporsional bog‘liqligini tahliliy tasniflash asosida aniqlashtirishga doir takliflar “Tarix fanida innovatsiyalar: texnologiyalar, modellar va metodlar” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021-yil 1-martdagi 110-sonli buyrug‘iga asosan o‘quv adabiyotining 110-127-raqamli guvohnomasi, O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 8-iyuldagi 4/17-04-1771-son ma’lumotnomasi). Natijada, talabalarning madaniy kompetensiyasini rivojlantirish mazmunini takomillashtirish mexanizmlari aniqlangan;
globallashuv sharoitida oliy ta’lim tashkilotlari talabalarining madaniy kompetensiyalarini rivojlantirish samaradorligi ta’lim subektlarining qayta aloqaga kirishish mobilligini ta’minlashga yo‘naltirilgan shaxsiy va kasbiy xususiyatlarining yaxlit integrativligini izchil ta’minlash hamda tashkiliy-texnologik omillarning ijtimoiy-psixologik, tashkiliy-metodik mazmunini prognostik aniqlashtirish asosida takomillashtirishga doir tavsiyalar “Tarix fanida innovatsiyalar: texnologiyalar, modellar va metodlar” nomli o‘quv qo‘llanmasini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021-yil 1-martdagi 110-sonli buyrug‘iga asosan o‘quv adabiyotining 110-127-raqamli guvohnomasi, O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 8-iyuldagi 4/17-04-1771-son ma’lumotnomasi). Natijada, talabalarning madaniy kompetensiyasini rivojlantirish didaktik imkoniyatlarining samaradorligini oshirishga erishilgan;
oliy ta’lim tashkilotlari talabalarining madaniy kompetensiyalarini rivojlantirish modeli ijtimoiy faollikni ta’minlovchi barqaror ijodiy ta’lim muhitini tashkil etish hamda didaktik, texnologik va shaxsiy komponentlar didaktik elementlarini kasbiy faoliyat mazmuniga intensiv uyg‘unlashtirish hamda ta’lim subektlari faoliyatini maqbul rag‘batlantirish asosida takomillashtirishga doir tavsiyalar O‘zbekiston Milliy universitetida bajarilgan OT-F1-1-1 raqamli “Globallashuv jarayonida mintaqalar iqtisodiyoti raqobatbardoshligi o‘sishiga metodologik yondashuvlar” loyihasini bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 8-iyuldagi 4/17-04-1771-son ma’lumotnomasi). Natijada, talabalarning madaniy kompetensiyasini rivojlantirish modeli takomillashtirilgan;
oliy ta’lim tashkilotlari talabalarining madaniy kompetensiyalarini rivojlantirish samaradorligi axborot-tahliliy, texnologik-regulyativ bosqichlar traektoriyasini qiyosiy loyihalash, interfaol va individual tamoyillarning produktiv natijalarini ta’limiy maqsadlarga ko‘ra ierarxik darajalash asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar “Tarix fanida innovatsiyalar: texnologiyalar, modellar va metodlar” nomli o‘quv qo‘llanma mazminiga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021-yil 1-martdagi 110-sonli buyrug‘iga asosan o‘quv adabiyotining 110-127-raqamli guvohnomasi, O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 8-iyuldagi 4/17-04-1771-son ma’lumotnomasi). Natijada, talabalarning madaniy kompetensiyasini rivojlantirishning texnologiyalarini qo‘llashning metodik tizimini takomillashtirishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish