Xudayberganov San’at Sanjarovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: O‘zbekiston Respublikasini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida xorijiy hamkorlikning o‘rni  (1991-2021-yillar, Xorazm viloyati misolida), 07.00.01 – O‘zbekiston tarixi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:  B2021.3.PhD/Tar960.
Ilmiy rahbarining F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Davletov Sanjarbek Rajabovich, tarix fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi:  Urganch davlat universiteti.
 IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Urganch davlat universiteti, PhD.03/30.06.2021.Tar.55.05.
Rasmiy opponentlarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Koshanov Baxitbay Abdikerimovich tarix fanlari doktori, professor; Atajanova Feruza Erkinovna, tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori.
Yetakchi tashkilot nomi: Xorazm Ma’mun akademiyasi
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi 1991-2021-yillarda Xorazm viloyatining iqtisodiy-ijtimoiy rivojlanishida xorijiy hamkorlik aloqalari tarixini yoritishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
mustaqillikning dastlabki yillaridagi eng dolzarb masala aholini xavfsiz oziq-ovqat va boshqa iste’mol mahsulotlari bilan ta’minlashga bo‘lganligi bois viloyat extiyojlarini xorijiy sarmoyalar jalb etish orqali yumshatishga qaratilishi o‘sha davrning o‘tkir ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini hal qilishga imkon berganligi ko‘rsatib berilgan;
makroiqtisodiyotining tarkibiy qismi sifatida mintaqaviy iqtisodiy e’tibor qaratilishi natijasida viloyati iqtisodiyotiga Turkiya, Italiya, Germaniya kabi hamkor davlatlar investisiyalarining jalb qilinishi, paxtani qayta ishlash, charm-poyafzal sanoatini shakllantirish va rivojlantirishga imkon berganligi dalillangan;
Orolbo‘yi mintaqasidagi ijtimoiy muammolarni hal qilishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish doirasida  xalqaro gumanitar aloqalar aholini toza suv bilan ta’minlash, sanitarik holat va salomatlikni qo‘llab-quvvatlashga qaratilishi viloyatda Orol fojiasi salbiy oqibatlarini birmuncha yumshatishga xizmat qilganligi isbotlangan;
so‘nggi yillarda Xorazm viloyatining iqtisodiy holatini yanada rivojlantirishga qaratilgan davlat dasturlari asosan meva-sabzavotchilik, go‘sht, sut maxsulotlari va charm-poyafzal mahsulotlari ishlab chiqarish, engil sanoat va mashinasozlik sohalari ulushini oshirishga  qaratilishi, yaratilgan mahsulotlarning eksportga yo‘naltirilishi barobarida  viloyatda qulay investision muhit va iqtisodiyotning o‘sish sur’atlarini tezlashtirishiga imkon yaratganligi asoslangan.
Tadqiqotning amaliy natijalari quyidagilardan iborat:
Xorazm viloyati misolida xorijiy hamkorlik aloqalarining mintaqaviy xususiyatlari i ko‘rib chiqilib, ushbu  ma’lumotlardan O‘zbekiston tarixi fanining tegishli davri tarixi o‘rganish va o‘qitishda foydalanish mumkin bo‘lgan jihatlar ko‘rsatib berilgan;
Xorazm viloyatida xorijiy hamkorlik aloqlarini yanada rivojlantirish yo‘lida, madaniy-gumanitar, xususan, fan-ta’lim madaniyat va turizm kabi yo‘nalishlarning tutgan o‘rni va ahamiyati, viloyatda faoliyat olib borayotgan do‘stlik jamiyatlari faoliyatini kuchaytirish yuzasidan takliflar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbekiston Respublikasini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida xorijiy hamkorlikning o‘rni (1991-2021-yillar, Xorazm viloyati misolida) mavzusini o‘rganish asosida:
mustaqillikning dastlabki yillaridagi eng dolzarb masala aholini xavfsiz oziq-ovqat va boshqa iste’mol mahsulotlari bilan ta’minlashga bo‘lganligi bois viloyat extiyojlarini xorijiy sarmoyalar jalb etish orqali yumshatishga qaratilishi o‘sha davrning o‘tkir ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini hal qilishga imkon berganligi bilan bog‘liq natijalaridan Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazining 2023 yil uchun chora tadbirlar dasturining III yo‘nalishida belgilangan “G‘oya va mafkura masalasi hamda ilm-fan va ma’rifat targ‘iboti” 14-bandi “Ijtimoiy-ma’naviy va mafkuraviy jarayonlarni tadqiq qilish texnologiyalari bo‘yicha xorij tajribasini o‘rganish” da foydalanilgan. (Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi Ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar institutining 2023-yil 12-iyuldagi 254-son ma’lumotnomasi). Natijada dissertatsiyaning ilmiy xulosalari, amaliy natijalari Xorazm viloyatida ijtimoiy sohani rivojlanishiga doir xalqaro hamkorlik aloqalarini, millatlararo totuvlik, ijtimoiy sheriklik, xalqaro hamjihatlikni rivojlantirishga xizmat qilgan;
makroiqtisodiyotining tarkibiy qismi sifatida mintaqaviy iqtisodiy e’tibor qaratilishi natijasida viloyati iqtisodiyotiga Turkiya, Italiya, Germaniya kabi hamkor davlatlar investisiyalarining jalb qilinishi, paxtani qayta ishlash, charm-poyafzal sanoatini shakllantirish va rivojlantirishga imkon berganligiga oid natijalaridan “O‘zbekiston tarixi” telekanalida efirga uzatilgan “Mavzu” ko‘rsatuvi ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan. (O‘zbeksiton milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston telekanali” davlat unitar muassasasining 2023-yil 15-avgustdagi 06-28-1235-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, telekanal tomonida efirga uzatilgan maskur teleko‘rsatuvlar mazmunini boyitishga hamda ilm-fan va ta’lim, sog‘liqni saqlash, ishlab chiqarish kabi sohalarda mavjud muammolarni echimini topishga xizmat qilgan;
Orolbo‘yi mintaqasidagi ijtimoiy muammolarni hal qilishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish doirasida  xalqaro gumanitar aloqalar aholini toza suv bilan ta’minlash, sanitarik holat va salomatlikni qo‘llab-quvvatlashga qaratilishi viloyatda Orol fojiasi salbiy oqibatlarini birmuncha yumshatishga xizmat qilganligiga oid natijalaridan “O‘zbekiston tarixi” telekanalida efirga uzatilgan “Mavzu” ko‘rsatuvi ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan. (O‘zbeksiton milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston telekanali” davlat unitar muassasasining 2023-yil 15-avgustdagi 06-28-1235-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, telekanal tomonida efirga uzatilgan maskur teleko‘rsatuvlar mazmunini boyitishga hamda xalqimizning voha tarixiga doir bilimlarini oshirishga imkon bergan;
so‘nggi yillarda Xorazm viloyatining iqtisodiy holatini yanada rivojlantirishga qaratilgan davlat dasturlari asosan meva-sabzavotchilik, go‘sht, sut maxsulotlari va charm-poyafzal mahsulotlari ishlab chiqarish, engil sanoat va mashinasozlik sohalari ulushini oshirishga  qaratilishi, yaratilgan mahsulotlarning eksportga yo‘naltirilishi barobarida  viloyatda qulay investision muhit va iqtisodiyotning o‘sish sur’atlarini tezlashtirishiga imkon yaratganligi bo‘yicha natijalardan O‘zbekiston savdo sanoati palatasining Xorazm viloyati hududiy boshqarmasi faoliyatida foydalanilgan. Xususan, dissertatsiya ilmiy yangiliklari va amaliy natijalari hudud tadbirkorlari faoliyatini takomillashtirish uchun xizmat qildi. (O‘zbekiston savdo sanoati palatasi Xorazm viloyati hududiy boshqarmasi 2023-yil 17-avgutdagi 05-06/807-son ma’lumotnomasi). Natijada dissertatsiya ilmiy xulosa va amaliy natijalari Xorazm viloyatida ijtimoiy-iqtisodiy sohani rivojlanishida hamda xalqaro aloqalarni yo‘lga qo‘yishda va faoliyatni takomillashtirishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish