Abdullaev Sherzod Raxmatovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.    Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Oftalmorozatseaning klinik-immunogenetik va biokimyoviy xususiyatlari hamda ularni korreksiyalash usullari» 14.00.08 – Oftal`mologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.DSc/Tib418.
Ilmiy rahbar: Kamilov Xalidjan Maxamadjanovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Respublika ixtisoslashtirilgan ko‘z mikroxirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, DSc.04/30.01.2020.Tib.105.01.
Rasmiy opponentlar: Bilalov Erkin Nozimovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Baranov Valeriy Ivanovich, tibbiyot fanlari doktori, professor (Rossiya Federatsiyasi), Babadjanov Oybek Abdujabbarovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: “ELC” oftal`mologik tibbiyot markazi (Janubiy Koreya, Seul).
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II.    Tadqiqotning maqsadi: oftalmorozatseaning klinik, oftalmologik, immunogenetik va biokimyoviy xususiyatlarini aniqlash va ularni korreksiya usullarini ishlab chiqishdan iborat.
III.    Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor oftal`morozatsea patogenezida IL-2 geni T330G polimorfizmining ahamiyati aniqlangan, uning mavjudligi oftal`morozatsea rivojlanish xavfini oshishi isbotlangan;
VEGFA geni rs2010963 polimorfizmining G/G genotipi mavjudligi oftal`morozatseaning H.pylori bilan assotsiatsiyalangan shakli klinik kechishining og‘irlik darajasini bashoratlash ko‘rsatkichi ekanligi isbotlangan;
TLR9 genining T1237C va TLR2 genining Arg/Gln polimorfizmi salbiy T/S genotipi tashuvchilarida Demodex va H.pylori bilan assotsiatsiyalangan oftal`morozatseani rivojlanish xavfi yuqoriligi isbotlangan;
oftal`morozatseali bemorlarning ko‘z yoshi suyuqligida IL-1β va IL-6 sitokinlari miqdorlarining o‘zgarishi kasallikni og‘irlik darajasini baxolash mezoni ekanligi aniqlangan;
oftal`morozatsea bilan og‘rigan va Demodex (+) bemorlarda ko‘z yoshi suyuqligida Laktat degidrogenaza (LDG) va sut kislotasi (SK) ning ishonchli oshishi (r<0,05), kasallikni 2-chi xaftasigacha LDGni va kuzatuv davomida SKni oshib borishi, to‘qimalarning uzoq muddatda gipoksiyasisi sababli "laktat" atsidoz mavjudligi isbotlangan;
patogenetik yondashuvga asoslangan holda kombinatsiyalangan tizimli va maxalliy immunomodulyatorlar va antioksidant dori vositalarini qo‘llash natijasida immunologik va sitokin statuslarni me’yorlanishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi ekspertlar kengashining 2024-yil 30-apreldagi 3-sonli xulosasiga asosan:
birinchi ilmiy yangilik: ilk bor oftal`morozatsea patogenezida IL-2 geni T330G polimorfizmining ahamiyati aniqlangan, uning mavjudligi oftal`morozatsea rivojlanish xavfini oshishi isbotlangan; ilmiy yangilikning ahamiyati: rozatsea ko‘z belgilarining og‘irligini tashxislash va bashorat qilish uchun yanada chuqurroq yondashuv amalga oshirildi, bu polimorfizm oftalmik rozatsea  rivojlanishiga moyillikning genetik tuzilishini shakllantirishga ma’lum hissa qo‘shadi; ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining Respublika ixtisoslashtirilgan ko‘z mikroxirurgiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Qashqadaryo viloyati filialining 2022 yil 22 fevraldagi 10-son va Respublika ixtisoslashtirilgan ko‘z mikroxirurgiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Namangan viloyati filialining 2022 yil 8 fevraldagi 8-sonli hamda Navoiy viloyat ko‘z kasalliklari shifoxonasining 2022 yil 18 yanvardagi 4/1-sonli buyruqlari bilan klinik amaliyotiga tatbiq etildi; ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: kasallikning natijasi va kechishini bashorat qilish uchun IL-2 genining T330G polimorfizmini aniqlash uchun molekulyar genetik tadqiqotlar o‘tkazish; ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: molekulyar -genetik tadqiqotlarning olingan natijalari oftal`morozatsea bilan og‘rigan bemorlarga kasalxonaga yotqizilgan birinchi kundan boshlab patogenetik jihatdan asoslangan dori tanlash imkonini beradi.  Davo harajatlarini kamaytirish va yotoq kunlarini qisqartirishning iqtisodiy samaradorligi amalga oshirish miqyosida (n=83) 2490000 so‘mni tashkil etadi. Xulosa: ushbu ilmiy yangilikni diagnostika standartlariga kiritish oftal`morozatseaning noqulay natijalarini o‘z vaqtida bashorat qilish va korreksiya qilish imkonini beradi.
ikkinchi ilmiy yangilik: VEGFA geni rs2010963 polimorfizmining G/G genotipi mavjudligi oftal`morozatseaning H.pylori bilan assotsiatsiyalangan shakli klinik kechishining og‘irlik darajasini bashoratlash ko‘rsatkichi ekanligi isbotlangan; ilmiy yangilikning ahamiyati: oftal`morozatsea  namoyon bo‘lishining og‘irligini tashhislash va bashorat qilish uchun yanada chuqurroq yondashuv amalga oshirildi; bu polimorfizm H.pylori bilan bog‘liq oftal`morozatsea rivojlanishiga moyillikning genetik tuzilishini shakllantirishga ma’lum hissa qo‘shadi; ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining Respublika ixtisoslashtirilgan ko‘z mikroxirurgiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Qashqadaryo viloyati filialining 2022 yil 22 fevraldagi  10-son va Respublika ixtisoslashtirilgan ko‘z mikroxirurgiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Namangan viloyati filialining 2022 yil 8 fevraldagi 8-sonli hamda Navoiy viloyat ko‘z kasalliklari shifoxonasining 2022 yil 18 yanvardagi 4/1-sonli buyruqlari bilan klinik amaliyotiga tatbiq etildi; ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: VEGFA genining rs2010963 polimorfizmini, kasallikning natijasi va kechishini, H.pylori assotsiatsiyasi ehtimolini aniqlash uchun molekulyar -genetik tadqiqotlar o‘tkazish; ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: molekulyar genetik tadqiqotlar natijalarini amalga oshirish oftal`morozatsea bilan kasallangan bemorlarga tashhis qo‘yish samaradorligini oshiradi, asoratlarni rivojlanish ehtimolini bashorat qiladi va kasalxonada qolish muddatini 10 kundan 7 kungacha qisqartirish orqali davolashning iqtisodiy harajatlarini  1810000 so‘m tejalishiga olib keldi. Xulosa: ushbu ilmiy yangilikni diagnostika standartlariga kiritish oftal`morozatseaning noqulay natijalarini o‘z vaqtida bashorat qilish va  korreksiya qilish imkonini beradi.
uchinchi ilmiy yangilik: TLR9 genining T1237C va TLR2 genining Arg/Gln polimorfizmi salbiy T/S genotipi tashuvchilarida Demodex va H.pylori bilan assotsiatsiyalangan oftal`morozatseani rivojlanish xavfi yuqoriligi isbotlangan; ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining Respublika ixtisoslashtirilgan ko‘z mikroxirurgiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Qashqadaryo viloyati filialining 2022 yil 22 fevraldagi  10-son va Respublika ixtisoslashtirilgan ko‘z mikroxirurgiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Namangan viloyati filialining 2022 yil 8 fevraldagi 8-sonli hamda Navoiy viloyat ko‘z kasalliklari shifoxonasining 2022 yil 18 yanvardagi 4/1-sonli buyruqlari bilan klinik amaliyotiga tatbiq etildi; ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi:  TLR9 genining T/S polimorfizmi T1237C  va TLR2 genining Arg/Gln genotipik variantini aniqlash uchun molekulyar -genetik tadqiqotlar o‘tkazish kasallikning kechishini hamda  Demodex va H.pylori  bilan bog‘lanish imkoniyatini oldindan aytish imkonini beradi; ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: molekulyar- genetik tadqiqotlarning natijalari oftal`morozatsea bilan kasallangan bemorlarni kasalxonaga yotqizilgan birinchi kundan boshlab adekvat davolashni buyurishga imkon beradi va shu bilan kasallikning og‘irligini, davolashning iqtisodiy xarajatlari samaradorligini kamaytiradi, asoratlar xavfini kamaytirish va statsionar davolanish muddatini qisqartirish hisobiga kerakli klinik samaradorlik bilan 1666600 so‘mni tashkil etdi. Xulosa: ushbu ilmiy yangilikning diagnostika standartlariga kiritilishi oftal`morozatsea Demodex va H.pylori bilan bog‘lanish imkoniyatini o‘z vaqtida taxmin qilish va adekvat korreksiya qilishni o‘z vaqtida belgilash imkonini beradi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: oftal`morozatseali bemorlarning ko‘z yoshi suyuqligida IL-1β va IL-6 sitokinlari miqdorlarining o‘zgarishi kasallikni og‘irlik darajasini baxolash mezoni ekanligi aniqlangan; ilmiy yangilikning ahamiyati: oftalmorozatseali bemorlarning ko‘z yoshi suyuqligida IL-1β va IL-6 yallig‘lanish sitokinlarining miqdori oshishi yallig‘lanish jarayonining mavjudligini ko‘rsatadi. IL-1 β yallig‘lanish va immunitetning muhim mediatori, IL -6, IL-8 va TNF-a kabi boshqa yallig‘lanish sitokinlarining kuchli induktoridir. IL -1β revmatoid artrit va periodontit kabi yallig‘lanish kasalliklari uchun potensial terapevtik nishon hisoblanadi. Shuningdek, quruq ko‘z, psevdofakik bullyoz keratopatiya va gerpetik keratit kabi shox parda va ko‘z yuzasi kasalliklarining patogenezida ishtirok etadi, ya’ni bu sitokinlarning ko‘payishi kasallikning og‘irligik darajasini ko‘rsatadi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining Respublika ixtisoslashtirilgan ko‘z mikroxirurgiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Qashqadaryo viloyati filialining 2022 yil 22 fevraldagi 10-son va Respublika ixtisoslashtirilgan ko‘z mikroxirurgiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Namangan viloyati filialining 2022 yil 8 fevraldagi 8-sonli hamda Navoiy viloyat ko‘z kasalliklari shifoxonasining 2022 yil 18 yanvardagi 4/1-sonli buyruqlari bilan klinik amaliyotiga tatbiq etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: sitokinlarning miqdori ko‘payishi buzilishlarni erta tashxislash va tezda korreksiya qilishga yordam beradi: masalan, glyukokortikosteroidlar va immunomodulyator ta’siriga ega bo‘lgan dori-darmonlarni buyurish. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: immunologik tekshiruv  natijalari oftalmorozatseali bemorlarga immunomodulyator ta’siriga ega bo‘lgan dori vositalarni patogenetik asoslangan ravishda qollash imkonini berdi. Davolanishga sarflanadigan iqtisodiy samaradorlik har bir bemorda 1232000 so‘mni tashkil etadi. Xulosa: sitokinlarning miqdori ko‘payishini erta aniqlash davolashni to‘g‘ri korreksiya qilish va patogenetik asoslangan ravishda immunomodulyatorlarni qo‘llab, asoratlarni oldini olish imkonini beradi.
beshinchi ilmiy yangilik: oftal`morozatsea bilan og‘rigan va Demodex (+) bemorlarda ko‘z yoshi suyuqligida Laktat degidrogenaza (LDG) va sut kislotasi (SK) ning ishonchli oshishi (r<0,05), kasallikni 2-chi xaftasigacha LDGni va kuzatuv davomida SKni oshib borishi, to‘qimalarning uzoq muddatda gipoksiyasisi sababli "laktat" atsidoz mavjudligi isbotlangan; ilmiy yangilikning ahamiyati: oftalmorosatsea bilan og‘rigan bemorlarda ko‘z yoshi suyuqligida LDG va SK ning ko‘payishi bemorlarda to‘qimalarning o‘tkir gipoksiyasi va ko‘ruv a’zolaridagi distrofik o‘zgarishlar natijasida uzoq muddatli "laktat" atsidoz mavjudligini ko‘rsatadi, bu esa o‘z navbatida antioksidantlar buyurish zaruriyatini keltirib chiqaradi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining Respublika ixtisoslashtirilgan ko‘z mikroxirurgiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Qashqadaryo viloyati filialining 2022 yil 22 fevraldagi  10-son va Respublika ixtisoslashtirilgan ko‘z mikroxirurgiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Namangan viloyati filialining 2022 yil 8 fevraldagi 8-sonli hamda Navoiy viloyat ko‘z kasalliklari shifoxonasining 2022 yil 18 yanvardagi 4/1-sonli buyruqlari bilan klinik amaliyotiga tatbiq etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: yallig‘lanish sitokinlarning ko‘payishini erta aniqlash gipoksik holatlarini tezda korreksiya qilishga yordam beradi: antioksidantlarni buyurish – antioksidant sifatida erkin radikal jarayonlarni va yallig‘lanishni kamaytirishga va Demodex rivojlanishini to‘xtatadi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: ko‘z yoshi suyuqligida LDG va SK ni aniqlashning diagnostik usuli, ayniqsa oftalmorosatseaning Demodex bilan bog‘liqligida kasallik asoratlarini antioksidant preparatlarini qo‘llash natijasida minimallashtirish imkonini berdi. Iqtisodiy samaradorlik har bir bemorda 2100000 so‘mni tashkil etadi (n=83). Xulosa: oftalmorozatsea bilan og‘rigan bemorlarda ko‘z yoshi suyuqligida LDG va SKni yuqori miqdorda aniqlanishi, davolanishni to‘g‘ri korreksiya qilish va asoratlarni oldini olish imkonini beradi.
oltinchi ilmiy yangilik: patogenetik yondashuvga asoslangan holda kombinatsiyalangan tizimli va maxalliy immunomodulyatorlar va antioksidant dori vositalarini qo‘llash natijasida immunologik va sitokin statuslarni me’yorlanishi isbotlangan; ilmiy yangilikning ahamiyati: oftalmorozatseani davolashda kombinirlangan patogenetik yondashuv asosida o‘tkazilgan terapiya asoratlar havfini pasaytirib, davolashdan oldingi ko‘rsatkichlarga nisbatan kasallikning og‘irligini 4,3 barobar kamaytirish, immunologik va sitokin statuslarini  me’yorlashishini ta’minlaydi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining Respublika ixtisoslashtirilgan ko‘z mikroxirurgiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Qashqadaryo viloyati filialining 2022 yil 22 fevraldagi  10-son va Respublika ixtisoslashtirilgan ko‘z mikroxirurgiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Namangan viloyati filialining 2022 yil 8 fevraldagi 8-sonli hamda Navoiy viloyat ko‘z kasalliklari shifoxonasining 2022 yil 18 yanvardagi 4/1-sonli buyruqlari bilan klinik amaliyotiga tatbiq etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: oftalmorozatseani molekulyar-genetik, klinik-immunologik, bioximik tekshirish usullari natijalariga asoslangan holda kombinatsiyalangan patogenetik yondashuv ravishda davolash to‘liq klinik tiklanish, asoratlarni oldini olish va hayot sifatini yaxshilashdan iborat. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: Olingan natijalarni amaliyotda qo‘llash oftalmorosatsea bilan og‘rigan bemorlarni davolash samaradorligini oshirish hamda 88% hollarda to‘liq klinik tiklanish va sezilarli yaxshilanishga erishish, asoratlarni davolash bilan bog‘liq iqtisodiy xarajatlarni kamaytirish imkonini berdi. Umuman olganda, ushbu davolash usulini uslubiy tavsiyanomalar natijalariga muvofiq qo‘llash natijasida har bir bemor xarajatidan 1270000 so‘m tejashga erishildi. Xulosa: Oftalmorozatseani kombinatsiyalangan patogenetik yondashuvga asoslanib ishlab chiqilgan davolash usullari asoratlarni oldini olish va 88% hollarda to‘liq klinik tiklanish va sezilarli yaxshilanishga erishish imkonini beradi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish