Teshaboev Nodirbek Ikromjonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “G‘o‘zani mikroelementli o‘g‘itlar bilan bargdan oziqlantirishning paxta hosilidorligi va tola sifatiga ta’siri”, 06.01.08 – O‘simlikshunoslik (Qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.3.PhD/Qx.627
Ilmiy rahbar: Davronov Qaxramonjon Anvarjonovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universeti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Don va dukkakli ekinlar ilmiy−tadqiqot instituti, PhD.05/31.03.2023.Qx.159.01.
Rasmiy opponentlar: Tajiev Karim Mardonqulovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, katta ilmiy xodim; O‘ljaboev Alijon Abdullajonovich, qishloq xo‘jaligi fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Paxta seleksiyasi urug‘chiligi va etishtiish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot istituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Farg‘ona viloyatining o‘tloqi-saz tuproqlari sharoitida mineral o‘g‘itlarning me’yorlariga bog‘liq holda g‘o‘zani bargidan oziqlantirishda turli xildagi mikroelementli o‘g‘itlarni suspenziya sifatida qo‘llashning paxta hosil salmog‘i, tola sifati, uning texnologik xususiyatlari va chigitning urug‘lik xususiyatlariga ta’sirini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor Farg‘ona viloyatining sug‘oriladigan o‘tloqi-saz tuproqlari sharoitida g‘o‘zaning “S-8290” navi misolida o‘rta ertapishar navlardan yuqori va sifatli tola hosili etishtirishda qo‘llanilgan mineral o‘g‘itlarga qo‘shimcha ravishda bargidan mikroelementli suyuq o‘g‘itlar bilan oziqlantirishning muddatlari va me’yorlari ishlab chiqilgan;
g‘o‘zadan yuqori va sifatli tola hosili etishtirishda mineral o‘g‘itlar me’yorlariga qo‘shimcha ravishda mikroelementli suyuq o‘g‘itlar bilan bargidan oziqlantirish agrotexnologiyasi takomillashtirilgan;
g‘o‘zadan yuqori va sifatli tola hosili etishtirishda o‘suv davrida mineral o‘g‘itlarning N180P125K90 kg/ga me’yorlariga qo‘shimcha ravishda mikroelementli suyuq o‘g‘it “Aminomax” bilan bargidan 2-3 chinbarg chiqarish davrida 150 ml/ga, shonalash davrida 200 ml/ga, gullash davrida 250 ml/ga me’yorida qo‘llash yuqori samara berishi isbotlangan;
g‘o‘zadan yuqori va sifatli tola hosili etishtirishda o‘suv davrida mineral o‘g‘itlarning N180P125K90 kg/ga me’yorlariga qo‘shimcha ravishda suyuq NPK o‘g‘iti “Entomikro” bilan bargidan 2-3 chinbarg chiqarish davrida 3,0 l/ga, shonalash davrida 3,5 l/ga, gullash davrida 4,0 l/ga me’yorida qo‘llash yuqori samara berishi aniqlangan;
g‘o‘zadan yuqori va sifatli tola hosili etishtirishda o‘suv davrida mineral o‘g‘itlarning N180P125K90 kg/ga me’yorlariga qo‘shimcha ravishda mikroelementli suyuq o‘g‘it Kafolon (Imunitet) bilan bargidan 2-3 chinbarg chiqarish davrida 2,0 l/ga, shonalash davrida 2,0 l/ga, gullash davrida 2,0 l/ga va ko‘sak tugish davrida 2,0 l/ga me’yorida qo‘llash yuqori samara berishi ilmiy va amaliy jihatdan asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Farg‘ona viloyati sharoitida g‘o‘za o‘simligidan yuqori va sifatli paxta hosili etishtirishda mineral o‘g‘itlarga qo‘shimcha ravishda bargidan mikroelementli suyuq o‘g‘itlar bilan oziqlantirish muddatlari va me’yorlarini ishlab chiqish bo‘yicha olib borilgan tadqiqot ilmiy natijalari asosida:
Paxtachilikka ixtisoslashgan fermer xo‘jaliklari va agroklasterlar uchun “G‘o‘za parvarishida mikroelementli o‘g‘itlarni barg orqali qo‘llashning samarasi” nomli tavsiyanoma ishlab chiqilgan va tasdiqlangan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 10.01.2024 yildagi №07/22-05/113-son ma’lumotnomasi). Mazkur tavsiyanoma bugungi kunda fermer xo‘jaliklari va agroklasterlarda g‘o‘zani parvarishlash va yuqori paxta hosili etishtirishda muhim ko‘rsatma sifatida xizmat qilmoqda;
G‘o‘zaning o‘suv davrida mineral o‘g‘itlar bilan oziqlantirishning N130P90K65; N180P125K90; N230P160K115 kg/ga me’yorlari fonida qo‘shimcha oziqlantirish tadbiri sifatida (suspenziya) mikroelementli suyuq o‘g‘it “Aminomax” bilan bargidan 2-3 chinbarg chiqarish davrida 150 ml/ga, shonalash davrida 200 ml/ga, gullash davrida 250 ml/ga me’yorida, NPK li suyuq o‘g‘it “Entomikro” bilan bargidan 2-3 chinbarg chiqarish davrida 3,0 l/ga, shonalash davrida 3,5 l/ga, gullash davrida 4,0 l/ga me’yorida, Kafolon (Imunitet) mikroelementli suyuq o‘g‘it bilan bargidan 2-3 chinbarg chiqarish davrida 2,0 l/ga, shonalash davrida 2,0 l/ga, gullash davrida 2,0 l/ga va ko‘sak tugish davrida 2,0 l/ga me’yorida qo‘llash texnologiyasi Qo‘shtepa tumani “Xamida” fermer xo‘jaligida 45,0 gektar, “Burxonov o‘g‘li Dilshod” fermer xo‘jaligida 49,0 gektar, Toshloq tumani “Navbahor paxtakori 2020” fermer xo‘jaligida 11,0 gektar, Quva tumani Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi, etishtirish agrotexnologiyalari ilmiy tadqiqot instituti (PSUEAITI) Farg‘ona ilmiy tajriba stansiyasi (ITS) ishlab chiqarish dalasida 83,0 gektar, jami 188,0 gektar maydonga joriy qilingan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 10.01.2024 yildagi №07/22-05/113-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘suv davrida ma’danli o‘g‘itlarning N180P125K90 kg/ga me’yorlariga qo‘shimcha ravishda bargidan mikroelementli suyuq o‘g‘it “Aminomax” bilan bargidan 2-3 chinbarg chiqarish davrida 150 ml/ga, shonalash davrida 200 ml/ga, gullash davrida 250 ml/ga me’yorida, NPK li suyuq o‘g‘iti “Entomikro” bilan bargidan 2-3 chinbarg chiqarish davrida 3,0 l/ga, shonalash davrida 3,5 l/ga, gullash davrida 4,0 l/ga me’yorida, mikroelementli suyuq o‘g‘it “Kafolon” (Imunitet) bilan bargidan 4 marta 2-3 chinbarg chiqarish davrida 2,0 l/ga, shonalash davrida 2,0 l/ga, gullash davrida 2,0 l/ga va ko‘sak tugish davrida 2,0 l/ga me’yorlari bilan oziqlantirilganida yuqori samaradorlikka erishilgan;
G‘o‘zaning o‘suv davrida mineral o‘g‘itlarning N180P125K90 kg/ga me’yorlariga qo‘shimcha ravishda mikroelementli suyuq o‘g‘it “Aminomax” bilan bargidan 2-3 chinbarg chiqarish davrida 150 ml/ga, shonalash davrida 200 ml/ga, gullash davrida 250 ml/ga me’yorida, NPK li suyuq o‘g‘iti “Entomikro” bilan bargidan 2-3 chinbarg chiqarish davrida 3,0 l/ga, shonalash davrida 3,5 l/ga, gullash davrida 4,0 l/ga me’yorida, mikroelementli suyuq o‘g‘it “Kafolon” (Imunitet) bilan bargidan 2-3 chinbarg chiqarish davrida 2,0 l/ga, shonalash davrida 2,0 l/ga, gullash davrida 2,0 l/ga va ko‘sak tugish davrida 2,0 l/ga me’yorida qo‘llash texnologiyasi Qo‘shtepa, Toshloq va Quva tumanlarida joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 10.01.2024 yildagi №07/22-05/113-son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu texnologiyani qo‘llash orqali mineral o‘g‘itlarning N130P90K65 va N230P160K115 kg/ga me’yorlariga qo‘shimcha ravishda mikroelementli suyuq o‘g‘it “Aminomax” bilan bargidan oziqlantirilgan maydonlarga nisbatan paxta hosili 2,2-4,6 s/ga, rentabelligi 7,9-11,4 foizga, NPK li suyuq o‘g‘iti “Entomikro” bilan bargidan oziqlantirilgan maydonlarga nisbatan paxta hosili 3,3-12,5 s/ga, rentabelligi 10,0-12,5 foizga, mikroelementli suyuq o‘g‘it Kafolon (Imunitet) bilan bargidan oziqlantirilgan maydonlarga nisbatan paxta hosili 1,1-2,7 s/ga, rentabelligi 8,8-10,5 foizga ortishiga erishilgan.