Radjiev Ayubxon Baxtiyorxonovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: Statistika faoliyatida axborot tizimlaridan samarali foydalanish nazariyasi va uslubiyoti 08.00.14– Iqtisodiyotda axborot tizimlari va texnologiyalari.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.DSc/Iqt2331
Ilmiy rahbar: Begalov Bahodir Abdusalomovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligining Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti, DSc.29/30.12.2019.I.92.01.
Rasmiy opponentlar: Qo‘chqorov Tohir Safarovich iqtisodiyot fanlari doktori, professor, Jukovskaya Irina Evgenievna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor, Aziz Bobojonov iqtisodiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti. Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: davlat boshqaruv organlari va foydalanuvchilarni sifatli hamda tezkor statistika axborotlari bilan ta’minlash borasida statistik axborot tizimlarini optimal loyihalashtirish va ulardan samarali foydalanishning nazariyasi va uslubiyotini ishlab chiqishdan iborat.
III . Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
iqtisodiyotni raqamlashtirish sharoitida davlat statistika organlarining axborot tizimlarini ishlab chiqish, amaliyotga samarali joriy qilish va foydalanuvchilar talabidan kelib chiqqan holda takomillashtirishning nazariy jihatlari taklif qilingan;
respondentlar davlat statistika hisobotlarini qulay jo‘natishlariga yo‘naltirilgan statistik axborot tizimlari optimal faoliyatining iqtiso-diy-matematik modellari va texnologiyalari taklif qilingan;
axborot ta’minotini optimal loyihalashtirish va ulardan samarali foydalanishni tashkil qilish orqali statistik axborot tizimlaridan samarali foydalanish texnologiyalari ishlab chiqilgan;
statistik ma’lumotlarning tijoratlashgan bankini shakllantirish va statistik axborot resurslarini tijorat obekti sifatida biznes-jarayonlarni keng yo‘lga qo‘yish asosida foydalanuvchilarning statistik axborotlar-ga talabini qondirishda raqamli texnologiyalardan foydalanish yo‘llari va unda axborot tizimlaridan foydalanish mexanizmlari ishlab chiqilgan;
“Statistika” integratsiyalashgan axborot tizimining vazirlik va idoralar axborot tizimlari bilan o‘zaro integratsiyasini yo‘lga qo‘yishning nazariy asoslari taklif qilingan;
statistika faoliyatida axborot tizimlarini qo‘llash natijasida olinadigan iqtisodiy samaradorlikni hisoblash usullari va statistika hisobotlarini axborot tizimi orqali qabul qilish hamda qayta ishlashning samaradorlik ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tadqiqotning quyidagi natijalari amaliyotga tatbiq etildi:
iqtisodiyotni raqamlashtish sharoitida davlat statistika organlarining axborot tizimlarini ishlab chiqish, amaliyotga samarali joriy qilish va foydalanuvchilar talabidan kelib chiqqan holda takomillashtirib borishning nazariy jihatlari amaliyotga joriy qilish bo‘yicha qabul qilingan(O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligining 2023-yil 8-sentyabrdagi 01/3-16-10/2-47-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklif Statistika agentligi faoliyatini raqamli transformatsiya qilish bo‘yicha ustuvor loyihalarni amalga oshirishda foydalanish, shuningdek, statistik ma’lumot-larni to‘plash va ularni qayta ishlash bo‘yicha foydalanilayotgan axborot tizimlarini takomillashtirishda qo‘llanilgan;
respondentlarning davlat statistika hisobotlarini qulay jo‘natishlariga yo‘naltirilgan statistik axborot tizimlari optimal faoliyatining iqtisodiy-matematik modellari, texnologiyasi va mexanizmlari Agentlik faoliyatiga joriy qilindi (O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligining 2023-yil 8-sentyabrdagi 01/3-16-10/2-47- sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilik statistik hisobotlarni qabul qilishning e-Stat 4.0 avtomatlashtirilgan axborot tizimida mantiqiy nazorat modullarini takomillashtirishda qo‘llanilgan. Shuningdek, o‘tgan davrlarga yoki boshqa hisobot shakllariga tegishli ma’lumotlar bilan taqqoslash shaklini to‘ldirish jarayonida amalga oshirish imkoniyati yaratilgan;
axborot ta’minotini optimal loyihalashtirish va ulardan samarali foydalanishni tashkil qilish orqali statistik axborot tizimlaridan samarali foydalanish texnologiyalari Agentlik faoliyatiga joriy qilindi (O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligining 2023-yil
8-sentyabrdagi 01/3-16-10/2-47-sonli ma’lumotnomasi). Katta hajmli statistik axborotlarning shakllanishi va doimiy ravishda ortib borishi sharoitida axborot ta’minotini optimal tashkil qilish natijasida 110 mln. so‘m miqdorida iqtisodiy samaradorlikka erishilgan;
statistik ma’lumotlarning tijoratlashgan bankini shakllantirish va statistik axborot resurslarini tijorat obekti sifatida biznes-jarayonlarni keng yo‘lga qo‘yish asosida foydalanuvchilarning statistik axborotlarga talabini qondirishda raqamli texnologiyalardan foydalanish yo‘llari va unda axborot tizimlaridan foydalanish mexanizmlari Agentlik faoliyatiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligining 2023-yil
8-sentyabrdagi 01/3-16-10/2-47-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikni amaliyotga joriy etish natijasida rasmiy veb-saytda zamonaviy texnologiyalardan foydalangan holda statistik ma’lumotlarni vizual ko‘rinishda taqdim etuvchi platforma va statistik to‘plamlarni online sotib olish imkonini beruvchi elektron do‘kon takomillashtirilgan va saytga tashrif buyuruvchilar
56 %ga oshgan;
“Statistika” integratsiyalashgan axborot tizimini vazirlik va idoralarning axborot tizimlari bilan o‘zaro integratsiyasini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha taklif Agentlik faoliyatiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligining 2023-yil 8-sentyabrdagi 01/3-16-10/2-47-sonli ma’lumotnomasi). “Statistika” integrallashgan axborot tizimi ma’lumotlar bazasining boshqarish tizimlari arxitekturasini optimal loyihalashtirish va katta hajmli ma’lumotlar bazalari bilan ishlashda foydalanilgan;
axborot tizimlarini statistika faoliyatida qo‘llash natijasida olinadigan iqtisodiy samaradorlikni hisoblash usullari va statistika hisobotlarini axborot tizimi orqali qabul qilish va qayta ishlashning samaradorlik ko‘rsatkichlari Agentlik faoliyatiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligining 2023-yil 8-sentyabrdagi 01/3-16-10/2-47-sonli ma’lumotnomasi). Natijada STATA amaliy dasturiy paketidan foydalanish sohalari kengaytirilib, tahliliy ma’lumotlarni ishlab chiqish, ma’lumotlarni turli infografika va diagramma ko‘rinishida tasvirlash jarayonlarga sarflangan vaqt 2 baravar hamda Statistika agentligining mehnat resurslaridan samarali foydalanish va ularni boshqarish samaradorligi 11,7 %ga oshishiga erishilgan.