Shovkatov Nodirjon Ne’matjon o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekistonda biznes qiymatini baholashni takomillashtirish istiqbolari”, 08.00.07 – “Moliya, pul muomalasi va kredit”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.3.PhD/Iqt1413.
Ilmiy rahbar: Xomitov Komiljon Zoitovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent moliya instituti, DSc.03/30.12.2019.I.17.01.
 Rasmiy opponentlar: Jo‘raev Abdug‘affor Safarovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Toshpo‘latov G‘iyos Toxirovich, PhD., dosent.
Yetakchi tashkilot: G.V. Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universiteti Toshkent shaxri filiali.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekistonda biznes qiymatini baholash mexanizmlarini takomillashtirishga qaratilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
biznes qiymatini baholash jarayonida tuziladigan baholash hisobotlarini sifatini oshirish hamda baholanayotgan ob’ektning yakuniy bozor qiymatini optimallashtirish maqsadida baholash jarayonida qo‘llanilgan yondashuvlardan olingan natijalarini muvofiqlashtirish va solishtirma o‘lchovlarni aniqlash usullari taklif etilgan;
biznes qiymatini baholash jarayonida baholashning daromadli, xarajatli va qiyosiy yondashuvlaridan olingan natijalar o‘rtasidagi tafovut 30 foizdan oshgan hollarda ushbu yondashuvlardan olingan natijadan voz kechish amaliyotini bekor qilish taklif etilgan;
fond bozorida kotirovka qilinmaydigan qimmatli qog‘ozlarga va boshqa tashkilotlarning ustav fondlariga qilingan investisiyalar qiymatini baholashda 50 foizdan ortiq bo‘lgan moliyaviy qo‘yilmalar (aksiyalar paketlari, ulushlar va boshqalar) qiymatini baholash investisiyalarning nazorat sifatlariga qarab amalga oshirish taklif etilgan;
mustaqil baholash tashkiloti tomonidan davlat ulushi mavjud korxonani baholangan qiymati bilan xaqiqiy bozor qiymati o‘rtasida yuzaga kelgan tafovutni kamaytirish maqsadida ushbu turdagi baholash ob’ektlariga nisbatan “adolatli bozor qiymati”ni qo‘llash taklif etilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbekistonda biznes qiymatini baholashni takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
biznes qiymatini baholash jarayonida tuziladigan baholash hisobotlarini sifatini oshirish hamda baholanayotgan ob’ektning yakuniy bozor qiymatini optimallashtirish maqsadida baholash jarayonida qo‘llaniladigan xarajatli, qiyosiy va daromadli yondashuvlar natijalari asosida ob’ektning yakuniy bozor qiymatini aniqlashda solishtirma o‘lchovlarni aniqlash usulidan foydalanish taklifi «Yagona baholash milliy standarti»da qo‘shimcha va o‘zgartirishlarni ishlab chiqishda foydalanilgan (Davlat aktivlarini boshqarish agentligining 2023-yil 6-iyundagi               № 02/05-1323 son ma’lumotnomasi) Natijada, biznes qiymatini baholashda qo‘llaniladigan yondashuvlardan kelib chiqadigan hisob-kitoblardagi xatoliklarni oldini olish hamda muvofiqlashtirish jarayonini soddalashtirishga erishilgan.
biznes qiymatini baholash jarayonida baholashning daromadli, xarajatli va qiyosiy yondashuvlaridan olingan natijalar o‘rtasidagi tafovut 30 foizdan oshgan hollarda ushbu yondashuvlardan olingan natijadan voz kechish amaliyotini bekor qilish taklifi «Yagona baholash milliy standarti»ga qo‘shimcha va o‘zgartirishlarni ishlab chiqishda foydalanilgan. (Davlat aktivlarini boshqarish agentligining 2023-yil 6-iyundagi № 02/05-1323 son ma’lumotnomasi) Ushbu taklifni amaliyotga joriy etilishi  natijasida, baholashning milliy standartlarini xalqaro standartlar (IVS – International valuation standars, TEGOVA – The European Group of valuers associations, RICS – The Royal Institution of Chartered Surveyors, USPAP – Uniform standards of professional appraisal practice) tamoyillariga moslashtirishga erishilgan.
fond bozorida kotirovka qilinmaydigan qimmatli qog‘ozlarga va boshqa tashkilotlarning ustav fondlariga qilingan investisiyalar qiymatini baholashda 50 foizdan ortiq bo‘lgan moliyaviy qo‘yilmalar (aksiyalar paketlari, ulushlar va boshqalar) qiymatini «Yagona baholash milliy standarti»da baholash haqidagi taklifi 7-son «Biznesni va biznesda ishtirok etish huquqini baholash» Milliy baholash standartiga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kritishda foydalanilgan (Davlat aktivlarini boshqarish agentligining 2023-yil 6-iyundagi № 02/05-1323 son ma’lumotnomasi) Natijada, fond bozorida kotirovka qilinmaydigan qimmatli qog‘ozlarga va boshqa tashkilotlarning ustav fondlariga qilingan investisiyalar qiymatini baholash investisiyalarning nazorat sifatlariga asosan amalga oshirilishi ta’minlangan.
davlat ulushi mavjud korxonalarni mustaqil baholash tashkiloti tomonidan baholangan qiymat bilan xaqiqiy bozor qiymati o‘rtasidagi tafovutni kamaytirish etish maqsadida ushbu turdagi baholash ob’ektlariga nisbatan adolatli bozor qiymatini qo‘llash taklifi «Yagona baholash milliy standarti»da o‘z aksini topgan (Davlat aktivlarini boshqarish agentligining 2023-yil 6-iyundagi № 02/05-1323 son ma’lumotnomasi) Natijada, 21 ta davlat ishtirokidagi korxona va ob’ektlar ushbu me’yor inobatga olingan holda baholanib, qayta sotuvga qo‘yilgan hamda davlat ulushi mavjud korxonalarni sotish mexanizmi takomillashtirilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish