Sagatova Shoxsanai Forruh qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Nogiron farzandi bor ayollar psixologik farovonligini ta’minlashning ijtimoiy-psixologik shart-sharoitlari”, 19.00.05 – Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya (psixologiya fanlari).  
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/P465.
Ilmiy rahbar: Ilxamova Dilfuza Ilyasovna, psixologiya fanlari doktori (DSc), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, PhD.03/30.12.2021.P.01.07.
Rasmiy opponentlar: Jabborov Azim Meylikulovich, psixologiya fanlari doktori, professor; Arapbaeva Damegul Kurbanovna, psixologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi nogiron farzandni tarbiyalayotgan ayollar psixologik farovonligini ta’minlashning ijtimoiy-psixologik shart-sharoitlarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
nogiron farzandni tarbiyalayotgan ayollar mavjud bo‘lgan muhitning psixologik xususiyatlariga ko‘ra, atrofdagilarning ayolga munosabati, oilasining ijtimoiy-iqtisodiy ahvoli, oilaviy muhitning o‘ziga xosligi, oiladagi boshqa a’zolarni unga munosabati kabi ijtimoiy-psixologik omillarning ta’sir etishi tufayli ularning psixologik farovonligi darajasida salbiy yoki ijobiy tomonga o‘zgarishlar bo‘lishi asoslangan;
nogiron farzandni tarbiyalayotgan ayollarning ijtimoiy-psixologik moslashuv omillari sifatida, ularning o‘zini o‘zi boshqarishi, hayotiy qiyin vaziyatlardan chiqa olish ko‘nikmasi, maqsadga yo‘nalganligi, hayotiy chidamlilik darajasi, intellektual o‘zini o‘zi takomillashtirishi kabi psixologik hamda shaxslararo munosabatlari, boshqalar bilan hamkorlik qila olish qobiliyati kabi ijtimoiy-psixologik xususiyatlarining o‘ziga hos ko‘rinishga egaligi sababli ushbu xususiyatlar psixologik farovonlik ko‘rsatkichlarini belgilab berishi isbotlangan;
nogiron farzandni tarbiyalayotgan ayollar o‘zining nikohi doirasidagi baxt darajasi bo‘yicha o‘zini o‘zi baholash ko‘rsatkichi nogiron farzandni parvarishlashda turmush o‘rtog‘i tomonidan beriladigan yordam, avtonomiya, atrof-muhitni boshqarish, hayotdagi maqsadlar, o‘zini o‘zi qabul qilish, ishtirok etish darajalariga va avlodida tug‘ma nogiron shaxslar bo‘lganligiga bog‘liqligi tufayli mazkur ko‘rsatkichlarning past darajasi ayollarda oilaviy baxtga munosabat hamda hayotdan qoniqqanlik darajasi ko‘rsatkichlarining past bo‘lishiga olib kelishi aniqlangan;
nogiron farzandni parvarish qilayotgan ayollar psixologik farovonligini ta’minlash uchun intellektual, psixoemotsional, kommunikativ ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda shaxs sifatida takomillashishiga qaratilgan korreksion dasturning amalga oshirilishi sababli ayollarda “Atrofdagilar bilan ijobiy munosabatlar”, “Atrofni boshqarish”, “Hayotdagi maqsadlar”, “O‘zini o‘zi qabul qilish” kabi psixologik farovonlik komponentlarida ijobiy tomonga o‘zgarishlar qayd etilganligi dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Nogiron farzandni tarbiyalayotgan ayollar psixologik farovonligini ta’minlash jarayonini takomillashtirish bo‘yicha dissertatsiya tadqiqotlari natijalari quyidagi shakllarda amalga oshirildi:
nogiron farzandni tarbiyalayotgan ayollar mavjud bo‘lgan muhitning psixologik xususiyatlariga ko‘ra, atrofdagilarning ayolga munosabati, oilasining ijtimoiy-iqtisodiy ahvoli, oilaviy muhitning o‘ziga xosligi, oiladagi boshqa a’zolarni unga munosabati kabi ijtimoiy-psixologik omillarning ta’sir etishi tufayli ularning psixologik farovonligi darajasida salbiy yoki ijobiy tomonga o‘zgarishlar bo‘lishining asoslanganligiga oid olingan natijalar Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazining (RBIMM) 2023-yil 25-dekabrdagi 21-sonli buyrug‘iga asosan “Markazga murojaat qilgan qiyin hayotiy vaziyatga tushib qolgan bolalar va ularning oilalariga ijtimoiy, psixologik xizmat ko‘rsatish” ish rejasiga kiritilgan (Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazining 2023-yil 25-dekabrdagi 21-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, salomatligi bo‘yicha imkoniyati cheklangan hamda alohida rivojlanishga ega bo‘lgan bolalarni tarbiyalayotgan ayollarni psixologik farovonligini ta’minlash orqali farzandining kasallik sharoitiga to‘liq moslashtirish, ularda ijtimoiy ko‘nikmalarni shakllantirish imkoniyati kengaygan;
nogiron farzandni tarbiyalayotgan ayollarning ijtimoiy-psixologik moslashuv omillari sifatida, ularning o‘zini o‘zi boshqarishi, hayotiy qiyin vaziyatlardan chiqa olish ko‘nikmasi, maqsadga yo‘nalganligi, hayotiy chidamlilik darajasi, intellektual o‘zini o‘zi takomillashtirishi kabi psixologik hamda shaxslararo munosabatlari, boshqalar bilan hamkorlik qila olish qobiliyati kabi ijtimoiy-psixologik xususiyatlarining o‘ziga hos ko‘rinishga egaligi sababli ushbu xususiyatlar psixologik farovonlik ko‘rsatkichlarini belgilab berishiga oid ilmiy natijalar Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazining (RBIMM) 2023-yil 25-dekabrdagi 21-son buyrug‘iga asosan Markaz faoliyatida salomatligi cheklangan bolalar va ularning oilalari bilan ishlash amaliyotiga tatbiq qilingan (Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazining 2023-yil 25-dekabrdagi 21-son ma’lumotnomasi). Natijada, nogiron farzandi bor ayollar psixologik farovonligining mazmun-mohiyatini to‘liq ochib berishga hizmat qilgan;
nogiron farzandni tarbiyalayotgan ayollar o‘zining nikohi doirasidagi baxt darajasi bo‘yicha o‘zini o‘zi baholash ko‘rsatkichi nogiron farzandni parvarishlashda turmush o‘rtog‘i tomonidan beriladigan yordam, avtonomiya, atrof-muhitni boshqarish, hayotdagi maqsadlar, o‘zini o‘zi qabul qilish, ishtirok etish darajalariga va avlodida tug‘ma nogiron shaxslar bo‘lganligiga bog‘liqligi tufayli mazkur ko‘rsatkichlarning past darajasi ayollarda oilaviy baxtga munosabat hamda hayotdan qoniqqanlik darajasi ko‘rsatkichlarining past bo‘lishiga olib kelishiga oid natijalar Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazining (RBIMM) 2023-yil 25-dekabrdagi 21-sonli buyrug‘iga asosan salomatligi cheklangan bolalar va ularning oilalari bilan ish olib boruvchi psixolog-mutaxassislar faoliyatiga joriy qilingan (Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazining 2023-yil 25-dekabrdagi 21-son ma’lumotnomasi). Natijada, Markaz psixolog mutaxassislarining nogiron farzandi bor ayollar psixologik farovonligini ta’minlovchi parametrlar haqida ko‘nikma va malakalarini takomillashtirishga hizmat qilgan;
nogiron farzandni parvarish qilayotgan ayollar psixologik farovonligini ta’minlash uchun intellektual, psixoemotsional, kommunikativ ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda shaxs sifatida takomillashishiga qaratilgan korreksion dastur Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazining (RBIMM) 2023-yil 25-dekabrdagi 21-sonli buyrug‘iga asosan Markazga murojaat qilgan qiyin hayotiy vaziyatga tushib qolgan bolalar va oilalarga ijtimoiy, psixologik hizmat ko‘rsatish amaliyotiga tatbiq etilgan (Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazining 2023-yil 25-dekabrdagi 21-son ma’lumotnomasi). Mazkur tavsiyalardan foydalanish salomatligi bo‘yicha imkoniyati cheklangan bolalar va ularning oilalariga psixologik hizmat ko‘rsatishning metodik ta’minlanganlik darajasini yaxshilash imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish