Maxmudov Asliddin Sirojiddin o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarda strategik boshqaruv hisobini takomillashtirish”, 08.00.08 – “Buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va audit”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/Iqt 3034.
Ilmiy rahbar: Maxsudov Begmatjon Yuldashalievich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/10.12.2019.I.16.01.
Rasmiy opponentlar: Axmedjanov Karimjon Bakidjanovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Ermatov Akmaljon Akbaralievich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” milliy tadqiqot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi kimyo sanoati korxonalarida strategik boshqaruv hisobini tashkil etish va uslublarini takomillashtirishga qaratilgan taklif hamda tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “strategik boshqaruv hisobi” tushunchasining iqtisodiy mazmuni faoliyatning strategik maqsadlariga erishishga qaratilgan korxonaning tarmoq xususiyatlari va faoliyatidagi inqiroz ko‘rinishlarining oqibatlarini kamaytirish uchun ichki va tashqi muhit omillari, xavf va tahdidlar ta’sirini aniqlashni inobatga olgan holda hisob-tahlil ma’lumotlarini to‘plash va qayta ishlashning kompleks tizimi nuqtai nazaridan takomillashtirilgan;
strategik boshqaruv hisobida innovatsion rivojlanish modulining hisob-tahlil ma’lumotlari innovatsiyalarni joriy etish uchun qilingan xarajatlarni hisobga olish imkonini beruvchi 0191 – “Innovatsiyalar uchun asosiy vositalar” ishchi schyotini hisob siyosatiga kiritish taklif etilgan;
korxonaning barqaror rivojlanish strategiyasini amalga oshirish, aylanma aktivlarga investisiyalar kiritish hamda ularga doir ma’lumotlar hisobini boshqarish va nazorat qilish maqsadida korxona hisob siyosatida ilmiy-tadqiqot va ishlanmalar bo‘yicha xarajatlarini 0800–“Kapital qo‘yilmalar”ni hisobga oluvchi schyot tarkibida 0870 – “Aylanma aktivlarga investisiyalar” analitik schyotini kiritish taklifi asoslangan;
“O‘zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyatining moliyaviy-iqtisodiy ko‘rsatkichlari strategik tahlili hamda ular o‘rtasidagi bog‘liqlikning ekonometrik modeli asosida 2030-yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Strategik boshqaruv hisobini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “strategik boshqaruv hisobi” tushunchasining iqtisodiy mazmunini faoliyatning strategik maqsadlariga erishishga qaratilgan korxonaning tarmoq xususiyatlari va faoliyatidagi inqiroz ko‘rinishlarining oqibatlarini kamaytirish uchun ichki va tashqi muhit omillari, xavf va tahdidlar ta’sirini aniqlashni inobatga olgan holda hisob-tahlil ma’lumotlarini to‘plash va qayta ishlashning kompleks tizimi nuqtai nazaridan takomillashtirishga oid nazariy-uslubiy materiallardan oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun tavsiya etilgan “Buxgalteriya hisobiga kirish” nomli o‘quv qo‘llanmani tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 19-iyuldagi 233-sonli buyrug‘i). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida talabalarda faoliyatning strategik maqsadlariga erishishga qaratilgan korxonaning tarmoq xususiyatlari va faoliyatidagi inqiroz ko‘rinishlarining oqibatlarini kamaytirish uchun ichki va tashqi muhit omillari, xavf va tahdidlar ta’sirini aniqlashni inobatga olgan holda hisob-tahlil ma’lumotlarini to‘plash va qayta ishlashning kompleks tizimi nuqtayi nazaridan takomillashtirilgan “strategik boshqaruv hisobi” tushunchasi bo‘yicha nazariy bilimlarni yanada chuqurlashtirish imkoni yaratilgan;
strategik boshqaruv hisobida innovatsion rivojlanish modulining hisob-tahlil ma’lumotlari innovatsiyalarni joriy etish uchun qilingan xarajatlarni hisobga olish imkonini beruvchi 0191 – “Innovatsiyalar uchun asosiy vositalar” ishchi schyotini hisob siyosatiga kiritish taklifi “O‘zkimyosanoat” AJ tomonidan amaliyotga joriy etilgan (“O‘zkimyosanoat” AJning 2024-yil    23-maydagi 19-1665-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida strategik boshqaruv hisobida innovatsion rivojlanish modulining hisob-tahlil ma’lumotlari innovatsiyalarni joriy etish uchun qilingan xarajatlarni hisobga olish imkonini bergan;
korxonaning barqaror rivojlanish strategiyasini amalga oshirish, aylanma aktivlarga investisiyalar kiritish hamda ularga doir ma’lumotlar hisobini boshqarish va nazorat qilish maqsadida korxona hisob siyosatida ilmiy-tadqiqot va ishlanmalar bo‘yicha xarajatlarini 0800 – “Kapital qo‘yilmalar”ni hisobga oluvchi schyot tarkibida 0870 – “Aylanma aktivlarga investisiyalar” analitik schyotini kiritish taklifi “O‘zkimyosanoat” AJ tomonidan amaliyotga joriy etilgan (“O‘zkimyosanoat” AJning 2024-yil 23-maydagi 19-1665-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida korxonaning barqaror rivojlanish strategiyasini amalga oshirish, aylanma aktivlarga investisiyalar kiritish hamda ularga doir ma’lumotlar hisobini boshqarish va nazorat qilish imkonini bergan;
“O‘zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyatining moliyaviy-iqtisodiy ko‘rsatkichlari strategik tahlili hamda ular o‘rtasidagi bog‘liqlikning ekonometrik modeli asosida 2030-yilga qadar ishlab chiqilgan prognoz ko‘rsatkichlari “O‘zkimyosanoat” AJ tomonidan amaliyotga joriy etilgan (“O‘zkimyosanoat” AJning 2024-yil 23-maydagi 19-1665-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida korxonada strategik maqsadlar uchun yo‘naltirilgan moliyaviy va nomoliyaviy mablag‘lar samaradorligini aniqlash hamda natijadorligini belgilash imkoniyati yaratilib, ko‘rsatkichlarning aloqadorlikka amal qilishi strategik prognoz balansini shakllantirishning asosiy bosqichlarini kuzatish va alohida bosqichlar orasidagi ichki o‘zaro aloqalarni aniq ko‘rsatish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish