Hamdamov Kamoliddin Abdullajonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Ichki ishlar xodimlarida kasbiy kompetentlikni shakllanganligining psixologik xususiyatlari”, 19.00.05 - Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya (psixologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/P571.
Ilmiy rahbar: Abdullaeva Barno Sayfutdinovna, psixologiya fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, PhD.03/30.12.2021.P.26.02.
Rasmiy opponentlar: Umarov Baxriddin Mengboevich, psixologiya fanlari doktori, professor; Jo‘raev Baxrom, psixologiya fanlari doktori (DSc).
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ichki ishlar xodimlarida kasbiy kompetentlikni shakllanganligining psixologik xususiyatlarini ochib berish asosida uni rivojlantirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ichki ishlar xodimlarining kasbiy faoliyati samaradorligiga ta’sir etuvchi ijtimoiy-psixologik omillar kommunikativ va sosial kompetentlikning tarkibiy qismlaridan “barqaror insoniy munosabatlar”, “shaxsiy kasbiy imidj”, “muvafaqqiyatga erishish motivasiyasi”ning ustuvor tarzda namoyon bo‘lishi tufayli ij staji va gender xususiyatlarga bog‘liq holda differensial ta’sirga ega ekanligi asoslangan;
ichki ishlar xodimlarining kasbiy kompetentlikning shakllanganlik darajasi ijtimoiy kompetentlik insonlarni va vaziyatni tushunish, emosional barqarorlik hamda konstruktiv kommunikativ munosabatlar o‘rnata olish ko‘nikmasiga, kasbiy bilim darajasi hodisani tushunish, hissiy muvozanatlashganlik bilan integral shakllanishi tufayli ijtimoiy-psixologik kompetentlikning dinamik xususiyatlariga identiv namoyon bo‘lishi asoslangan;
ichki ishlar xodimlarining kasbiy kompetentligi komponentlarini faktorli tahlil qilish natijasida hissiy bilimdonlik axloqiy ustanovkalar, o‘z kechinmalarini boshqarish vaziyatni tushunish va barqaror insoniy munosabatlar, o‘z-o‘zini rag‘batlantirish shaxsiy va kommuunikativ imkoniyatlar, empatiya sosial psixologik kompetentlik, o‘zga insonlarning kechinmalarini sezish insonlarni tushunish sifatlari bilan integrativ namoyon bo‘lishi tufayli emosional intellektning ish stajiga bog‘liq  ustuvor ijtimoiy xususiyat ekanligi isbotlangan;    
ichki ishlar xodimlarida kasbiy kompetentlikning shakllanganligi o‘zgalarga hamdardlikning rasional, intuitiv, hissiy, identifikasiya jihatlarini muloqotda o‘z-o‘zini boshqarish bilan integral rivojlanishi tufayli shaxs empatiya xususiyatini ustuvor namoyon bo‘lishi bilan bog‘liq ekanligi dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ichki ishlar xodimlarida kasbiy kompetentlikni rivojlantirishning ijtimoiy-psixologik xususiyatlarini tadqiq etish natijasida:
ichki ishlar xodimlarining kasbiy faoliyati samaradorligiga ta’sir etuvchi ijtimoiy-psixologik omillar kommunikativ va sosial kompetentlikning tarkibiy qismlaridan “barqaror insoniy munosabatlar”, “shaxsiy kasbiy imidj”, “muvafaqqiyatga erishish motivasiyasi”ning ustuvor tarzda namoyon bo‘lishi tufayli ij staji va gender xususiyatlarga bog‘liq holda differensial ta’sirga ega ekanligi asoslanganligiga oid ma’lumotlar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024- yil 28- iyundagi PM-151-son buyrug‘i bilan «Kasb psixologiyasi» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2024-yil 29-iyundagi PM-151a-son ma’lumotnomasi). Natijada ichki ishlar xodimlarining kasbiy faoliyati samaradorligiga ta’sir etuvchi ijtimoiy-psixologik omillar aniqlash imkoniyati yaratilgan;
ichki ishlar xodimlarining kasbiy kompetentlikning shakllanganlik darajasi ijtimoiy kompetentlik insonlarni va vaziyatni tushunish, emosional barqarorlik hamda konstruktiv kommunikativ munosabatlar o‘rnata olish ko‘nikmasiga, kasbiy bilim darajasi hodisani tushunish, hissiy muvozanatlashganlik bilan integral shakllanishi tufayli ijtimoiy-psixologik kompetentlikning dinamik xususiyatlariga identiv namoyon bo‘lishi asoslanganligiga oid ma’lumotlar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024- yil 28- iyundagi PM-151-son buyrug‘i bilan «Yuridik psixologiya» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2024-yil 29-iyundagi PM-151a-son ma’lumotnomasi). Natijada ichki ishlar xodimlarining kasbiy kompetentlikning shakllanganlik darajasi ijtimoiy-psixologik xususiyatlarini aniqlash imkoniyati yaratilgan;
 ichki ishlar xodimlarining kasbiy kompetentligi komponentlarini faktorli tahlil qilish natijasida hissiy bilimdonlik axloqiy ustanovkalar, o‘z kechinmalarini boshqarish vaziyatni tushunish va barqaror insoniy munosabatlar, o‘z-o‘zini rag‘batlantirish shaxsiy va kommuunikativ imkoniyatlar, empatiya sosial psixologik kompetentlik, o‘zga insonlarning kechinmalarini sezish insonlarni tushunish sifatlari bilan integrativ namoyon bo‘lishi tufayli emosional intellektning ish stajiga bog‘liq  ustuvor ijtimoiy xususiyat ekanligi isbotlanganligiga oid takliflar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024- yil 28- iyundagi PM-151-son buyrug‘i bilan «Kasb psixologiyasi» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2024- yil 29- iyundagi PM-151a-son ma’lumotnomasi). Natijada ichki ishlar xodimlarining kasbiy kompetentligi komponentlarini faktorli tahlil qilish imkoniyati yaratilgan;
ichki ishlar xodimlarida kasbiy kompetentlikning shakllanganligi o‘zgalarga hamdardlikning rasional, intuitiv, hissiy, identifikasiya jihatlarini muloqotda o‘z-o‘zini boshqarish bilan integral rivojlanishi tufayli shaxs empatiya xususiyatini ustuvor namoyon bo‘lishi bilan bog‘liq ekanligi dalillanganligiga oid takliflar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024- yil 28- iyundagi PM-151-son buyrug‘i bilan «Yuridik psixologiya» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2024- yil 29- iyundagi PM-151a-son ma’lumotnomasi). Natijada ichki ishlar xodimlarida kasbiy kompetentlikning shakllantirish psixotexnologiyalarini ishlab chiqilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish