Raximova Nilufar Aminovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasihimoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifrlari (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Hududda barqaror turizmni boshqarish mexanizmini takomillashtirish (Samarqand viloyati misolida)”, 08.00.13–Menejment va 08.00.17–Turizm va mehmonxona faoliyati (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/Iqt2701
Ilmiy rahbar: Muradova Xusniya Muxiddinovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent shahridagi xalqaro Vestminster universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent shahridagi xalqaro Vestminster universiteti, DSc.22/30.12.2019.I.85.01
Rasmiy opponentlar: Safarov Baxodirxon Shaxriyorovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Alimuxamedova Nargiza Batirjanovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi:
hududlarda barqaror turizmni boshqarishning mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy tavsiyalar va takliflar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Samarqand viloyatida barqaror turizmni boshqarishning ijtimoiy-iqtisodiy mexanizmini takomillashtirish va barqaror turizm “observatoriyasi” tashkil etish asosida yiliga kamida 100 ming xorijiy turistlarni jalb qilish maqsadida ekologik, ijtimoiy, iqtisodiy sohalar monitoringini o‘tkazish uchun “carbon footprint” kalkulyatori modeli ishlab chiqilgan;
hududlarning turizm sohasida iqtisodiy, ekologik va ijtimoiy barqarorlikning ta’minlanganligi, sohada inson kapitali rivojlanganlik darajasi, gender tengligi ko‘rsatkichlari orqali Samarqand viloyatining turli nuqtalarida beradigan barqaror turizm observatoriyasi monitoringi indikatorlarini takomillashtirish asosida 2 million nafar mahalliy turistlarni qabul qilish imkoniyatlari asoslangan;
hududlarda tashrif buyuruvchi turistlarning qolish muddatlarini kamida 3 kunga uzaytirish maqsadida hamda barqaror turizmni joriy etish komponentlari asosida “uglerodsiz neytral turizm” modelini amaliyotda foydalanishi uchun afzalliklari dalillangan;
hududlarda barqaror turizmni rivojlantirishga ta’sir etuvchi iqtisodiy, ekologik va ijtimoiy omillarning tahlili asosida turistlar oqimi hajmining 2028-yilgacha prognoz parametrlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Hududda barqaror turizmni boshqarish mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Samarqand viloyatida barqaror turizmni boshqarishning ijtimoiy-iqtisodiy mexanizmini takomillashtirish va barqaror turizm “observatoriyasi” tashkil etish asosida yiliga kamida 100 ming xorijiy turistlarni jalb qilish maqsadida ekologik, ijtimoiy, iqtisodiy sohalar monitoringini o‘tkazish uchun “carbon footprint” ishlab chiqilgan kalkulyatori modeli bo‘yicha takliflar 2024-yil 9-apreldagi 06-06/26-son “Samarqand viloyatida barqaror turizmni yanada rivojlantirish yuzasidan chora tadbirlar” rejasiga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi turizm va madaniy meros vazirligining 2022-yil 29-dekabrdagi 04-18/8467-sonli bayonnomasi). Taklifning amalga oshirilishi natijasida Samarqand viloyatida faoliyat olib borayotgan turistik subektlarning faoliyati monitoringini iqtisodiy, ijtimoiy va ekologik omillar asosida kompleks baholash imkoniyati yaratilgan;
hududlarning turizm sohasida ijtimoiy, iqtisodiy, ekologik barqarorlikning ta’minlanganligi, sohada inson kapitali rivojlanganlik darajasi, gender tengligi ko‘rsatkichlari orqali va Samarqand viloyatining turli nuqtalarida 2 million nafar mahalliy turistlarni qabul qilish imkonini beradigan barqaror turizm observatoriyasi monitoringi indikatorlarini takomillashtirish bo‘yicha asoslangan takliflar 2024-yil 9-apreldagi 06-06/26-son “Samarqand viloyatida barqaror turizmni yanada rivojlantirish yuzasidan chora tadbirlar” rejasiga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi turizm va madaniy meros vazirligining 2022-yil 29-dekabrdagi           04-18/8467-sonli bayonnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida Samarqand viloyatidagi turistik subektlarni barqarorlik tamoyili asosida reyting baholash orqali samarali boshqaruv dasturlari ishlab chiqildi;
hududlarda tashrif buyuruvchi turistlarning qolish muddatlarini kamida 3 kunga uzaytirish maqsadida hamda barqaror turizmni joriy etish komponentlari asosida “uglerodsiz neytral turizm” modelini amaliyotda foydalanishi uchun afzalliklari bo‘yicha taklif 2024-yil 9-apreldagi 06-06/26-son “Samarqand viloyatida barqaror turizmni yanada rivojlantirish yuzasidan chora tadbirlar” rejasiga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi turizm va madaniy meros vazirligining 2022-yil 29-dekabrdagi 04-18/8467-sonli bayonnomasi). Taklifning amalga oshirilishi natijasida mikrodarajadagi turistik tadbirkorlik subektlarida turistik faoliyat salbiy ta’sirlarini yumshatish, energiya samaradorligiga erishish, qayta tiklanuvchi energiya manbalariga o‘tishning boshqaruv strategiyasi takomillashtirilgan;
hududlarda barqaror turizmni rivojlantirishga ta’sir etuvchi iqtisodiy, ekologik va ijtimoiy omillarning tahlili asosida turistlar oqimi hajmining 2028-yilgacha prognoz parametr ko‘rsatkichlarni qo‘llash bo‘yicha amaliy tavsiyalar Turizm qo‘mitasining “2022-2023-yillarda hududlarning turizm salohiyatini izchil o‘rganish natijasida amalga oshirilishi rejalashtirilgan chora-tadbirlar” Dasturi va “Yoʻl xaritasi”ga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi turizm va madaniy meros vazirligining 2022-yil 29-dekabrdagi 04-18/8467-sonli bayonnomasi). Natijada, barqaror turizmni rivojlantirish asosida hududlarga tashrif buyuradigan turistlar oqimi hajmining o‘sishi dalillangan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish