Mutalov Otabek Bahrom o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Raqamli fuqarolik muomalasida smart kontraktlarning huquqiy tabiati”, 12.00.03 – Fuqarolik huquqi. Tadbirkorlik huquqi. Oila huquqi. Xalqaro xususiy huquq (yuridik fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/Yu476.
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Ruzinazarov Shuxrat Nuralievich, yuridik fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi huzuridagi Sudyalar oliy maktabi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi huzuridagi Sudyalar oliy maktabi, PhD.37.27.02:2020.Yu.107.01.
Rasmiy opponentlar: Raximov Doniyor Baxtiyorovich, yuridik fanlar doktori, professor; Qalandarova Malikaxon Pirnazarovna, yuridik fanlar nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi fuqarolik huquqi doirasida smart kontraktlar bilan bog‘liq muammolarni aniqlash, huquqiy tartibga solishga qaratilgan tavsiya va takliflarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
moddiy eltuvchi vositada bitim mazmunini o‘zgarishsiz ifodalash imkonini beradigan elektron yoki boshqa texnik vositalar yordamida tuzilgan bitim yozma shaklga rioya qilgan holda tuzilgan hisoblanishi, bunda o‘z xohish-irodasini ifodalagan shaxsni ishonchli aniqlash imkonini beradigan har qanday usuldan foydalanilgan bo‘lsa, imzoning mavjud bo‘lishi to‘g‘risidagi talab bajarilgan bo‘lishi asoslantirilgan;
qonunda boshqacha hol nazarda tutilgan bo‘lmasa, raqamli pul (kriptovalyuta)ning erkin muomalasi, begonalashtirilishi yoki boshqa tasarruf etilishi faqat axborot tizimida amalga oshirilishi asoslab berilgan;
bitim asosida raqamli huquqning boshqa shaxsga o‘tishida ushbu raqamli huquq bo‘yicha majburiyatni zimmasiga olgan shaxsning roziligi talab qilinmasligi asoslantirilgan
oldi-sotdi shartnomasini tartibga soluvchi qoidalarning raqamli huquqlarni sotishga nisbatan ham qo‘llanilishi asoslab berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tadqiqot ishi bo‘yicha olingan ilmiy natijalaridan quyidagilarda foydalanilgan:
moddiy eltuvchi vositada bitim mazmunini o‘zgarishsiz ifodalash imkonini beradigan elektron yoki boshqa texnik vositalar yordamida tuzilgan bitim yozma shaklga rioya qilgan holda tuzilgan hisoblanishi, bunda o‘z xohish-irodasini ifodalagan shaxsni ishonchli aniqlash imkonini beradigan har qanday usuldan foydalanilgan bo‘lsa, imzoning mavjud bo‘lishi to‘g‘risidagi talab bajarilgan bo‘lishi haqidagi taklif O‘zbekiston Respublikasining yangi tahrirda qabul qilinishi rejalashtirilgan Fuqarolik kodeksining 92-moddasi ikkinchi qismini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Huquqiy siyosat tadqiqot instituti tomonidan 2022-yil 1-martda 14-son bilan berilgan dalolatnoma). Ushbu taklifning joriy etilishi elektron yoki boshqa texnik vositalardan foydalangan holda tuzilgan bitimni yozma shaklda tuzilgan bitimga tenglashtirishga xizmat qilgan;
qonunda boshqacha hol nazarda tutilgan bo‘lmasa, raqamli pul (kriptovalyuta)ning erkin muomalasi, begonalashtirilishi yoki boshqa tasarruf etilishi faqat axborot tizimida amalga oshirilishi haqidagi taklifi O‘zbekiston Respublikasining yangi tahrirda qabul qilinishi rejalashtirilgan Fuqarolik kodeksining 166-moddasi uchinchi qismini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Huquqiy siyosat tadqiqot instituti tomonidan 2022-yil 1-martda 14-son bilan berilgan dalolatnoma). Ushbu taklifning joriy etilishi smart-kontraktlarning xususiyatlaridan kelib chiqqan holda kriptovalyutalarning tasarruf etilishi qonunda boshqacha hol belgilanmasa, axborot tizimida amalga oshirilishini tartibga solishga xizmat qilgan;
bitim asosida raqamli huquqning boshqa shaxsga o‘tishida ushbu raqamli huquq bo‘yicha majburiyatni zimmasiga olgan shaxsning roziligi talab qilinmasligi haqidagi taklif O‘zbekiston Respublikasining yangi tahrirda qabul qilinishi rejalashtirilgan Fuqarolik kodeksining 167-moddasi to‘rtinchi qismini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Huquqiy siyosat tadqiqot instituti tomonidan 2022-yil 1-martda 14-son bilan berilgan dalolatnoma). Ushbu taklifning joriy etilishi qonunchilikda raqamli huquqlarning smart-kontrakt asosida boshqa shaxsga o‘tkazilishini huquqiy tartibga solishga xizmat qilgan;
oldi-sotdi shartnomasini tartibga soluvchi qoidalar raqamli huquqlarni sotishga nisbatan qo‘llanilishi haqidagi taklif O‘zbekiston Respublikasining yangi tahrirda qabul qilinishi rejalashtirilgan Fuqarolik kodeksining 446-moddasi to‘rtinchi qismini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Huquqiy siyosat tadqiqot instituti tomonidan 2022-yil 1-martda 14-son bilan berilgan dalolatnoma). Ushbu taklifning joriy etilishi raqamli huquqlarni ayirboshlash shaklidagi munosabatlarga oldi-sotdi shartnomasi qoidalarini qo‘llashni nazarda tutgan.