Berdiev Bobir Baxtiyorovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): “Ipakchilik korxonalarida brend strategiyasidan foydalanishni takomillashtirish”, 08.00.11–“Marketing”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Iqt2266.
Ilmiy rahbari: Ergashxodjaeva Shaxnoza Djasurovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti huzuridagi DSc.03/30.12.2020.I.16.02 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Kasimova Fatima Tulkunovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor, Xalilov Sirojiddin Sherali o‘g‘li, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Namangan muhandislik texnologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: bo‘lib, ipakchilik korxonalarida brend strategiyasidan foydalanishni takomillashtirishga qaratilgan taklif va tavsiyalar ishlab chiqish hisoblanadi.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: uslubiy yondashuvga ko‘ra «brend» tushunchasining iqtisodiy mazmuni korxonalar tomonidan tovar siyosatining ajralmas tarkibiy qismi sifatida mijozlar bilan aloqa qilish, tovarlarni raqobatchilardan farqlash vositalari va tovar va xizmatlariga qo‘shilgan qiymat yaratishning o‘ziga xos nomoddiy aktivi nuqtai nazaridan takomillashtirilgan;
ipakchilik mahsulotlarining o‘ziga xos xususiyatlari sifatida tanlangan (Xn – moda, barqarorlik, tozalik, ijodiylik, innovasionlik, nafislik, noyoblik) kabi brend unsurlarini mijozlarning brenddan xabardorlikka (Xn->Y1=-0,699) va sodiqlikka (Xn -> Y4=-0,434) «salbiy», qabul qilinadigan sifat (Xn -> Y2 =0,383) hamda mijozning ishonish hissiga (Xn->Y3 =0,373) «ijobiy» ta’sirlarini hisobga olgan holda marketing strategiyasini tanlash asoslangan;
brendlarning ijtimoiy samaraga yo‘naltirilganlik tamoyili asosida «O‘zbekipaksanoat» uyushmasining marketing bo‘limi faoliyati tarkibida «O‘zbek ipak tolasi» brendini ommalashtirishga qaratilgan media-makon faoliyatini yo‘lga qo‘yish taklif etilgan;
ipakchilik mahsulotlarini elektron tijorat samaradorligini oshirish orqali eksport ko‘rsatkichlarini rivojlanishining 2030 yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ipakchilik korxonalarida brend strategiyasidan foydalanishni takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
uslubiy yondashuvga ko‘ra «brend” tushunchasining iqtisodiy mazmuni korxonalar tomonidan tovar siyosatining ajralmas tarkibiy qismi sifatida mijozlar bilan aloqa qilish, tovarlarni raqobatchilardan farqlash vositalari va tovar va xizmatlariga qo‘shilgan qiymat yaratishning o‘ziga xos nomoddiy aktivi nuqtai nazaridan takomillashtirishga oid nazariy-uslubiy ma’lumotlardan oliy o‘quv yurti talabalari uchun tavsiya etilgan «Marketing» nomli darslikni tayyorlashda foydalanilgan (Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rektorining 2023 yil 21 dekabrdagi 387-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan 387-02-son o‘quv adabiyotining nashr ruxsatnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida talabalarda korxonalar tomonidan tovar siyosatining ajralmas tarkibiy qismi sifatida mijozlar bilan aloqa qilish, tovarlarni raqobatchilardan farqlash vositalari va tovar va xizmatlariga qo‘shilgan qiymat yaratishning o‘ziga xos nomoddiy aktivi nuqtai nazaridan takomillashtirilgan “brend” tushunchasi yuzasidan nazariy bilimlarni chuqurlashtirish imkoni yaratilgan;
ipakchilik mahsulotlarining o‘ziga xos xususiyatlari sifatida tanlangan (Xn – moda, barqarorlik, tozalik, ijodiylik, innovasionlik, nafislik, noyoblik) kabi brend unsurlarini mijozlarning brenddan xabardorlikka (Xn->Y1=-0,699) va sodiqlikka (Xn -> Y4=-0,434) «salbiy”, qabul qilinadigan sifat (Xn -> Y2 =0,383) hamda mijozning ishonish hissiga (Xn->Y3 =0,373) «ijobiy” ta’sirlarini hisobga olgan xolda marketing strategiyasini tanlash taklifi «O‘zbekipaksanoat» uyushmasining 2023 yil 26 iyundagi 30-23 F/O-son buyrug‘iga asosan tarmoq korxonalarining marketing faoliyatiga joriy etilgan («O‘zbekipaksanoat» uyushmasining 2024 yil 7 fevraldagi 1-2/213-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifni amaliyotga joriy etilishi natijasida “Fabrictex” MChJ, Inter Silk Pro QK, Sapfir Savdo Sanoat MChJ, Radiant silk MChJlarning ipakchilik mahsulotlarining brend arxitekturasi yaratilgan;
brendlarning ijtimoiy samaraga yo‘naltirilganlik tamoyili asosida «O‘zbekipaksanoat» uyushmasining marketing bo‘limi faoliyati tarkibida «O‘zbek ipak tolasi» brendini ommalashtirishga qaratilgan media-makon faoliyatini yo‘lga qo‘yish taklifi «O‘zbekipaksanoat» uyushmasining 2023 yil 26 iyundagi 30-23 F/O-son buyrug‘iga asosan tarmoq korxonalarining marketing faoliyatiga joriy etilgan («O‘zbekipaksanoat» uyushmasining 2024 yil 7 fevraldagi 1-2/213-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifni amaliyotga joriy etilishi natijasida tarmoqning elektron savdo maydonchalarida joylashgan mahsulotlar assortimenti 2023 yilda 2022 yilga nisbatan 55 foizga va savdolar hajmini 6,9 foizga oshirish imkoni yaratilgan;
ipakchilik mahsulotlarini elektron tijorat samaradorligini oshirish orqali eksport ko‘rsatkichlarini rivojlanishining 2030 yilga qadar ishlab chiqilgan prognoz ko‘rsatkichlari «O‘zbekipaksanoat» uyushmasining 2023 yil 26 iyundagi 30-23 F/O-son buyrug‘iga asosan tarmoq korxonalarining marketing faoliyatiga joriy etilgan («O‘zbekipaksanoat» uyushmasining 2024 yil 7 fevraldagi 1-2/213-son ma’lumotnomasi). Mazkur prognoz ko‘rsatkichlarini amaliyotga joriy etilishi natijasida uyushma tarkibidagi tarmoq korxonalarining eksportdagi ulushini 8,5 foizga oshirish imkoniyati aniqlanib, tarmoq korxonalari tomonidan ipakchilik mahsulotlari elektron tijorati hajmining istiqboldagi ko‘rsatkichlarini yanada aniqlashtirish va muvofiqlashtirish imkoni yaratilgan.