Maxamadaminova Shoira Abduvalievnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Bolalar hiqildoq papillomatozining klinik-funksional tavsifi, tashxislash va davolash samaradorligini oshirish», 14.00.04–Otorinolaringologiya, 14.00.36–Allergologiya va immunologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.3.DSc/Tib190.
Ilmiy maslahatchilar: Abdullaeva Nigora Nusratovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent; Ismailova Adolat Abduraximovna, tibbiyot fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat stomatologiya instituti, DSc.28.12.2017.Tib.59.01 (bir martalik ilmiy kengash).
Rasmiy opponentlar: Tulebaev Rais Kajkenovich, tibbiyot fanlari doktori, professor, Qozog‘iston Respublikasi FA akademigi; Aripova Tamaraxon Uktamovna, tibbiyot fanlari doktori, professor, akademik; Karabaev Xurram Esamkulovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Avstriya Xietsing gospitali, Avstriya (Krfnktnhaus Hietzing, Austria).
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: bolalarda hiqildoq papillomatozini o‘rganish, uning tashxisiy va bashorat mezonlarini aniqlash hamda qaytalanish kechishida tarkibiy davolash choralarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor hiqildoq papillomatozi bilan og‘rigan bolalarda OPV borligini aniqlash uchun yuzaga keladigan virus morfologik va sitologik o‘zgarishlar orasida korrelyasion aloqa mavjudligi aniqlangan;
ilk bor OPV borligini aniqlash uchun virusologik tekshiruv bilan hiqildoq papillomatozi 6-11 tipdagi virus olib kelishi (polimeraz zanjirli reaksiya (PZR) yo‘li bilan tashxislanib) isbotlangan;
hiqildoq papillomatozi bilan og‘rigan bolalardagi kasallikni klinik kechishida sitokinlar holati, FNO ko‘rsatkichlari, al`fa- va gamma IFN darajasining ko‘rsatkichlar korrelyasiyasi bilan birga muntazam bog‘liqligi aniqlangan;
ilk bor yallig‘lanish oldi sitokinlari (FNO) miqdorining ma’lum ko‘rsatkichlari bolalardagi hiqildoq papillomatozining residivlanishi darajasini aniqlashning bashorat omili ekanligi asoslangan;
induksiya vaqtida interferon status (al`fa-, gamma-IFN) o‘zgarishlari dinamikasini aniqlab, hiqildoq papillomatozini immunologik davolash dori vositalari tayinlash uchun bashorat mezoni bo‘lib xizmat qilgan;
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Bolalarda hiqildoq papillomatozining erta tashxisi va davolashga tizimli yondashuv bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
«Inson qon zardobida aylanadigan immun komplekslarini aniqlash» bo‘yicha Intellektual mulk agentligining ixtiroga patenti olingan (IAR №20180218, 2018 yil). Mazkur ixtiro patenti inson qon zardobida aylanadigan immun komplekslarini virus ataka qarshiligini aniqlab, kasallikni qaytalanishiga sababchi faktorlarning oldini olish tizimini shakillantirish imkonini bergan;
«Bolalar hiqildok papillomatozida immunqarshilikni tashxislashda zamonaviy tamoyillar» uslubiy qo‘llanmasi tasdiqlangan (Soglikni saqlash vazirligining 2018 yil 21 maydagi 8-n-r/135-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy qo‘llanma kasallikni tashxislash mezonlari, olib keluvchi sabablarni aniqlash va qaytalanishiga sababchi faktorlarning oldini olish tizimini shakilantirish imkonini bergan;
«Hiqildoq papillomatozi bilan og‘rigan bolalarni yuritish tamoyillari» uslubiy qo‘llanmasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 21 maydagi 8-n-r/136-son ma’lumotnomasi). Natijada hiqildoq papillomatozi bilan og‘rigan bolalarni o‘z vaqtida tashxislash va ularni patogenetik asoslangan yuritish taktikasini ishlab chiqish imkonini bergan. Bu esa o‘z navbatida HPning og‘ir shakllari bilan bemorlar sonini kamayishi hamda hiqildoqning torayishi holatlarini kamayishiga olib kelgan;
hiqildoq papillomatozi bilan og‘rigan bolalarda o‘tkazilgan davo-tashxisot choralari o‘z vaqtida tashxislash va ularni patogenetik asoslangan yuritish taktikasi bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy tadqiqot natijalari (ADSS 15.27.3-2017.25.04; №133) amaliy va (SS-Itab-2018-10; 22.05; №197) inovatsiya grant loyihalarda aks ettirilgan;
olingan ilmiy natijalar bolalarda hiqildoq papillomatoz klinik-funksional tavsifi, tashxis va davolashni takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar Respublika ilmiy immunogiya markazi sitokinlarni tadqiq qilish labolatoriyasining amaliy faoliyatiga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 21 maydagi 80n-d/140-son ma’lumotnomasi). Natijada bolalarda uchraydigan hiqildoq papillomatozining klinik-patogenetik rivojlanishini bashorat qilib, papillomatoz jarayonini uzoq remissiyasiga va bolalarni chuqur gipoksiya holatiga tushmasdan hayot sifatini yaxshilashga imkon bergan.