Kuvvatov Xusniddin Abduxakimovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Karpsimon baliqlarning asosiy sestodozlari, ularni baliqlar organizmining morfo-fiziologik xususiyatlariga ta’siri», 03.00.08 – Odam va hayvonlar fiziologiyasi (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/B1118.
Ilmiy rahbar: Daminov Asadullo Suvonovich, veterinariya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat veterinariya medisinasi, chorvachiligi va biotexnologiyalar universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qarshi davlat universiteti, PhD.03/30.06.2020.B.70.03.
Rasmiy opponentlar: Zaynabiddinov Anvar Erkinjonovich, biologiya fanlari doktori, professor; Rahmatullaev Yorqin Shokirovich, biologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qoraqalpoq davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: karpsimon baliqlarning asosiy sestodoz qo‘zg‘atuvchilarining organizm morfo-fiziologik xususiyatlariga ta’sirini aniqlash, sestodozlarga qarshi ilmiy asoslangan kurash choralarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Samarqand va Jizzax viloyatlari ayrim suv havzalaridagi karpsimon baliqlar organizmida 6 turdagi (ichak devorida 2 ta, ichak bo‘shlig‘ida 2 ta, qorin va tana bo‘shliqlarida 2 ta) sestodalar parazitlik qilishi, zararlash darajasi bo‘yicha Ligula intestinalis ning ustunlik qilishi aniqlangan;
baliqlarning sestodalar bilan zararlanish darajasi yilning mavsumi (bahorda o‘rtacha 22%, kuzda 24%)ga va baliqlar yoshiga (bir yillikda o‘rtacha 20%, ikki yillikda 28%) bog‘liqligi asoslangan;
baliqlar qoni gematologik ko‘satkichlarining invaziya intensivligining oshib borishiga bog‘liq holda o‘zgarish dinamikasi (gemoglobinning 36,07 % ga, eritrotsitlarning 47,7% ga kamayishi, leykotsitlarning 25,8% ga ortishi) ochib berilgan;
Ligula intestinalis bilan zararlangan baliqlar organizmidagi fiziologik jarayonlarning buzilishi orqa, ko‘krak, anal va dum suzgich qanotlar o‘lchamining kichrayishiga sabab bo‘lishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Karpsimon baliqlarning asosiy sestodozlari, ularning baliqlar oganizmining morfo-fiziologik xususiyatlariga ta’sirini aniqlash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
karpsimon baliqlarning sestodalar bilan zararlanishi oqibatida kuzatiladigan morfo-fiziologik o‘zgarishlar, zararlanishning baliqlar yoshi, yil mavsumiga ko‘ra uchrash darajasi bo‘yicha olingan ma’lumotlar Samarqand va Jizzah viloyati baliqchilik xo‘jaliklari amaliyotiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasining 2024 yil 15 apreldagi 02/23-238-son ma’lumotnomasi). Natijada, karpsimon baliqlarning sestodoz kasalliklarini tashxislash, monitoring qilish imkonini bergan;
sestodozlarga qarshi ishlab chiqilgan kurash chora-tadbirlari bo‘yicha amaliy tavsiyalar Samarqand va Jizzah viloyati baliqchilik xo‘jaliklari amaliyotiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasining 2024 yil 15 apreldagi 02/23-238-son ma’lumotnomasi). Natijada, invaziyalarga qarshi kurashish asosida baliqlar mahsuldorligini oshirish imkonini bergan.