Ruzibaev Djaxongir Baxodirjanovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Davlat xizmatchilarini baholash markazlarining rivojlantiruvchi salohiyati”, 19.00.05- Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya (psixologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/P513.
Ilmiy rahbar: Bazarov Taxir Yusupovich, psixologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, PhD.03/30.12.2021.P.01.07.
Rasmiy opponentlar: Kadirov Kamoliddin Botirovich, psixologiya fanlari doktori, professor; Bafaev Muxiddin Muxammatovich, psixologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi davlat xizmatchilari faoliyatini baholash markazlari (Assessment centre) texnologiyasining rivojlantiruvchi salohiyatini takomillashtirish bo‘yicha psixologik dasturlarni ishlab chiqish va ularning samaradorligini baholashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
maxsus ishlab chiqilgan interaktiv baholash usullarini (guruhiy munozara, keyslar) qo'llash natijasida tinglovchilarning Assessment-centrdan muvaffaqiyatli o‘tish va akademik o‘zlashtirish ko‘rsatkichlari hamda maxsus mashqlarni (tashkiliy va yangi tashkiliy test) muvaffaqiyatli hal qilish va suhbatdan o‘tish natijalari o‘rtasida korrelyasion o‘zaro aloqadorlik aniqlangan;
abiturientlarda “sofdillik”, “mas'uliyatlilik”, “konunga bo‘ysunish”, “adolatlilik”, “murosasizlik” kabi qadriyatlarning shakllanganlik darajasi ularda vaziyatni tahlil qila olish, qaror qabul qilish, qo‘l ostidagi xodimlar motivatsiyasini oshirish va ularni nazorat qilish ko‘nikmalari hamda ishontira olish, o‘zgarayotgan vaziyatga tez moslasha olish qobiliyatlarining rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi bois boshkaruv samaradorligining muhim shart-sharoiti va samaradorlik indikatori ekanligi isbotlangan;
personalni baholashning yangi texnologiyasi - Assessment-centrni qo‘llash natijasida lavozimga nomzodlarda “kuzatish”, “atribusiya”, “integratsiya”, “tasdiqlash”, “refleksiya” va “identifikatsiya” kabi ijtimoiy idrok komponentlarini tashxis qilish orqali ularda “proaktivlik”, “strategik boshqaruv“, “insonlarga e'tibor”, “ma’suliyat”, “maqsadga intilish”, “uzoqni ko‘ra bilish” kabi strategik kompetensiyalarni rivojlantirish hamda professional, ahloqiy-psixologik va maxsus mezonlar bo‘yicha xulq-atvorini korreksiya qilishning psixometrik ko‘rsatkichlari dalillangan;
“analitik bajaruvchi”, “mustaqil ekspert”, “komanda lideri”, “jamoa uchun ustoz” bosqichlarida lavozimga tanlash, kadrlar zahirasini yaratish, xodimlar salohiyatini baholash, inson resurslarini boshqarish, mutaxassislarning shaxslilik hamda kasbiy kompetensiyalarini anglangan holda takomillashtirishga qaratilgan o‘quv-trening dasturini o‘z ichiga olgan psixologik model` ishlab chiqilgan va uning samaradorligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Davlat xizmatchilari faoliyatini “Baholash markazlari” texnolgiyasining rivojlantirish salohiyatini o‘rganish bo‘yicha o‘tkazilgan ilmiy tadqiqot natijalariga ko‘ra quyidagilar amalga oshirildi:
maxsus ishlab chiqilgan interaktiv baholash usullarini (guruhiy munozara, keyslar) qo'llash natijasida tinglovchilarning Assessment-centrdan muvaffaqiyatli o‘tish va akademik o‘zlashtirish ko‘rsatkichlari hamda maxsus mashqlarni (tashkiliy va yangi tashkiliy test) muvaffaqiyatli hal qilish va suhbatdan o‘tish natijalari o‘rtasida korrelyasion o‘zaro aloqadorlik aniqlanganligiga oid ma’lumotlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatlarini rivojlantirish agentligining milliy kadrlar zaxirasini shakllantirishda nomzodlarni har tomonlama baholashda qo‘llanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining 2023-yil 20-noyabrdagi QW68327347-son ma’lumotnomasi). Natijada kadrlarni tanlash va kadrlar zahirasini yaratishning yangi tizimi yo‘lga qo‘yilgan;
abiturientlarda “sofdillik”, “mas'uliyatlilik”, “qonunga bo‘ysunish”, “adolatlilik”, “murosasizlik” kabi qadriyatlarning shakllanganlik darajasi ularda vaziyatni tahlil qila olish, qaror qabul qilish, qo‘l ostidagi xodimlar motivatsiyasini oshirish va ularni nazorat qilish ko‘nikmalari hamda ishontira olish, o‘zgarayotgan vaziyatga tez moslasha olish qobiliyatlarining rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi bois boshkaruv samaradorligining muhim shart-sharoiti va samaradorlik indikatori ekanligi haqidagi ma’lumotlardan O‘zbekiston Respublikasi Huquqni himoya qilish Akademiyasining “prokuratura organlarining rahbar zahirasi lavozimlariga kiritilgan kadrlarni kasbiy qayta tayyorlash kurslarida boshqaruv ko‘nikmalarini baholashda qo‘llanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Huquqni himoya qilish Akademiyasining 2023 yil 15 noyabrdagi 30/18-23-565-son ma’lumotnomasi). Natijada bu akademiya qabul hay’ati faoliyatini takomillashtirishga xizmat qilgan.
personalni baholashning yangi texnologiyasi - Assessment-centrni qo‘llash natijasida lavozimga nomzodlarda “kuzatish”, “atribusiya”, “integratsiya”, “tasdiqlash”, “refleksiya” va “identifikatsiya” kabi ijtimoiy idrok komponentlarini tashxis qilish orqali ularda “proaktivlik”, “strategik boshqaruv“, “insonlarga e'tibor”, “ma’suliyat”, “maqsadga intilish”, “uzoqni ko‘ra bilish” kabi strategik kompetensiyalarni rivojlantirish hamda professional, ahloqiy-psixologik va maxsus mezonlar bo‘yicha xulq-atvorini korreksiya qilishning psixometrik ko‘rsatkichlari dalillanganligiga doir natijalar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatlarini rivojlantirish agentligining lavozimga nomzodlar salohiyatini oshirishda, ularda yangi ko‘nikma va malakalarni shakllantirishda qo‘llanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining 2023 yil 20 noyabrdagi QW 68327347-son ma’lumotnomasi). Natijada bu lavozimga tayinlanganlarda nafaqat ularning professional kompetenciyasini oshirish, balki maxsus mezonlar asosida har tomonlama rivojlantirish imkoniyatini bergan;
“analitik bajaruvchi”, “mustaqil ekspert”, “komanda lideri”, “jamoa uchun ustoz” bosqichlarida lavozimga tanlash, kadrlar zahirasini yaratish, xodimlar salohiyatini baholash, inson resurslarini boshqarish, mutaxassislarning shaxslilik hamda kasbiy kompetensiyalarini anglangan holda takomillashtirishga qaratilgan o‘quv-trening dasturini o‘z ichiga olgan psixologik model O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatlarini rivojlantirish agentligining personalni baholash, ularning kasbiy va shaxslilik kompetenciyalarini takomillashtirish borasidagi faoliyatida qo‘llanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining 2023-yil 20-noyabrdagi 68327347-son QW ma’lumotnomasi). Natijada hodimlar salohiyatini baholash bilan birga ularda fikrlash tizimliligi, menedjerlik professionalizmi va liderlik qobiliyatlarini oshirish, qadriyatlar yo‘nalishini o‘rganishning yangi tizimi yo‘lga qo‘yilgan;