Solijonov Ziyodillo Baxtiyor o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Surunkali toshli xolesistit xirurgiyasida takomillashtirilgan kichik kesmali xolesistektomiya tashrihining ahamiyati va o‘rni», 14.00.27 – «Xirurgiya» (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: Â2023.2.PhD/Tib2909.
Ilmiy rahbar: Botirov Akram Kodiralievich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat tibbiyot instituti, DSc.04/30.12.2019.Tib.95.01.
Rasmiy opponentlar: Xodjimatov Gulomidin Minxodjievich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Nuritdinov Arifjon Talibovich, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: tashxisot va davolash algoritmini hamda kichik kesma orqali xolesistektomiya usulini takomillashtirish orqali surunkali toshli xolesistitni xirurgik davolash natijalarini yaxshilashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
surunkali toshli xolesistitda xirurgik taktikani optimallashtirish imkonini beruvchi davolash va tashxisot algoritmini ishlab chiqish va joriy etish imkonini bergan tashrixdan keyingi asoratlar hamda o‘limning strukturasi va chastotasi aniqlangan;
surunkali toshli xolesistitda kichik kesmali xolesistektomiya usuli bemorlarda o‘ng tomonlama qorin old devori to‘g‘ri muskulini saqlash hisobiga jarohatliligini kamaytirish asosida takomillashtirilgan;
laparoskopik, “an’anaviy” va kichik kesmali xolesistektomiyaga ko‘rsatmalar va qarshi ko‘rsatmalar aniqlashtirilgan hamda uchta usullarni har birining afzalliklari va kamchiliklarini asoslangan;
surunkali toshli xolesistit xirurgiyasida usullarning har biri o‘rtasida qiyosiy tahlil o‘tkazgan holda takomillashtirilgan kichik kesmali xolesistektomiyaning ahamiyati va o‘rni aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2024 yil 25 iyundagi 01/30-son xulosasiga ko‘ra (ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Andijon davlat tibbiyot institutining 2024 yil 20 iyundagi 06-2211-son xati yuborilgan):
birinchi ilmiy yangilik: surunkali toshli xolesistitda xirurgik taktikani optimallashtirish imkonini beruvchi davolash va tashxisot algoritmini ishlab chiqish va joriy etish imkonini bergan tashrixdan keyingi asoratlar hamda o‘limning strukturasi va chastotasi aniqlanganligi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan 2023 yil 4 yanvarda 8n-r/3-son bilan tasdiqlangan «O‘t-tosh kasalligi va uning asoratlarini davolashda xirurgik taktikani optimallashtirishda kichik kesmali xolesistektomiyaning takomillashtirilgan usuli hamda tashxisot va davolash algoritmi» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Namangan viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 18.09.2023 yildagi 281-son, Farg‘ona viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 15.09.2023 yildagi 79-son hamda Andijon viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 21.09.2023 yildagi 36-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2024 yil 25 iyundagi 01/30-son xulosasi). Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: Operatsiyadan keyingi asoratlarning chastotasini aniqlash, taktik va texnik kamchiliklarni aniqlash surunkali toshli xolesistit aniqlangan bemorlar uchun jarrohlik taktikasini qayta ko‘rib chiqish, taklif etilayotgan 3 usulning kamchiligi va qarshi ko‘rsatmalarni aniqlashga va shu orqali bilim va ko‘nikmalarni rivojlantirishga katta hissa qo‘shdi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: Tashrixdan keyingi asoratlarni tuzilishini hamda tashrih vaqtidagi taktik va tehnik hatolarni aniqlashtirish orqali umumiy yondashuvgina ushbu guruhdagi samaradorlikni oshirishi mumkin. Ushbu loyiha natijalarining iqtisodiy samaradorligi quyidagi tarkibiy qismlardan shakllanadi: o‘t tosh kasalligi aniqlangan bemorlar davolash natijalarini yaxshilash; tashrih davomiyligini qisqartirish, hamda hayot sifatini yaxshilash; nogironlikning kamayishi. Xulosa: Xolesistektomiyadan keyingi asoratlar va o‘lim ko‘rsatkichlari, taktik va texnik kamchiliklar tuzilishini aniqlashtirish surunkali toshli xolesistit aniqlangan bemorlar uchun jarrohlik taktikasini optimallashtirishga imkon beradi, vaqtincha mehnatga layoqatsizlik muddatini kamaytiradi va bu orqali 241178100 so‘m tejash imkonini bergan.
ikkinchi ilmiy yangilik: surunkali toshli xolesistitda kichik kesmali xolesistektomiya usuli takomillashtirilganligi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan 2023 yil 4 yanvarda 8n-r/3-son bilan tasdiqlangan «O‘t-tosh kasalligi va uning asoratlarini davolashda xirurgik taktikani optimallashtirishda kichik kesmali xolesistektomiyaning takomillashtirilgan usuli hamda tashxisot va davolash algoritmi» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Namangan viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 18.09.2023 yildagi 281-son, Farg‘ona viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 15.09.2023 yildagi 79-son hamda Andijon viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 21.09.2023 yildagi 36-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2024 yil 25 iyundagi 01/30-son xulosasi). Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: Muqobillashtirilgan kichik kesmali xolesistektomiya tashrixi texnik jihatdan qulay va oson, hamda bemorlarda o‘ng tomonlama qorin old devori to‘g‘ri muskulini saqlash hisobiga jarohatliligini kamaytirib, xar qanday tana tuzilishidagi va o‘t pufagini joylashishidan qat’iy nazar tashrix jarohatini qulayligiga erishiladi. Laporoskopik xolesistektomiyaga qarshi ko‘rsatmalar bo‘lganda ham taklif etilayogan usulni qo‘llash mumkin va tashrihdan keyingi davr laparoskopiyadan farq qilmaydi, bemor qisqa muddatlarda faollashadi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: Shifoxonada bir bemor uchun 1 kun yotish to‘lovi uchun 242000 so‘m, umumiy 344500 so‘mga xarajatlarni qisqartirishga asos bo‘lgan. Xulosa: Muqobillashtirilgan kichik kesmali xolesistektomiya usuli yatrogen shikastlanishlar chastotasini 14,1% ga, konversiyalar sonini 5,6% ga, jarrohlik bilan bog‘liq operatsiyadan keyingi asoratlar chastotasini 3,9% ga kamaytirishga imkon beradi. Relaparotomiyalar sonini 2,4 foizga kamaytirish va shu orqali nogironlikni kamaytirish hisobiga 138874635 so‘mni tejash imkonini bergan.
uchinchi ilmiy yangilik: laparoskopik, “an’anaviy” va kichik kesmali xolesistektomiyaga ko‘rsatmalar va qarshi ko‘rsatmalar aniqlashtirilgan hamda uchta usullarni har birining afzalliklari va kamchiliklarini asoslanganligi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan 2023 yil 4 yanvarda 8n-r/3-son bilan tasdiqlangan «O‘t-tosh kasalligi va uning asoratlarini davolashda xirurgik taktikani optimallashtirishda kichik kesmali xolesistektomiyaning takomillashtirilgan usuli hamda tashxisot va davolash algoritmi» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Namangan viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 18.09.2023 yildagi 281-son, Farg‘ona viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 15.09.2023 yildagi 79-son hamda Andijon viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 21.09.2023 yildagi 36-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2024 yil 25 iyundagi 01/30-son xulosasi). Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: Xolesistektomiyaning turli usullari uchun jarrohlik taktikasini optimallashtirish jarrohlik bilan bog‘liq operatsiyadan keyingi asoratlarning chastotasini - 0,6% gacha, o‘limni - 0,2% gacha, laparoskopik xolesistektomiyadan keyingi konversiyalarni - 0,5% va takroriy operatsiyalarni 0,1%gacha kamaytirishga imkon beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: Natijalarining iqtisodiy samaradorligi quyidagi tarkibiy qismlardan shakllanadi: o‘t tosh kasalligi aniqlangan bemorlar davolash natijalarini yaxshilash; tashrih davomiyligini qisqartirish, hamda hayot sifatini yaxshilash; nogironlikning kamayishi.. Xulosa: Turli usuldagi xolesistektomiya tashrixlariga ko‘rsatmalar va qarshi ko‘rsatmalar va ularning afzalliklarini aniqlash bilan xirurgik taktikani takomillashtirish mehnatga layoqatsizlik vaqtini qisqartish orqali 24178100 so‘mni, nogironlikni kamaytirish orqali 138874635 so‘mni tejash imkonini bergan.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: surunkali toshli xolesistit xirurgiyasida usullarning har biri o‘rtasida qiyosiy tahlil o‘tkazgan holda takomillashtirilgan kichik kesmali xolesistektomiyaning ahamiyati va o‘rni aniqlanganligi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan 2023 yil 4 yanvarda 8n-r/3-son bilan tasdiqlangan «O‘t-tosh kasalligi va uning asoratlarini davolashda xirurgik taktikani optimallashtirishda kichik kesmali xolesistektomiyaning takomillashtirilgan usuli hamda tashxisot va davolash algoritmi» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Namangan viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 18.09.2023 yildagi 281-son, Farg‘ona viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 15.09.2023 yildagi 79-son hamda Andijon viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 21.09.2023 yildagi 36-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2024 yil 25 iyundagi 01/30-son xulosasi). Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: O‘tkazilgan tadqiqotlar taklif etilgan usulga ko‘rsatmalar, qarshi ko‘rsatmalar va afzalliklarni aniqlash orqali yuqori anesteziologik va operatsion havf bo‘lgan bemorlarda tashrixga ko‘rsatmalarni kengaytirishga hamda umumiy xarakterdagi asoratlarni 6,8% ga va o‘limni 4,0% ga kamaytirishga imkon beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: Shifoxonada bir bemor uchun 1 kun yotish to‘lovi uchun 242000 so‘m, umumiy 344500 so‘mga xarajatlarni iqtisod qilish imkonini bergan. Xulosa: Klinik tasnifni hisobga olgan holda, taktik-texnik algoritmi asosida surunkali toshli xolesistit uchun ishlab chiqilgan takomillashtirilgan kichik kesmali xolesistektomiyadan foydalangan holda jarrohlik taktikasini optimallashtirishdan 40 bemor misolida mehnatga layoqatligini vaqtincha yo‘qotishdan 241178100 so‘mni tejashga, shuningdek nogironlikni kamaytirishdan 138874635 so‘mni tejashga imkon bergan.