Buranova Dinara Baxtiyarovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Xorazm hududi kremnezyomli xomashyo resurslarini boyitish va shisha materiallari uchun emal qoplamalarini olish texnologiyasi», 02.00.13 - Noorganik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi, 02.00.15 - Silikat va qiyin eriydigan nometall materiallar texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/T4055.
Ilmiy rahbarlar: Kurambaev Sherzod Raimberganovich, texnika fanlari doktori, dotsent; Yunusov Mirjalil Yusupovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Urganch davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Umumiy va noorganik kimyo instituti huzuridagi DSc.02/05.05.2023.K/T.35.02 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Nurmurodov To‘lqin Isamurodovich, texnika fanlari doktori, professor; Usmanov Xikmatula Lutpullaevich, texnika fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: Qoraqalpoq davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Xorazm hududi kremnezyomli xomashyo resurslarini boyitish va shisha materiallari uchun emal qoplamalarini olish texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Xiva koni dala shpatli kvars qumi, Sulton Uvays dala shpati xomashyolarini va Olmaliq tog‘-kon metallurgiya kombinatida ruxni ajratishda hosil bo‘luvchi qo‘rg‘oshinli chiqindisini kimyoviy, mineralogik, donadorlik tarkibi aniqlangan, hamda ularni shisha emal olishda qo‘llash imkoniyatlari asoslangan;
Xiva koni dala shpatli kvars qumini boyitishda mos keluvchi boyitish texnologiyasini tanlash orqali tarkibidagi ЅiO2 miqdori 86,06 dan 97,24 mas. % gacha oshganligi, Fe2O3 miqdori esa 1,05 dan 0,10 mas. % gacha kamayganligi aniqlangan;
kremnezyom konsentratini shisha material yuzalari uchun badiiy bezak qoplama, shisha emal olishda foydalanish imkoniyatlari ilmiy asoslangan va emallangan shisha olishning takomillashgan texnologiyasi ishlab chiqilgan;
Xiva kvars qumi, Sulton Uvays dala shpati, qo‘rg‘oshinli chiqindi omuxtalaridan shisha emal olishda, yuqori haroratdagi pishish, fazaviy o‘tish, silikat suyuqlanma va shisha hosil bo‘lish jarayonlariga, shakllanishiga, fizik-mexanik hamda texnologik xossalariga ta’siri aniqlangan;
qo‘rg‘oshinli chiqindini shisha omuxtasi tarkibiga 6 dan 10 mas. % gacha kiritilishi natijasida shisha emal hosil bo‘lishining jadallashishi, yaltiroqlik darajasining oshishi, nur sindirish ko‘rsatkichi 1,62 dan 1,71 gacha o‘zgarishi isbotlangan;
“Xiva kvars qumi - Sulton Uvays dala shpati - qo‘rg‘oshinli chiqindi” kompozisiyasining qaynash harorati boshlang‘ich komponentlar tarkibiga bog‘liq holda, shisha emal olishda, shisha qaynash jarayoni amaldagiga nisbatan 100°S ga past haroratda borishi asoslangan;
toblangan shisha va shisha emal orasidagi o‘zaro birikish mustahkamligi va estetik xossalari aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Xiva koni dala shpatli kvars qumi, Sulton Uvays dala shpati, Olmaliq tog‘-kon metallurgiya kombinatida ruxni ajratishda hosil bo‘luvchi qo‘rg‘oshinli chiqindidan foydalanib shisha yuzalari uchun shisha emallar ishlab chiqarish bo‘yicha olingan ilmiy natijalari asosida:
Xiva koni dala shpatli kvars qumidan boyitilgan konsentrat olish texnologiyasi “To‘rtko‘l Shisha Idishlari” MChJning “2024-2025 yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati”ga kiritilgan (“O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasining 2024 yil 20 martdagi 02/15-603-son ma’lumotnomasi). Natijada, amaldagi standart talablarga to‘liq javob beruvchi kremnezyomli konsentrat olish imkonini beradi;
boyitilgan konsentrat, Sultan Uvays koni dala shpati va qo‘rg‘oshinli chiqindi asosida shisha emal qoplamasi olish texnologiyasi “Horazm shisha idishlari” MChJ qo‘shma korxonasida amaliyotga joriy etilgan (“O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasining 2024 yil 20 martdagi 02/15-603 - son ma’lumotnomasi). Natijada, emallangan va toblangan-badiiy bezak qoplamali shisha namunalarini olish imkonini bergan.