Xolova Maftuna Abdusalamovnaning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbek modern she’riyati poetikasi”, 10.00.02–O‘zbek adabiyoti (filologiya fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.PhD/Fil137.

Ilmiy rahbar: Umurov Hotam Ikromovich, filologiya fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat universiteti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti, DSs.27.06.2017.Fil.02.03.

Rasmiy opponentlar: To‘raev Damin, filologiya fanlari doktori, professor; Rajabov Dilshod Zaripovich, filologiya fanlari nomzodi, dotsent.

Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: hozirgi o‘zbek modern she’riyatining genezisini yoritish, xususan, uning spesifikasi va taraqqiyot tendensiyalarini, badiiy-estetik tafakkur takomilidagi o‘rni masalalarini zamonaviy shoirlar ijodi misolida ilmiy-nazariy asoslashdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

o‘zbek modern she’riyatiga xos bo‘lgan poetik individual xususiyatlar, uning badiiyligini ta’minlovchi vositalarning  she’riy nutqda adabiy-estetik hodisa sifatida namoyon bo‘lishi  ilmiy-nazariy asoslangan;

zamonaviy she’riyatda milliy ruhning paydo bo‘lishi, uning yetakchi xususiyatlarini ifodalovchi  badiiy ramz, metafora, epitet (sifatlash) kabi tasviriy vositalarning ifodalanishi, badiiy tilning o‘ziga xos poetik va semantik jihatlari, qofiya poetikasining modern she’riyatdagi erkin talqini ochib berilgan;

modern she’riyatidagi janrlar va uning badiiy elementlari, erkin va barmoq vaznida asosiy she’riy o‘lchov vositasi ekanligi, shuningdek, an’anaviy she’riyat bilan modern she’riyatning o‘ziga xos va mushtarak jihatlari  yoritilgan;

hozirgi o‘zbek she’riyatida modernizm yetakchi tasvir usuliga aylanganligi va an’anaviy she’riyatda ham modern dunyoqarash aks etayotganligi isbotlangan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

O‘zbek modern she’riyati poetikasini tadqiq etish hamda uning ilmiy-nazariy asoslarini ishlab chiqish asosida:

modern she’riyatda mifologik obrazlarning qo‘llanilishi haqidagi xulosalardan F1-XT-0-19919 raqamli “O‘zbek mifologiyasi va uning badiiy tafakkur taraqqiyotida tutgan o‘rni” mavzusidagi fundamental loyihada foydalanilgan (Fan va texnologiyalar agentligining 2017 yil 19 oktyabrdagi FTA-02-11/913-con ma’lumotnomasi). Natijada modernizm yo‘nalishida ijod qiluvi Rauf Parfi, Abduvali Qutbiddin, Faxriyor kabi shoirlar ijodidagi mifologik obrazlarning etimologiyasiga doir nazariy qarashlarni mukammallashtirishga erishilgan;

zamonaviy she’riyatimizda xalq og‘zaki ijodi namunalari, mifik obrazlar, afsona va rivoyatlar, ular orqali milliy qadriyatlarimizni moderncha talqinda ifodalash kabi xulosalardan XT-F2-004 raqamli “O‘zbek xalq pedagogikasi va fol`klor an’analari” mavzusidagi fundamental loyihada foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 12 apreldagi 89-03-1400-con ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarning qo‘llanilishi o‘zbek xalq dostonlari tarkibida uchraydigan Alptegin, Go‘ro‘g‘li, G‘irot, Ajdarho kabi qahramonlarning yangicha talqinlari mohiyatini yoritishga xizmat qilgan;

o‘zbek adabiyotida modern uslubda yaratilayotgan she’rlarning poetik xususiyatlari, badiiyati, zamonaviy she’rlarning vazn, til va qofiya poetikasining o‘ziga xos jihatlari tahlili haqida tegishli ilmiy xulosalardan F-1-06 raqamli “Istiqlol davri o‘zbek adabiyotida Sharq va G‘arb adabiy an’analari sintezi” fundamental  tadqiqot loyihasida foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 30 iyuldagi 89-03-2736-con ma’lumotnomasi).) Shu asosda Sharq va G‘arb adabiyotida modern she’r poetikasiga oid materiallar nazariy jihatdan mukammallashtirilgan;

tadqiqot natijalaridan O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Samarqand viloyat hududiy bo‘linmasi o‘tkazayotgan turli adabiy-ma’rifiy tadbirlarda, xususan, zamonaviy o‘zbek she’riyati, modern she’r poetikasiga doir ilmiy-amaliy seminar materiallarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining 2017 yil 31 sentyabrdagi 01-03/955-son ma’lumotnomasi). Natijada dissertatsiyada ilgari surilgan xulosalar orqali zamonaviy o‘zbek she’riyatining badiiy estetik imkoniyatlari ko‘rsatib berilgan;

o‘zbek adabiyotiga modern yo‘nalishining kirib kelishi, bunga turtki bo‘lgan asosiy omillar, milliy ruhning paydo bo‘lishi xususidagi ilmiy xulosalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “Yoshlar” telekanalining “Ayvon” ko‘rsatuvini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “Yoshlar” telekanalining 2018 yil 27-apreldagi 14-01-363-son ma’lumotnomasi). Natijada ko‘rsatuv mazmun-mundarijasining ilmiy-ommabopligi ta’minlangan hamda yangi manbalar bilan boyigan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish