Ganieva Dildora Sagdullaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. “O‘zbek tili unli tovushlarini o‘qitishning ilmiy-metodik asoslarini takomillashtirish (umumta’lim maktablari “Ona tili” darsliklari materiallari asosida)”. 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (o‘zbek tili) (Pedagogika fanlari).
Dissertatsiya ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/Ped4102.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa: Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti.
Ilmiy rahbar: Mirzaev Ibodulla Kamolovich, filologiya fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Jizzax davlat pedagogika universiteti, PhD.03/04.06.2020.Fil.113.02 raqamli Ilmiy kengash asosida bir martalik Ilmiy Kengash.
Rasmiy opponentlar: Hamroev G‘ofir Hasanovich pedagogika fanlari doktori; Rajabova Kumush Masharipovna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi umumiy o‘rta ta’lim tizimida unli tovushlar tizimini o‘qitishga doir o‘quv materiallarining metodik ta’minotini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
unli tovushlarni o‘qitish jarayonida talaffuzi va imlosi qiyin nutq tovushlarini o‘zlashtirishda takrorga asoslangan, odatlantiruvchi talaffuz mashqlaridan foydalanish nutq a’zolari holati aks etgan oksilografik rasmlar, unli tovushlar aytilishini o‘rgatishga qulay mashqlar tizimi orqali adabiy talaffuz ko‘nikmasini rivojlantirish, unli tovushlarni to‘g‘ri talaffuz qila olishga yordam berishi dalillangan;
unli tovushlarni o‘qitishga doir o‘quv materiallarini takomillashtirishda talaffuzning hududiy muammolariga ko‘ra mashg‘ulotlar uchun tanlangan o‘quv materiallari hayotiy vaziyatlar bilan bog‘liq pragmatik, amaliy ahamiyatga ega bo‘lganda bilimni oshiruvchi topshiriqlardan ko‘ra takrorga asoslangan mashqlar tizimidan, audio materiallardan foydalanish fonetik ta’lim samaradorligi yuqori bo‘lishi isbotlagan;
ona tilida to‘g‘ri talaffuz va to‘g‘ri yozishga erishishda alifbodan foydalanib o‘zbek tili unli tovushlarini to‘la ifoda etuvchi maxsus grafemalardan amaliy foydalanish uchun transkripsiya (harflarining talaffuz variantlari uchun) ishlab chiqish, har bir unli tovushning talaffuz holatini animatsion ifoda qiluvchi QR kodli o‘quv materallar o‘quvchilarda nutqiy hamda ayrim lingvistik kompetensiyalarni qulay va samarali rivojlanish imkonini berishi aniqlangan;
til ta’limida unli tovushlarni o‘qitishga doir o‘quv materiallarining metodik ta’minoti mazmuni o‘quv orfoepik lug‘atlar ustida ishlash uning audio va videovizual namunalaridan samarali foydalanish o‘quvchilarda ravon va ta’sirchan og‘zaki nutq ko‘nikmalarini rivojlantirishi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. “O‘zbek tili unli tovushlarini o‘qitishning ilmiy-metodik asoslarini takomillashtirish” metodikasi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
unli tovushlarni o‘qitish jarayonida talaffuzi va imlosi qiyin nutq tovushlarini o‘zlashtirishda takrorga asoslangan, odatlantiruvchi talaffuz mashqlaridan foydalanish nutq a’zolari holati aks etgan oksilografik rasmlar, unli tovushlar aytilishini o‘rgatishga qulay mashqlar tizimi orqali adabiy talaffuz ko‘nikmasini rivojlantirish, unli tovushlarni to‘g‘ri talaffuz qila olishi hamda unli tovushlarni o‘qitishga doir o‘quv materiallarini takomillashtirishda talaffuzning hududiy muammolariga ko‘ra mashg‘ulotlar uchun tanlangan o‘quv materiallari hayotiy vaziyatlar bilan bog‘liq pragmatik, amaliy ahamiyatga ega bo‘lganda bilimni oshiruvchi topshiriqlardan ko‘ra takrorga asoslangan mashqlar tizimidan, audio materiallardan foydalanish fonetik ta’lim samaradorligi yuqori bo‘lishi haqidagi xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Ma’naviyat va davlat tilini rivojlantirish masalalari departamentining tilni rivojlantirish bilan bog‘liq hujjatlarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Ma’naviyat va davlat tilini rivojlantirish masalalari departamentining 2022-yil 23-dekabrdagi 30/2308-son ma’lumotnomasi). Natijada Vazirlar Mahkamasining 2021-yilning 10-fevraldagi “Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini bosqichma-bosqich to‘liq o‘tishni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 61-sonli qarorining 1-ilovasi, 1-bandi ijrosini ta’minlashda foydalanilgan;
ona tilida to‘g‘ri talaffuz va to‘g‘ri yozishga erishishda alifbodan foydalanib o‘zbek tili unli tovushlarini to‘la ifoda etuvchi maxsus grafemalardan amaliy foydalanish uchun transkripsiya (harflarining talaffuz variantlari uchun) ishlab chiqish, har bir unli tovushning talaffuz holatini animatsion ifoda qiluvchi QR kodli o‘quv materallar o‘quvchilarda nutqiy hamda ayrim lingvistik kompetensiyalarni qulay va samarali rivojlanish imkonini berishi hamda til ta’limida unli tovushlarni o‘qitishga doir o‘quv materiallarining metodik ta’minoti mazmuni o‘quv orfoepik lug‘atlar ustida ishlash uning audio va videovizual namunalaridan samarali foydalanish o‘quvchilarda ravon va ta’sirchan og‘zaki nutq ko‘nikmalarini rivojlantirishi to‘g‘risidagi natijalardan PZ-202004165 “Umumiy o‘rta ta’limning boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida og‘zaki va yozma nutqiy kompetensiyalarini rivojlantiruvchi elektron platforma yaratish” nomli grant doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2023-yil 10-iyundagi 02-07-2262/04-son dalolatnomasi). Natijada loyihaning yangi g‘oyalar, ilmiy asoslangan fikrlar bilan boyitilishiga erishilgan.