Mamatova Nafisaxon Ro‘ziboevnaning
falsafa doktori (PhD) Dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Yoshlarda reproduktiv madaniyatni shakllanishining ijtimoiy-psixologik omillari», 19.00.05 – Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya (psixologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/P594.
Ilmiy rahbar: Umarov Baxriddin Mengboevich, psixologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, PhD.03/30.12.2021.P.26.02.
Rasmiy opponentlar: Karimova Vasila Mamanasirovna, psixologiya fanlari doktori, professor; Sog‘inov Nurmat Abdusamadovich, psixologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi reproduktiv madaniyatni yaxlit ijtimoiy-psixologik voqelik sifatida baholash asosida yoshlarda reproduktiv madaniyat shakllanishining ijtimoiy-psixologik omillarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
yoshlar reproduktiv xulq-atvorining ijtimoiy-psixologik xususiyatlari oilaviy hayotdagi oqilona harakatlar va matonatdagi hududiy, jamiyatdan qochishga intilishdagi gender, sog‘lom turmush tarzi bilan bog‘liq tafakkurdagi yoshga oid va farzandlar soniga nisbatan munosabatdagi differensial farqlar tufayli ularning reproduktiv xulq ustanovkalari hamda motivlari ta’sirida namoyon bo‘lishi dalillangan;
yoshlardagi reproduktiv madaniyatni shakllanishiga reproduktiv fikrlashning ta’siri natijasida shaxsdagi kuzatuvchanlik malakasi hamda oilaviy hayotdagi o‘z ichki tajribasiga befarq munosabatda bo‘lishning yuzaga chiqishi bilan bog‘liq differensial farqlar tufayli oilaning ijtimoiy-psixologik xususiyati yetakchi omil ekanligi dalillangan;
yoshlar reproduktiv madaniyatining shakllanishida “bolani qiyinchiliklardan saqlash”, “bolaning istaklarini bostirish”, “bolaning ota-onaga bog‘liqligi”, “bolaning ota-onaga tobeligini rag‘batlantirish”, “ota-onaning jabrlanuvchanligi”ni reproduktiv oqilona harakat va tafakkur, matonat, vaziyatni engib o‘tish, emosiyalarni boshqarish, jamiyatdan qochishga integral namoyon bo‘lishidagi hududiy, oilaning ijtimoiy mavqei, yosh va gender xususiyatlarga bog‘liq differensial farqlarga asoslanib, ota—onalik ustanovkalari ustuvor ta’sirga ega ekanligi isbotlangan;
oilalarning ijtimoiy-psixologik xususiyatiga ko‘ra boshqalarga nisbatan bag‘rikenglik, intizomlilik, rasionallik, mas’uliyatlilik singari terminal qadriyatlar bilan fikrlash va xulosa chiqarishdagi mustaqillik, o‘ziga ishonch, sog‘liq va baxtli oilaviy hayotdan iborat instrumental qadriyatlarning turmush tarzida o‘zaro integral namoyon bo‘lishi tufayli shaxs qadriyatlar tizimi yoshlarning reproduktiv xulqini shartlovchi omil ekanligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Yoshlarning reproduktiv madaniyati shakllanishining ijtimoiy-psixologik omillariga doir tadqiqot natijalari asosida:
yoshlar reproduktiv xulq-atvorining ijtimoiy-psixologik xususiyatlari oilaviy hayotdagi oqilona harakatlar va matonatdagi hududiy, jamiyatdan qochishga intilishdagi gender, sog‘lom turmush tarzi bilan bog‘liq tafakkurdagi yoshga oid va farzandlar soniga nisbatan munosabatdagi differensial farqlar tufayli ularning reproduktiv xulq ustanovkalari hamda motivlari ta’sirida namoyon bo‘lishi dalillanganligiga oid ilmiy ma’lumotlar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 9-iyuldagi PM-157 buyrug‘iga asosan “Ijtimoiy psixologiya” moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 13-iyuldagi PM-157-a-son ma’lumotnomasi). Natijada oilaviy hayotdagi oqilona harakatlar va matonatdagi hududiy, jamiyatdan qochishga intilishdagi gender, sog‘lom turmush tarzi bilan bog‘liq tafakkurdagi yoshga oid va farzandlar soniga nisbatan munosabatdagi differensial farqlar tufayli ularning reproduktiv xulq ustanovkalari hamda motivlari ta’sirida namoyon bo‘lishi dalillangan;
yoshlardagi reproduktiv madaniyatni shakllanishiga reproduktiv fikrlashning ta’siri natijasida shaxsdagi kuzatuvchanlik malakasi hamda oilaviy hayotdagi o‘z ichki tajribasiga befarq munosabatda bo‘lishning yuzaga chiqishi bilan bog‘liq differensial farqlar tufayli oilaning ijtimoiy-psixologik xususiyati yetakchi omil ekanligi dalillangan ilmiy ma’lumotlar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 9-iyuldagi PM-157 buyrug‘iga asosan “Ijtimoiy psixologiya” moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 13-iyuldagi PM-157-a-son ma’lumotnomasi). Natijada shaxsdagi kuzatuvchanlik malakasi hamda oilaviy hayotdagi o‘z ichki tajribasiga befarq munosabatda bo‘lishning yuzaga chiqishi bilan bog‘liq differensial farqlar tufayli oilaning ijtimoiy-psixologik xususiyati yetakchi omil ekanligi dalillangan;
yoshlar reproduktiv madaniyatining shakllanishida “bolani qiyinchiliklardan saqlash”, “bolaning istaklarini bostirish”, “bolaning ota-onaga bog‘liqligi”, “bolaning ota-onaga tobeligini rag‘batlantirish”, “ota-onaning jabrlanuvchanligi”ni reproduktiv oqilona harakat va tafakkur, matonat, vaziyatni engib o‘tish, emosiyalarni boshqarish, jamiyatdan qochishga integral namoyon bo‘lishidagi hududiy, oilaning ijtimoiy mavqei, yosh va gender xususiyatlarga bog‘liq differensial farqlarga asoslanib, ota—onalik ustanovkalari ustuvor ta’sirga ega ekanligi isbotlangan ilmiy ma’lumotlar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 9-iyuldagi PM-157 buyrug‘iga asosan “Ijtimoiy psixologiya” moduliga kiritilgan. (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 13-iyuldagi PM-157-a-son ma’lumotnomasi). Natijada “bolani qiyinchiliklardan saqlash”, “bolaning istaklarini bostirish”, “bolaning ota-onaga bog‘liqligi”, “bolaning ota-onaga tobeligini rag‘batlantirish”, “ota-onaning jabrlanuvchanligi”ni reproduktiv oqilona harakat va tafakkur, matonat, vaziyatni engib o‘tish, emosiyalarni boshqarish, jamiyatdan qochishga integral namoyon bo‘lishidagi hududiy, oilaning ijtimoiy mavqei, yosh va gender xususiyatlarga bog‘liq differensial farqlarga asoslanib, ota—onalik ustanovkalari ustuvor ta’sirga ega ekanligi isbotlangan;
oilalarning ijtimoiy-psixologik xususiyatiga ko‘ra boshqalarga nisbatan bag‘rikenglik, intizomlilik, rasionallik, mas’uliyatlilik singari terminal qadriyatlar bilan fikrlash va xulosa chiqarishdagi mustaqillik, o‘ziga ishonch, sog‘liq va baxtli oilaviy hayotdan iborat instrumental qadriyatlarning turmush tarzida o‘zaro integral namoyon bo‘lishi tufayli shaxs qadriyatlar tizimi yoshlarning reproduktiv xulqini shartlovchi omil ekanligi aniqlangan ilmiy ma’lumotlar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 9-iyuldagi PM-157 buyrug‘iga asosan “Ijtimoiy psixologiya” moduliga kiritilgan. (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 13-iyuldagi PM-157-a-son ma’lumotnomasi). Natijada boshqalarga nisbatan bag‘rikenglik, intizomlilik, rasionallik, mas’uliyatlilik singari terminal qadriyatlar bilan fikrlash va xulosa chiqarishdagi mustaqillik, o‘ziga ishonch, sog‘liq va baxtli oilaviy hayotdan iborat instrumental qadriyatlarning turmush tarzida o‘zaro integral namoyon bo‘lishi tufayli shaxs qadriyatlar tizimi yoshlarning reproduktiv xulqini shartlovchi omil ekanligi aniqlangan.