Allaniyazov Paraxat Ataniyazovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqidagi e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Parrandachilik xo‘jaliklari faoliyatini rivojlantirishda aqlli texnologiyalardan foydalanish imkoniyatlari (Qoraqalpog‘iston Respublikasi misolida)”, 08.00.04 – Qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Iqt2494.
Ilmiy rahbar: Sauxanov Janibek Kazievich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti, PhD.03/30.01.2020.I.20.06.
Rasmiy opponentlar: Allayarov Piratdin Atabaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent; Askarov Nazimjon Niyozovich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: Urganch davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi parrandachilik xo‘jaliklari faoliyatini rivojlantirishda aqlli texnologiyalardan foydalanish imkoniyatlari bo‘yicha ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
parrandalar soni va tarkibi, to‘g‘ri oziqlantirishni tashkil qilishga ko‘ra xo‘jaliklar faoliyatini optimallashtirish taklif etilib, mintaqaning o‘ziga xos tabiiy tuzilishi, aholining zichlik va bandlik darajasi, qo‘shimcha ozuqa berish samaradorligiga ko‘ra tanlab olingan 6 tur parrandadan kurka va o‘rdak boqish eng samarali ekanligi asoslab berilgan;
Qoraqalpog‘iston Respublikasida parrandalar bosh sonining 2024-2028 yillarga mo‘ljallangan ko‘p variantli prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan;
mintaqada parranda tuxumi va go‘shtiga bo‘lgan ichki talabni aholini yosh guruhi tarkibi, ta’minlanish darajasi kabilarga ko‘ra ishlab chiqarishning 2024-2028 yillarga mo‘ljallangan ko‘p variantli prognoz ko‘rsatkichlari asoslangan;
parrandachilik mahsulotlariga bo‘lgan ichki talabni ta’minlashda mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish yuzasidan sanoat usulida parrandachilikni ustuvor rivojlantirish, oziq-ovqat xavfsizligiga ko‘ra em-hashak bilan ta’minlashda oziqlantirishni optimal nisbatlarini ta’minlash, kooperatsiyaga ko‘ra xonadonlarda parrandalarni boqish ishlarini keng yo‘lga qo‘yish kabilarning maqsadliligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Parrandachilik xo‘jaliklari faoliyatini rivojlantirishda aqlli texnologiyalardan foydalanish imkoniyatlarini oshirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
parrandalar soni va tarkibi, to‘g‘ri oziqlantirishni tashkil qilishga ko‘ra xo‘jaliklar faoliyatini optimallashtirish taklif etilib, mintqaning o‘ziga xos tabiiy tuzilishi, aholining zichlik va bandlik darajasi, qo‘shimcha ozuqa berish samaradorligiga ko‘ra tanlab olingan 6 tur parrandadan kurka va o‘rdak boqish eng samarali ekanligi bo‘yicha taklif Qoraqalpog‘iston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi amaliyotiga joriy qilingan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasining 2024 yil 9 iyuldagi 33/02-13-597-son ma’lumotnomasi). Taklif parrandachilik xo‘jaliklari resurslaridan optimal foydalanish, aholini parranda go‘shti va tuxumga bo‘lgan talabini qondirish, daryo va kanallarga yaqin bo‘lgan xo‘jaliklar faoliyati samaradorligini oshirish, qum va suv tanqisligi yuqori darajada bo‘lgan hududlarda parrandachilikni maqbul tashkil etish kabilarga muayyan darajada xizmat qilgan;
Qoraqalpog‘iston Respublikasida parrandalar bosh sonining 2024-2028 yillarga mo‘ljallangan ko‘p variantli prognoz ko‘rsatkichlari bo‘yicha taklif Qoraqalpog‘iston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar kengashining 2024 yil 29 iyuldagi 526 13 0 Q/24-son qarori ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasining 2024 yil 9 iyuldagi 33/02-13-597-son ma’lumotnomasi). Taklif mintaqada parrandalar bosh sonini istiqbolda oshirishda mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanishga muayyan darajada xizmat qilgan;
mintaqada parranda tuxumi va go‘shtiga bo‘lgan ichki talabni aholini yosh guruhi tarkibi, ta’minlanish darajasi kabilarga ko‘ra ishlab chiqarishning 2024-2028 yillarga mo‘ljallangan ko‘p variantli prognoz ko‘rsatkichlari bo‘yicha taklif Qoraqalpog‘iston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar kengashining 2023 yil 13 apreldagi 120 13 0 Q/23-son qarori ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasining 2024 yil 9 iyuldagi 33/02-13-597-son ma’lumotnomasi). Taklif zamonaviy texnologiyalarga ko‘ra parrandachilik mahsulotlarini ishlab chiqarish imkoniyatlarini kengaytirish va ichki bozorni miqdor-sifat ko‘rsatkichlari bo‘yicha mahsulotlar bilan ta’minlashga muayyan darajada xizmat qilgan;
parrandachilik mahsulotlariga bo‘lgan ichki talabni ta’minlashda mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish yuzasidan sanoat usulida parrandachilikni ustuvor rivojlantirish, oziq-ovqat xavfsizligiga ko‘ra em-hashak bilan ta’minlashda oziqlantirishni optimal nisbatlarini ta’minlash, kooperatsiyaga ko‘ra xonadonlarda parrandalarni boqish ishlarini keng yo‘lga qo‘yish kabilarning maqsadliligi taklifi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi amaliyotida foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasining 2024 yil 9 iyuldagi 33/02-13-597-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklif parrandachilikni rivojlantirishda mavjud imkoniyatlarni ishlab chiqarishga keng miqyosda jalb etish, sohada vujudga kelayotgan tebranishlarda xo‘jaliklar barqarorlik darajasini oshirish, mahsulot ishlab chiqarish hajmini oshirishga muayyan darajada xizmat qilgan.