Mirzoev Sayfullo Fayzulloevichning  
 falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi):  “O‘zbekistonda sug‘urta kompaniyalari moliyaviy barqarorligini ta’minlashda anderrayting xizmatini takomillashtirish”, 08.00.07 - Moliya, pul muomalasi va kredit (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/Iqt3501
Ilmiy rahbar: Baev Xabibulla Ismoilovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/10.12.2019.I.16.01.
Rasmiy opponentlar: Alimardonov Ilxom Muzrabshoxovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor, To‘raev Shavkat Shuxratovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor:
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston  Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekiston  sug‘urta bozorida faoliyat olib borayotgan sug‘urta kompaniyalarini moliyaviy barqarorligini ta’minlashda anderrayting xizmatini takomillashtirishga qaratilgan ilmiy-amaliy tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
uslubiy yondashuvga koʼra “sug‘urta anderraytingi” tushunchasining iqtisodiy mazmuni sug‘urta shartnomasi boʼyicha risklarni tahlil etish hamda ularni sug‘urtalashning maqsadga muvofiqligi to‘g‘risida qaror qabul qilish jarayonini sug‘urta kompaniyalari moliyaviy barqarorligini taʼminlash nuqtai nazaridan takomillashtirilgan;
sug‘urta kompaniyalarida malakali mutaxassislardan iborat maxsus “Sug‘urta anderraytingi” bo‘limini tashkil etish asosida sug‘urta portfelini shakllantirish, sug‘urta ob’ektlari risklari va favqulodda sug‘urta hodisalari yuzasidan baholash tizimini belgilash orqali milliy sug‘urta bozoridagi sug‘urta kompaniyalari moliyaviy barqarorligini taʼminlash asoslangan;
sug‘urta kompaniyalarida anderrayting faoliyatini kengaytirish asosida yuridik shaxslarning ko‘chmas mulkini tabiiy va texnogen ofatlardan majburiy sug‘urta qilish tizimini bosqichma-bosqich joriy etish orqali sug‘urta portfeli muvozanatini taʼminlash taklifi asoslangan;
“O‘zbekinvest” eksport-import sug‘urta kompaniyasida sug‘urta shartnomalari, sug‘urta mukofotlari va sug‘urta anderrayterlari o‘zgarish o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikning ekonometrik modeli asosida 2027-yilga qadar anderrayting xizmati asosiy faoliyatining prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.   
 IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbekistonda sug‘urta kompaniyalarini moliyaviy barqarorligini ta’minlashda anderrayting xizmatini takomillashtirish yo‘nalishlari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “sug‘urta anderraytingi” tushunchasining iqtisodiy mazmunini sug‘urta shartnomasi bo‘yicha risklarni tahlil etish hamda ularni sug‘urtalashning maqsadga muvofiqligi to‘g‘risida qaror qabul qilish jarayonini sug‘urta kompaniyalari moliyaviy barqarorligini ta’minlash nuqtayi nazaridan takomillashtirishga oid nazariy-uslubiy materiallardan oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun tavsiya etilgan “Sug‘urtada investisiya faoliyatini boshqarish” nomli o‘quv qo‘llanmani  tayyorlashda foydalanilgan (Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rektorining 2024-yil 29-fevraldagi 45-sonli buyrug‘i). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida talabalarda sug‘urta shartnomasi bo‘yicha risklarni tahlil etish hamda ularni sug‘urtalashning maqsadga muvofiqligi to‘g‘risida qaror qabul qilish jarayonini sug‘urta kompaniyalari moliyaviy barqarorligini ta’minlash nuqtayi nazaridan takomillashtirilgan “sug‘urta anderraytingi” tushunchasi bo‘yicha nazariy bilimlarni kengaytirish imkoni yaratilgan;
sug‘urta kompaniyalarida malakali mutaxassislardan iborat maxsus “Sug‘urta anderraytingi” bo‘limini tashkil etish asosida sug‘urta portfelini shakllantirish, sug‘urta obektlari risklari va favqulodda sug‘urta hodisalari yuzasidan baholash tizimini belgilash orqali milliy sug‘urta bozoridagi sug‘urta kompaniyalari moliyaviy barqarorligini ta’minlash taklifi “O‘zbekinvest” eksport-import sug‘urta kompaniyasi faoliyatiga joriy etilgan (“O‘zbekinvest” EISK AJ ning 2023-yil 7-avgustdagi №01/1-480/1-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida “O‘zbekinvest” sug‘urta kompaniyasida 2020-yilga (793726 ta) nisbatan shartnomalar soni 2021-yilda (926300 ta) 117 foizga oshgan;
sug‘urta kompaniyalarida anderrayting faoliyatini kengaytirish asosida yuridik shaxslarning ko‘chmas mulkini tabiiy va texnogen ofatlardan majburiy sug‘urta qilish tizimini bosqichma-bosqich joriy etish orqali sug‘urta portfeli muvozanatini ta’minlash taklifi “O‘zbekinvest” eksport-import sug‘urta kompaniyasi aksiyadorlik jamiyatining sug‘urta portfelini shakllantirish amaliyotiga joriy etilgan (“O‘zbekinvest” EISK AJ ning 2023-yil 7 avgustdagi №01/1-480/1-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida kompaniyaning sug‘urta mukofotlari hajmi 2021-yilda 385,3 mlrd. so‘mni tashkil etgan bo‘lsa, bu ko‘rsatkich 2022-yilda 930,5 mlrd. so‘mni tashkil etgan, kompaniyaning sug‘urta mukofotlari hajmi 2021-yilga nisbatan 2022-yilda 241,5 foizga oshgan;
“O‘zbekinvest” eksport-import sug‘urta kompaniyasida sug‘urta shartnomalari, sug‘urta mukofotlari va sug‘urta anderrayterlari o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikning ekonometrik modeli asosida 2027 yilga qadar ishlab chiqilgan anderrayting xizmati asosiy faoliyatining prognoz ko‘rsatkichlari “O‘zbekinvest” eksport-import sug‘urta kompaniyasi faoliyatiga joriy etilgan (“O‘zbekinvest” EISK AJ ning 2023-yil 7-avgustdagi №01/1-480/1-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida “O‘zbekinvest” sug‘urta kompaniyasining moliyaviy barqarorligi hamda zaxiralar miqdorining oshishini ta’minlovchi istiqboldagi ko‘rsatkichlar o‘rtasidagi o‘zaro muvofiqlikka erishish imkoni yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish