Ubaydullaev Komiljon Tursunboevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Zaytun va za’faron o‘simligi asosida shifobaxsh oziq-ovqat qo‘shilmalari olish va ularni sinflash», 02.00.09 – Tovarlar kimyosi, 14.00.41 – Xalq tabobati (kimyo fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/K572.
Ilmiy rahbar: Asqarov Ibrohim Rahmonovich, kimyo fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: Andijon davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat universiteti, DSs.03/29.10.2021.K/T.60.05.
Rasmiy opponentlar: Isaev Yusufjon Tojimamatovich, kimyo fanlari doktori, professor; Dexqonov Raxmatilla Sultonovich, kimyo fanlari nozodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Zaytun (Olea europaea L.) moyi va Za’faron (Crocus sativus L.) gultumshuqchalari asosida yangi shifobaxsh oziq-ovqat qo‘shilmalari olish,  ularning tarkibini kimyoviy tarkibi va biologik faolliklarini aniqlash hamda TIF TN bo‘yicha  sinflashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
induktiv  bog‘langan  plazmali  emission spektrometriya usulida Surxondaryo viloyatida etishtirilgan za’faron o‘simligining gultumshuqchalari tarkibidagi 29 ta kimyoviy elementlar aniqlanganda, ulardan 15 makro- va mikroelementlarning miqdori boshqalarga nisbatan yuqori ekanligi isbotlangan;
Za’faron gultumshuqchalari tarkibidagi ß-karotin miqdori spektrofotometrik usulda, ayrim flavonoidlar miqdori esa yuqori samarali suyuqlik xromatografiyasi metodi yordamida aniqlangan;
in vitro sharoitida za’faron gultumshuqchalari va zig‘ir urug‘ining turli nisbatlardagi aralashmalaridan tayyorlangan na’munalarning antioksidant faolliklari  gliklazidga nisbatan yuqori ekanligi isbotlangan;
 “ASUK” oziq-ovqat qo’shilmasining antiradikal xususiyati mavjudligi in vitro sharoitida aniqlandi, yallig‘lanishga qarshi faolligi esa in vivo sharoitida “Karragenin shishi” va “Paxta granulyomasi” kabi usullarda tekshirilganda uning ushbu xossalari nazoratga nisbatan 74,4 va 37,8% ga yuqori ekanligi isbotlangan;
“ASQAND” oziq-ovqat qo’shilmasining antiradikallik, gipoksiya sharoitida kislorod iste’moliga ta’siri, peroksidli oksidlanish sharoitiga ta’siri, qandli diabetga qarshi ta’siri yuqori ekanligi in vitro va in vivo sharoitlarida aniqlangan;
 “ASUK” va “ASQAND” oziq-ovqat qo‘shilmalari uchun  kimyoviy tarkibi asosida TIF TN bo‘yicha yangi xalqaro tovar kod raqamlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Tarkibida yallig‘lanishga va qandli diabetga qarshi faollikka ega bo’lgan biololgik faol moddalar  saqlovchi ayrim oziq-ovqat qo’shilmalarini yaratish va ularni sinflash bo’yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Zaytun moyi asosida tayyorlangan tabiiy yallig‘lanishga qarshi faollikka ega “ASUK” nomli yangi oziq-ovqat qo’shilmasi va za’faron gultumshuqchalari asosida tayyorlangan qandli diabetga qarshi faollikka ega “ASQAND” nomli yangi oziq-ovqat qo’shilmalarini ishlab chiqarish uchun resept, texnologik yo’riqnomalar (TY 304553567-02:2023, TY 304553567-03:2023) ishlab chiqilgan va ularga O’zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan Sanitariya-epidemiologiya xulosalar berilgan (O’zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 30.10.2023 yil 30 oktyabrdagi 386142-son; 2023 yil 7 avgustdagi 386123-son ma’lumotnomalari) Natijada, zaytun va za’faron o‘simliklari asosida qandli diabet va yalligʻlanishga qarshi oziq-ovqat qo’shilmalarini ishlab chiqarish imkonini bergan;
“ASUK” va “ASQAND”  oziq-ovqat qo‘shilmalari tashqi iqtisodiy faoliyat tovarlar nomenklaturasi bo‘yicha sinflanib, ularga “tarkibida krosetin, krosin, beta-karotin, safranal saqlovchi dorivor o‘simliklar yoki ularning ayrim qismlaridan tayyorlangan tabiiy oziq-ovqat qo‘shilmalari” uchun 2106909806 kod raqami ishlab chiqilgan va bojxona amaliyotiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2024 yil 20 iyundagi 17/05-24-1187-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, shu kabi oziq-ovqat qo‘shilmalarini eksport va impor qilishda ulardan undiriladigan boj to‘lovlarini nazorat qilish imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish