Vaxabova O‘g‘ilxon Tolibjonovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Yoshlar ijtimoiy me’yorlari shakllanishiga axborot muhiti ta’sirining psixologik xususiyatlari“, 19.00.05 – Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya (psixologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/P688.
Ilmiy rahbar: Xalimova Mashraboy Vaxidovna, psixologiya fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, PhD.03/30.12.2021.P.26.02.
Rasmiy opponentlar: Hayitov Oybek Eshboevich, psixologiya fanlari doktori, professor; Zaripov Otabek Murodullaevich, psixologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi yoshlar ijtimoiy me’yorlari shakllanishiga axborot muhiti ta’sirining psixologik xususiyatlarini ochib berish va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
talaba-yoshlarni ijtimoiy me’yorlari shakllanishida axborot muhitining o‘rni to‘g‘risidagi nazariy qarashlar mavjudligiga ko‘ra, zamonaviy konteksdagi konsepsiyalarning, “Ijtimoiy me’yor” shakllanishidagi etnopsixologik asosiy determinantlar mualliflik moduli asosida aniqlangan;
globallashuv sharoitida “Ijtimoiy me’yor” shakllanishiga yoshlarning axborot resurslari, internet muloqotiga jalb qilinganlik darajasi va xususiyatlari asosiy determinat ekanligi hisobidan, muloqotning kommunikativ, interaktiv va perseptiv tomonlariga kompensatorlik funksiyasi dominant xarakterda ekanligi aniqlangan;
axborot muhiti va talaba-yoshlar ijtimoiy me’yorlari shakllanishi virtual o‘zaro munosabatlar sohasida sodir bo‘lganligidan, xulq-atvor me’yorlari shakllanishi, ushbu jarayonlari o‘rtasidagi muntazam aloqalarga bog‘liqligi dalillangan;
yangi “Ijtimoiy me’yor” shakllanishi asosiy manbasi internet tarmog‘i ekanligiga ko‘ra, axborot muhiti tanlovchanligi yoshlarning ijtimoiy xulq-atvor me’yorlarida namoyon bo‘lish xususiyatlari bilan o‘zaro transformatsiyasi dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Axborot muhitining yoshlar ijtimoiy me’yorlari shakllanishiga ta’sirining psixologik jihatlarini o‘rganish bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari asosida olingan ilmiy natijalar quyidagi faoliyatlarda tadbiq qilingan:
talaba-yoshlarni ijtimoiy me’yorlari shakllanishida axborot muhitining o‘rni to‘g‘risidagi nazariy qarashlar mavjudligiga ko‘ra, zamonaviy konteksdagi konsepsiyalarning, “Ijtimoiy me’yor” shakllanishidagi etnopsixologik asosiy determinantlar mualliflik moduli asosida aniqlangan takliflar Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2023 yil 22 dekabrdagi P-M-102-son buyrug‘iga asosan “Ijtimoiy psixologiya” moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2023-yil 28-dekabrdagi P-M-102-son ma’lumotnomasi). Natijada amaliyotchi psixologlarning muomala ko‘nikmalarini shakllantirish samaradorligini oshirishga xizmat qilgan;
globallashuv sharoitida “Ijtimoiy me’yor” shakllanishiga yoshlarning axborot resurslari, internet muloqotiga jalb qilinganlik darajasi va xususiyatlari asosiy determinat ekanligi hisobidan, muloqotning kommunikativ, interaktiv va perseptiv tomonlariga kompensatorlik funksiyasi dominant xarakterda ekanligi aniqlangan takliflar Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2023 yil 22 dekabrdagi P-M-102-son buyrug‘iga asosan “Umumiy psixologiya” moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2023 yil 28 dekabrdagi P-M-102-son ma’lumotnomasi). Natijada globallashuv sharoitida “Ijtimoiy me’yor” shakllanishiga yoshlarning axborot resurslari, internet muloqotiga jalb qilinganlik darajasi o‘rtasidagi funksiyalarni tadqiq etish imkoniyati yaratilgan;
axborot muhiti va talaba-yoshlar ijtimoiy me’yorlari shakllanishi virtual o‘zaro munosabatlar sohasida sodir bo‘lganligidan, xulq-atvor me’yorlari shakllanishi, ushbu jarayonlari o‘rtasidagi muntazam aloqalarga bog‘liqligi dalillangan takliflar Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2023 yil 22 dekabrdagi P-M-102-son buyrug‘iga asosan “Ijtimoiy psixologiya” moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2023 yil 28 dekabrdagi P-M-102-son ma’lumotnomasi). Natijada axborot muhiti va talaba-yoshlar ijtimoiy me’yorlari shakllanishi virtual o‘zaro munosabatlar sohasini tadqiq etish imkoniyati yaratilgan;
yangi “Ijtimoiy me’yor” shakllanishi asosiy manbasi internet tarmog‘i ekanligiga ko‘ra, axborot muhiti tanlovchanligi yoshlarning ijtimoiy xulq-atvor me’yorlarida namoyon bo‘lish xususiyatlari bilan o‘zaro transformatsiyasi dalillangan takliflar Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2023 yil 22 dekabrdagi P-M-102-son buyrug‘iga asosan “Ijtimoiy psixologiya” moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2023 yil 28 dekabrdagi P-M-102-son ma’lumotnomasi). Natijada yangi “Ijtimoiy me’yor” shakllanishi asosiy manbasi internet tarmog‘i ekanligiga o‘zaro transformatsiyasini tadqiq etish imkoniyati yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish