Abdullaev A’zam Abdievichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Fuqarolik jamiyati rivojida yoshlar ijtimoiy faolligi oshishining  ijtimoiy-falsafiy taxlili” (ijtimoiy-falsafiy tahlil)” 09.00.04- Ijtimoiy falsafa.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/Fal552.
Ilmiy rahbar: Davronov Ziyod falsafa fanlari doktori, professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.F.01.05.
Rasmiy opponentlar: Musaev Odil Rahmatovich, falsafa fanlari doktori, professor; Tulenova Gulmira Jandarovna falsafa fanlari doktori, professor
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat transport universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Fuqarolіk јamіyatі rіvoјіda yoshlar іјtіmoіy faollіgіnіng oshіshі taraqqіyot omіlі ekanіnі nazarіy va amalіy јіhatdan asoslab berіsh.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
fuqarolik jamiyati shakllanishida nodavlat-notijorat tashkilotlari faolligi, aholining barcha qatlamlari ehtiyojlarini qamrab olishga qaratilgan yangi aksiologik yondashuvlar orqali muhim qadriyatlar aniqlanib, ularga asoslanib jamiyatdagi ijtimoiy-axloqiy munosabatlardagi ishtirokining ahamiyati ochib berilgan;
fuqarolik jamiyatining taraqqiyoti vorisiylik xususiyatiga egaligi huquqiy, siyosiy, demokratik, ma’naviy-ma’rifiy jarayonlari hukm surishi va ularga amal qilishiga bog‘liqligi hamda ushbu sohada yoshlarning ma’suliyatini oshirishga urg‘u berish va ularni barcha sohalarda tashabbuskorligining muhimligi asoslangan;
fuqarolik jamiyatini rivojlantirishda yoshlarning ijtimoiy faolligi asosida davlat boshqaruvini zamonaviy jihatdan modernizatsiyalash va liberallashtirishning obektiv omillari, jamiyatda zamonaviy fuqaroviy madaniyatni yuksaltirishning ijtimoiy me’yorlarini himoyalovchi nodavlat institutlarini kuchaytirish va elektron maydonning ijtimoiy-falsafiy jihatlari ochib berilgan;
yoshlarni ijtimoiy faolligini oshirishda motivatsion yoʻnalganlik, yoshlarning tashqi ta’sirlarga ehtiyojini bildiruvchi ekstrovertiv va o‘z ichki mohiyati bilan o‘z-o‘zini anglashini aks ettiruvchi introvertiv yondashuvlarni rivojlantirish, yoshi, ijtimoiy ahvoli bilan bogʻliq maqsadlarni qo‘ya olishda namoyon boʻlishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi Fuqarolik jamiyatini barpo etish va uning rivojida yoshlar ijtimoiy faolligini oshirishning xususiyatlarini o‘rganish yuzasidan olingan ilmiy natijalar asosida:
Davlat boshqaruvida fuqaroviy ijtimoiy faollikni oshirishda jamiyatda zamonaviy madaniyatni ma’naviy-ma’rifiy sohalarni shakllantirish, ijtimoiy me’yorlarni himoyalovchi nodavlat institutlarni kuchaytirish va elektron maydonni kengaytirishni belgilash kerakligi haqidagi fikrlar tasdiqlandi (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar institutining 2023-yil 20-iyundagi 235-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, dissertasiyada ilgari surilgan taklif-tavsiyalar va xulosalar mamlakatimizda fuqarolik jamiyati shakllanishida nodavlat-notijorat tashkilotlari faolligi, aholining barcha qatlamlari ehtiyojlarini qamrab olishga qaratilgan yangi aksiologik yondashuvlar orqali muhim qadriyatlar aniqlanib, ularga asoslanib jamiyatdagi ijtimoiy-axloqiy munosabatlardagi ishtirokining ahamiyati ochib berilgan;
Dissertasiyadagi g‘oyalar davlat boshqaruvini modernizasiyalash va liberallashtirish hamda partiyalarning g‘oyaviy dasturlarini takomillashtirishda muhim ahamiyatga egaligi tasdiqlandi (Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasining siyosiy kengashi ijroiya qo‘mitasi 2023-yil 3-iyuldagi 01-27/206-sonli ma’lumotnomasi). Dissertasiyadagi taklif va tavsiyalar O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasining ish rejasiga kiritilgan tadbirlarni amalga oshirishda o‘ziga xos manba vazifasini o‘tamoqda hamda ushbu tadqiqot xulosalari partiya faoliyatidagi dolzarb masalalarni samarali hal etishga yordam berishi hisobga olingan holda amaliyotda foydalanilmoqda. Natijada, Yangi O‘zbekistonni yaratishda yoshlarni ijtimoiy faolligini oshirishda motivatsion yoʻnalganlik, yoshlarning tashqi ta’sirlarga ehtiyojini bildiruvchi ekstrovertiv va o‘z ichki mohiyati bilan o‘z-o‘zini anglashini aks ettiruvchi introvertiv yondashuvlarni rivojlantirish, yoshi, ijtimoiy ahvoli bilan bogʻliq maqsadlarni qo‘ya olishda namoyon boʻlishining o‘ziga xos xususiyatlaridan biri ekanligi;
Fuqarolik jamiyati rivojining ilmiy-nazariy, metodologik asoslari aniqlanganligi kabi yangiliklardan “O‘zbekiston” telekanalining “Munosabat”, “Munozara maydoni”, “Mahalla” telekanalining “Minbar” ko‘rsatuvlarining ssenariylarini yozishda hisobga olingan holda amaliyotda foydalanildi (O‘zbekiston Milliy Teleradiokompaniyasining 2023-yil 21-dekabrdagi 04-16/2823-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, dissertasiyada ilgari surilgan takliflar mamlakatimizda fuqarolik jamiyatining taraqqiyoti vorisiylik xususiyatiga egaligi huquqiy, siyosiy, demokratik, ma’naviy-ma’rifiy jarayonlari hukm surishi va ularga amal qilishiga bog‘liqligi hamda ushbu sohada yoshlarning ma’suliyatini oshirishga urg‘u berish va ularni barcha sohalarda tashabbuskorligining muhimligi asoslangan;
Tadqiqotda Milliy tiklanish va rivojlanishning umummilliy mafkurasi va keng qamrovli dasturi va strategiyasi bo‘lgan – yurt tinchligi, Vatan taraqqiyoti, xalq farovonligi g‘oyasi atrofida yoshlarimizni birlashtirishning dolzarb mexanizmlari ochib berilganligi tasdiqlangan (O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Markaziy kengashining 2023-yil 20-dekabrdagi 02/02-69-sonli ma’lumotnomasi). Natijada ilmiy ishning yangiliklari va amaliy tavsiyalari O‘zbekiston Milliy tiklanish demokratik partiyasining O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarida milliy o‘zlikni anglash hissini oshirish, milliy g‘urur, Vatanga sadoqat va muhabbat tuyg‘usini shakllantirish hamda mustahkamlash uchun qulay sharoitlar yaratishdagi maqsad va vazifalarni amalga oshirishga xizmat qilgan.
Tadqiqotda “Fuqarolik jamiyati rivojida yoshlar ijtimoiy faolligi oshishining Ijtimoiy-falsafiy tahlili” mavzusidagi dissertatsiyasi ishi natijalaridan O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi faoliyatida foydalanilgan(O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining 2022-yil 16-dekabrdagi 4-13-23-4350-sonli ma’lumotnomasi).
Fuqarolik jamiyati rivojlanishiga ta’sir etuvchi ijtimoiy-madaniy omillar, davlatning fuqarolik jamiyati bilan samarali va konstruktiv muloqot mexanizmlari, nodavlat notijorat tashkilotlarining ehtiyojlarini tizimli tahlil qilish bo‘yicha o‘zaro fikr almashish jarayonini o‘rganishga doir yangi paradigmal yondashuvlar (kumulyativ, aksiologik, akmeologik, epistemologik, eksplanandum, intellektual tashabbus, fenomenologik, sinergetik nuqtai nazardan) ilmiy asoslangan, Natijada tadqiqotchi dissertatsiyada keltirilgan xulosa, taklif va tavsiyalar mamlakatimiz yoshlari ongida fuqarolik jamiyatini rivojlantirishda yoshlarning ijtimoiy faolligi asosida davlat boshqaruvini zamonaviy jihatdan modernizatsiyalash va liberallashtirishning obektiv omillari, jamiyatda zamonaviy fuqaroviy madaniyatni yuksaltirishning ijtimoiy me’yorlarini himoyalovchi nodavlat institutlarini kuchaytirish va elektron maydonning ijtimoiy-falsafiy jihatlarini kuchaytirishga xizmat  qilgan

Yangiliklarga obuna bo‘lish